2 mavzu: Texnologiyani asosiy taraqqiy yo`nalishlari. Asosiy texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari



Download 42,84 Kb.
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi42,84 Kb.
#770289
  1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu


2 mavzu: Texnologiyani asosiy taraqqiy yo`nalishlari. Asosiy texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari.
Reja:
1. Asosiy texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari.
2. Ishlab chiqarishning asosiy texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari, mahsulotning chiqishi, sarflanish koeffitsientlari, tannarxi, ishlab chiqarish quvvati, unumdorligi, kapital sarflar.


Kimyo sanoatining texnika tapaqqiyotidagi axamiyati va aholi extiyojini qondirish.

Kimyo sanoati xalq xo’jaligini ko’plab miqdordagi har turli mahsulotlar bilan ta’minlaydiki, bularsiz xozirgi jamiyat taraqqiyotini tasavvur etish amrimaxol bo’lar edi. Xozirgi sanoat tarmoqlarining aksariyati (metallurgiya, mashinasozlik va hokazo) kimyo tufayligina ildam rivojlanadi. Chynonchi, yog’ochni kimyoviy ishlash yo’li bilan plastmassa, aktivlashtirilgan ko’mir, tutunsiz porox, sirka kislota, etil va metil spirti, aseton, kanifol, aromatik birikmalar va boshqalar olinadi.


Xalq xo’jaligini kimyolashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biridip. Kimyolashtirish deganda kimyoviy usyul, jarayon hamda materiallarni xalq xo’jaligiga joriy etish tushuniladi. By esa ishlab chiqarishni maqsadga muvofiqroq rivojlantirish, xom ashyodan kompleks foydalanish, chiqindisiz ishlash imkonini beradi. Masalan mineral o’g’it va zaxarli kimyoviy moddalarsiz qishloq xo’jaligini jadallashtirish xaqida gap xam bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida, plastmassa, sintetik tolalar, sintetik yuvuvchi vositalar xam borgan sari turmushimizdan keng o’rin olmoqda.

Kimyo sanoatida texnika rivojlanishining
asosiy yo’nalishlari.
Kimyo sanoatining rivojlanishi ko’p jixatdan kimyoviy texnologiyani takomillashtirish bilan belgilanadi.
Texnika taraqqiyotining bosh maqsadi mehnat unumdorligini oshirish hamda mahsulot sifatini oshirib, uning tannarxini pasaytirishdir.
Rivojlanishning asosiy yo’nalishlari:
1) unumdorlikni oshirish;
2) apparatlarning ish sur’atini oshirish;
3) sermehnat jarayonlarni mexanizasiyalash;
4) avtomatlashtirish va distansion boshqarish (ASUTP);
5) davriy jarayonlarni uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish;
6) reaksiya issiqligidan foydalanish;
7) chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish.
Bular ichida eng muhimi birinchi yo’nalishdir. Apparatlar, mashinalar, sex va zavodlar ishining asosiy ko’rsatkichi unumdorlikdir.
Unumdorlik (I) - vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki qayta ishlangan xom ashyo miqdoridan yoki xajmidan (V) iboratdir.

I = ( kg / s yoki t / s yoki t / sutka)


I = ( m3 / s yoki m3/soat)
Apparatning ish unumdorligini oshirishga uning o’lchamini kattalashtirish yoki ishni jadallashtirish yo’li bilan erishish mumkin.
Apparat unumdorligini oshirish metall (konstruksion material)ni tejashga, birlik xajmda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirishga olib keladi. Ayni vaqtda, sexlar qurilishi va ularni remont qilishga ketadigan sarfiet, shuningdek ishlatish sarfietlari kamayadi, ishchilarning mehnat unumdorligi ortadi. Masalan: Sulfat kislota va ammiak ishlab chiqarish asosiy reaktorlarining quvvati so’nggi 20 yilda 30 xissa ortdi. Bunga apparatlar o’lchamlarini oshirmay turib, ularning unumdorligini ko’tarish hisobiga erishildi.
Muayyan apparat o’lchamlarini ifoda etuvchi biron bir miqdorda olingan unumdorlik ( xajmga - "Vp" yoki kesim maydoniga "F") apparat ishining sur’ati "J" deyiladi.
Odatda, apparat ish sur’ati uning unumdorligini xajmiga V (m2) yoki kesim maydoniga F (m2) nisbati sifatida aniqlanadi.
(kg/sm3 yoki t/sm3)
J = ( m3/sm3 yoki s-1)
J = ( kg/sm2)
J = (m3/sm2 yoki m/s)
Apparat ish sur’ati oshishiga ikki yo’l bilan erishish mumkin:

  1. mashina va apparatlar konstruksiyalarini yaxshilash;

2) muayyan turdagi apparatlarda texnologik jarayonlarni takomillashtirish.
Apparat ishining sur’ati jarayon tezligiga mutanosibdir. Ish sur’ati avvalo aralashish tezligining oshishiga hamda tutashuv fazalarining yondoshuv yuzalarining ortishi hisobiga ko’tariladi. Sur’atni jadallashtirish uchun katalizatorlar qo’llash va aralashtipish orqali reaksiyada ishtipok etadigan moddalar harorati, bosimi, konsentrasiyasi oshiriladi (Harorat 00 K dan to 1000 darajagacha, bosim mutloq vakuumdan to 1000 atmosferagacha, kuchlanish yuz minglab voltgacha). Mazkur omillarni qo’llash apparatlar va reagentlarning chidamliligiga, shuningdek iqtisodiy – samaradorliligiga bog’liqdir.
Mexanizasiya - insonning jismoniy mehnatini mashina mehnati bilan almashtirish mehnat unumdorligining ortishiga, xodimlar sonining qisqarishiga, apparat ishi samaradorligining ortishiga olib keladi. Kompleks mexanizasiyani joriy etish mehnat unumdorligini oshiradi.
Mexanizasiyaning asosiy vazifasi-ortish, tushirish va tashishdir.
Avtomatlashtirish - bevosita odamning ishtirokisiz yoki uning nazorati ostidagina jarayonlarni amalga oshirish imkonini beradigan uskunalarni qo’llashdir. By mexanizasiyaning yuksak bosqichi bo’lib, mehnat unumdorligini oshirish va maqbul iqtisodiy ko’rsatkichlarda mahsulot sifatini oshirish uchun qulay sharoit yaratadi.
U o’lchagich (datchik), sozlagich va mexanizm ijrochisi kabi uch asosiy asbob yordamida amalga oshiriladi. Eng murakkab xollarda EXM, ya’ni kibernetikadan foydalaniladi. Ayrim xollarda distansion boshqaruv qo’llaniladi - by avtomatlashtirishning nomukammal darajasidir - o’lchagich va ijrochi mexanizm xamda sozlagich - odam (to’la avtomatlashtirishni qo’llash xali myrakkab va maqsadga muvofiq bo’lmagan sharoitlarda) bor, xolos. Xozirgi vaqtda kopxonalarda to’la avtomatlashgan boshkaruv sistemalari (ABC, IT ABC) joriy etilyapti.

Download 42,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish