37
Ekologik maqbul rayonlarga yaylov yerlari to‘la yoki ularning yirik qismi
buzilgan hududlar kiradi. Ushbu maqsadda yaylov yerlarini degradatsiyaga
uchraganlik darajasini baholash uchun shunga mos mezonlar ishlab chiqilishi
zarur.Yaylov yerlarini tiklash muammosini hal qilish tabiiy resurs sifatidagi yaylov
yerlarini o‘z-o‘zini muvofiqlashtirish jarayonini buzmaslik uchun unga antropogen
ta’sirni belgilash talab qilinadi. Bu chegaradan oshib
ketgan rayonlarda yaylov
yerlarini qayta tiklash uchun maxsus tadbirlar amalga oshirilishi zarur, xo‘jalik
faoliyati bu yerda yoki chegaralanadi, yoki bo‘lmasa tuproq qatlami hamda yerlar
unumdorligi to‘la tiklangunga qadar to‘la ta’qiqlanadi. Chegaralanish muddatlari
o‘tkaziladigan tadbirlarning samaradorligi bilan belgilanadi. Bunday yaylov
rayonlariga buyurtma bog‘lar yoki kurikxonalar makomini berish maqsadga
muvofiqdir.
Ijtimoiy omillar aksariyat hollarda ta’sir etuvchi rayonlarga me’yor bo‘yicha
qabul qilinadigan past darajadagi ijtimoiy sharoitga ega bo‘lgan hamda nisbatan yirik
miqdorlarda aholi to‘plangan yaylovlar kiradi.
Davlat tomonidan moliyalash
hisobiga o‘tkaziladigan ijtimoiy xarakterdagi tadbirlarni tadbiq qilishga asoslangan
bunday rayonlarda keyinchalik o‘zining muhimligi hamda va zarurlik darajasi
bo‘yicha muhim bo‘lgan ekologik xarakterdagi masalalar ham xal qilinadi. Ijtimoiy
muammolarning hal qilinishiga hamda ijobiy ekologik holatga qarab rayonning
rivojlanishida iqtisodiy qirra muhim bo‘ladi.
Uchinchi guruh rayonlarga ekologik hamda ijtimoiy jihatlardan ijobiy (yoki
nisbatan ijobiy) bo‘lgan rayonlar kiradi. Bu yerda asosan ishlab chiqarishni
rivojlantirishning iqtisodiy muammolari hal qilinadi.
Respublikaning butun yaylov mintaqasi miqyosida yaylov yerlarining taklif
etilgan rayonlashtirish ekologo-ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash hamda yaylov yerdan
foydalanishini samaradorligi bo‘yicha aniq birinchi darajali tadbirlarni o‘z vaqtida
amalga oshirishga imkon beradi. Qayd qilish zarurki, yaylov mintaqalaridagi holatni
yaxshilash bo‘yicha respublika hukumati tomonidan qat’iy
tadbirlar qabul
qilinmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu
yo‘nalishdagi qarorlari, xususan “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda
dehqon (fermer) xo‘jaliklari manfaatlarini himoya qilish va fermerlarni
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 87-sonli (1994 y) va “Navoiy viloyati Tomdi va
Uchquduq
tumanlaridagi
qorako‘lchilik
fermerlarini
xususiylashtirishni
chuqurlashtirish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida”gi 246-sonli (1996 y) va boshqalar
shular jumlasidandir.
Oqilona (barqaror) yaylov yerdan foydalanish muammosini hal qilish ikkita
birin-ketinli vazifaga bo‘linadi: ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik
sharoitlarni maqbul
(me’yoriy) darajagacha tiklash hamda keyinchalik barqaror yaylov yerdan
foydalanishni ushlab turish.
38
Demak, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishi (mamlakat iqtisodiyotining
boshqa tarmoqlari yerdan foydalanishlariga nisbatan) o‘zinig tarkibi, xarakteri hamda
yerdan foydalanishning intensivligi bo‘yicha anchagina murakkabdir. Shuning uchun
u bugungi kunda anchagina muammoli masaladir va uning uchun quyidagilar
harakterlidir:
-yerdan foydalanishda tizimlilik mavjud emas, Yerdan foydalanish o‘zining
to‘la qayta tiklanish siklida qaralmaydi;
-qishloq xo‘jalik yerdan foydalanishining to‘la holatdagi tarkibi hamda har bir
kichik tipdagi yerdan foydalanishdagi ekin turlarining tarkibini maqbullashtirishning
yo‘qligi;
-qishloq xo‘jaligi mohiyatidagi yerlarni qayta tiklanishiga zaruriy e’tiborni
yo‘qligi;
-asoslanishni talab qiluvchi sug‘oriladigan yerlarning sifat holatini yaxshilashga
investitsiyaning etarli emasligi;
-meliorativ tadbirlarni o‘tkazishni majmuali emasligi, tarqoqligi;
-o‘rmon himoyalash polosalarini yartish va rekonstruksiya qilishga e’tiborni
etarli emasligi;
-yer-suv resurslaridan foydalanishda bozor prinsiplarini etarli darajada
qo‘llanilmaganligi.
Umuman, qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanishning majmuali muammosi –
tuproq
unumdorligini qayta tiklash, mamlakatni eksport imkoniyatlarini hisobga
olgan holda jamiyatni oziq-ovqat va xom-ashyo bilan ta’minlash bo‘yicha oldinga
qo‘yilgan vazifalarni tadbiq etish maqsadida yerlardan oqilona va samarali
foydalanishni ta’minlash, uni tarkibini maqbullashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: