5-AMALIY MASHG‘ULOT
Ta'mirlash-xizmat ko‘rsatishda konstruktorlik,
texnologik va tashkiliy-iqtisodiy tayyorgarlikni
tashkil qilish
1. Mashg‘ulotning maqsadi
Ta'mirlash-xizmat ko‘rsatishda konstruktorlik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy tayyorgarlikni
tashkil qilishni o‘rgatishdan iborat.
2. Nazariy qism
Ta'mirlash-xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishining
konstruktorlik tayyorlash
ida puxtalik,
ishlash muddati, tejamkorligi va boshqa qayta ishlab chiqariluvchi mashinalarning ko‘rsatgichlari,
hamda ta'mirlash korxonasini zarur bo‘lgan konstruktorlik hujjatlar bilan ta'minlash bo‘yicha talablar
ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarlikning asosiy ish hajmi korxonadan
tashqarida bajariladi.
Ta'mirlash korxonasining konstruktorlik tayyorgarligi quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
ta'mirlashga texnik vazifa ishlab chiqiladi, unda yangi mashinaning
asosiy texnik-iqtisodiy
ko‘rsatgichlardan farqi ko‘rsatiladi; ta'mirlashning taxminiy tan narxi aniqlanadi; ta'mirlashning
maqsadga muvofiqligi va samaradorligi belgilanadi; detallarni tiklashning texnologik uslublari
tanlanadi; ishchi chizmalar tayyorlanadi.
Ta'mirlash-xizmat ko‘rsatish korxonasini
konstruktorlik tayyolashda, mashinalarni ishlab
chiqaruvchi asosiy korxonaning; foydalanish va ta'mirlash korxonasining asosiy hujjatlar taqdim
etilishi kerak.
Texnik tayyorlash ishlarining umumiy kompleksida ta'mirlash ishlab chiqarishdagi
texnologik
tayyorlash
, texnologik operayasiyalarni ishlab chiqishni, texnologik va loyiha-texnologik hujjatlarni,
tartibni ta'minlash va unga rioya qilish nazorat hujjatlarini, qurilma va yordamchi uskunalarni yasashni
o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash o‘zaro bog‘langan jarayonlar majmuasi bo‘lib, kerakli
sifatga ega bo‘lgan buyumni
belgilangan muddatlarda, hajimda va xarajatlarda ishlab chiqarishga
korxonaning texnologik tayyor ekanligini ko‘rsatadi. Buning uchun tipoviy texnologik kartalardan,
ilmiy tadqiqot ishlarining ma'lumotlaridan, sanoat korxonalarining tajribalaridan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, ishlab chiqarishni texnologik
xizmat strukturasini
shakillantirish yoki mukammallashtirish va ishlab chiqarishni texnologik funksiyalarini bajarish uchun
zarur bo‘lgan axborot, matematik va texnik jihatdan ta'minlashdan iborat.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda transportlashdagi mehnat sarfi aniqlanadi,
nostandart uskunalarni yaratiladi, mehnat unumdorligini oshiruvchi moslamalar loyihalanadi va
yasaladi.
Bir rusumdagi traktorlarni ta'mirlashda maxsus, bir necha rusumdagi traktorlarni ta'mirlashda
esa universal uskunani qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Texnologik qurilma mehnat unumdorligini bir necha baravar oshiradi. Ammo,
uni ishlab
chiqish va yasash mashaqatli va uzoq muddat talab etadi. Texnologik qurilma va nostandardat
uskunaga hujjatlar markazlashtirilgan holda ilmiy-tadqiqot instiutlarida (GOSNITI nostandart
uskunalarining albomlari) tayyorlanadi. Texnologik tayyorlashning bu qismi konstruktorlik tayyorlash
bilan qat'iy bog‘langan.
Texnologik qurilmaga va nostandart uskunaga hujjatlarni rasmiylashtirishdan avval quyidagi
bosqichlar amalga oshiriladi: loyihalash,
tajriba namunasini yasash, ishlab chiqarishda tekshirish,
tekshirish natijalari bo‘yicha hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish.
Mashinani ta'mirlash sifatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar texnologik qoidalarga tizimli rioya
qilishni talab etiladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash tadbirlari texnik nazorat xizmatining
tashkil qilish asosini va uning mavjudligini tashkil qiladi.
Detallarni tiklash texnologik jarayonini ishlab chiqishda, quyidagi
bosqichlarni amalga
oshirish talab qilinadi: texnologik jarayonni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni tahlil
qilishni; amalda harakatda bo‘lgan guruhli texnologik jarayonni yoki yakka shaklda ishlab chiqarish
jarayonning o‘xshatmasini topishni, hamda azalgi xomaki detalni va uni yasash usulini va texnologik
bazasini tanlashni; ishlov berish texnologik marshrutini tuzishni; texnologik
operatsiyalarni ishlab
chiqishni; texnologik jarayonni me'yorlashni; havfsizlik texnikasi talablarini aniqlashni; texnologik
jarayonlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashni; texnologik jarayonlarni rasmiylashtirishni.