Bosim
Bosim bu yuzaga perpendikulyar kuch bilan tasir qilayotgan kuchning shu yuzaga nisbatan ifodalovchi fizik kattalik. Bosimning rasman tan olingan birligi –Paskal. Unga ko’ra 1m² ga 1N kuch tasir etsa 1Pa bosim hosil bo’ladi. R=F/S ya’niy, 1Pa=1N/1m² . Lekin amalda boshqa bosim birliklari ham keng qo’llaniladi. Masalan texnikada texnik atmosfera bosimi , kilogram kuchning kvadrat metrga berayotgan bosimiga teng bosim qo’llaniladi kgN/1m² birligi keng ishlatiladi, u balandligi 1mm suv ustunining 1m² yuzaga bergan bosimiga teng. SHuning uchun, Bu birlik 1mm suv ustuni yoki H2O ustuni deb yuritiladi. 1kgN/1m² =1mm H2O ust≈10 Pa
Bosim — biror jismning boshqa jism sirtiga tik yoʻnalishda taʼsir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa yoki kgN/sm² da oʻlchanadi. Jism sirtiga tik taʼsir qiladigan kuchlar B. kuchlari deb ataladi (masalan, bino poydevorining zaminga taʼsiri, suyuklikning idish devoriga taʼsiri va h.k.). Kuchlar sirt bo’ylab tekis taqsimlangan bo’lsa, u holda B. P=F/Sh bunda F — jism sirtiga taʼsir qiladigan kuch, S — jism sirti. B.ning bir necha turi mavjud. Gidromexanik B.— suyuklikning biror nuqtasidagi bosim. U gidrostatik (tinch holatdagi suyuklikka oid) va gidrodinamik (harakatdagi suyuqlikka oid) xillarga boʻlinadi. Gidromexanik B.ning atmosfera bosimidan ortishi ortiqcha B., atmosfera bosimidan kichik B. vakuummetrik B. deb ataladi. Dinamik B,— harakatdagi suyuqlik zarrasining hajm birligidagi kinetik energiyasini ifodalovchi tushuncha. Bundan tashqari, havo bosimi, bugʻ bosimi, parsial bosim (gazga oid), yonilgʻi ichki yonuv dvigateli silindrida yonganda hosil boʻladigan gaz bosimi va boshqa xil B.lar boʻladi. Biror idish, qozon hamda boshqalar ichidagi va atrofdagi muhit B.lari birgalikda mutlaq B. deyiladi. Bunday B. ata bilan ifodalanadi. Fan va texnikada juda kichik (qarang Vakuum texnikasi) va juda yuqori B.lar bilan ish koʻriladi. Kichik B.lar asosan tor bilan (qarang Vakuum), atmosfera B.idan yuqori B.lar atmosfera (atm), millimetr simob ustuni (mm sim. ust.) yoki millimetr suv ustuni (mm suv ust.) bilan oʻlchanadi. Meteorologiyada B. birligi bar yoki mm sim. ust. bilan ifodalanadi. MKS tizimida (qarang Birliklar tizimi) B. birligi sifatida N/m2 (kvadrat metrga nyuton), SGS tizimida — dina/sm2 (kvadrat santimetrga dina), MKGSS tizimida — kgk/m2 (kvadrat metrga kilogramm kuch) qabul qilingan. B. barometr, datchik va manometr bilan oʻlchanadi.[1] Katta qiymatlardagi bosimni ifodalash uchun SI sistemasiga tegishli boʻlmagan Bar birligi ham keng ishlatiladi. 1 bar = 105 Pa = 1.02 kgk/sm2=10200 mm H2O ust. Texnikada eng keng tarqalgan bosim oʻlchov birligi bu meʼyoriy atmosfera bosimi xisoblanadi. U erkin tushish tezligi 9,806 m/s va simob zichligi 13.595 boʻlganda, balandligi 760 mm boʻlgan simob ustunini muvozanatlagan xavo bosimi, yaʼni meʼyoriy atmosfera bosimi orqali ifodalanadi. Bunday simob ustuni xar bir kvadrat santimetrga oʻz ogʻirligiga teng boʻlgan bosim bilan taʼsir koʻrsatadi. 1Ratm = 760 mm Hg ust. = 1,033 kgk/sm2 = 101325 Pa = 1.01 bar. Agar bosimni toʻgʻridan toʻgʻri milimetr simob ustuni tarzida ifodalasak, 1 mm Hg ust = 133,3 Pa = 13.59 mm H2O ust . Bosim simob ustuni balandligi birligida ifodalansa, Atmosfera bosimini simob ustuni yordamida oʻlchashni kashf etgan olim Evangelista Torricelli sharafiga birligini Torr deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |