Suvdan foydalanish
Qishloq xo’jalik
Sanoat
Maishiy- kommunal
40
yildagiday samarali faoliyat ko‘rsatganida edi, ko‘paytirilgan maydondan (200 ming
gaga) yaqin qo‘shimcha ravishda 0,5 mln. t. paxta-xom ashyosi olingan bo‘lur edi.
Bu ko‘rib chiqilayotgan toifa yerlaridan nooqilona foydalanilayotgandan darak
beradi. Ushbu toifa yerlari uchun bugungi kunda yurilayotgan yer hisobining
nohaqqoniyligi, ulardan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud emasligi
xarakterlidir. Kanal va kollektorlarni har bir tozalashda do‘ngliklarni kengayishi
kuzatiladi, bu hol har doim ham hisobga olinavermaydi; maydonlarni o‘lchash
chog‘ida ko‘pincha kanallar va kollektorlarni naturada kengliklarini o‘lchash ishlari
bajarilmaydi; ichki xo‘jalik kanallari va kollektorlarining maydonlari har doim ham
qishloq xo‘jalik yerlaridan chiqarib tashlanmaydi, yer turlarining tarkibini o‘rnatish
amaliyoti bu yerda mavjud emas va hak.
10-jadval
Suv xo‘jaligi yerlari maydonining o‘sish sur’atlari 1991-2015 y.y*
Yillar
1991
1995
2000
2005
2010
2015
1
2
3
4
5
6
7
yer
maydoni,
ming.ga
618,8
702,0
810,2
825,4
821,1
832,4
*
Yergeodezikadastr davlat qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha mualliflar tomonidan tuzildi
Baholash ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqilmagan, sug‘oriladigan yerlar va suv
fondi maydonlarini ilmiy asoslangan maqbul nisbatlari mavjud emas, ushbu yerlardan
keyinchalik samarali foydalanish bo‘yicha qandaydir maqsadli dasturlar mavjud
emas. Hozirgi vaqtda ushbu toifa yerlari etarli darajada aniqlik kiritilmasdan hisobga
olinadi, ulardan foydalanish samaradorligini baholash amaliyoti mavjud emas.
11,12,13
va
14-jadvallarda
faqatgina
sug‘orish kanallari hamda
kollektor-drenaj tarmoqlarining (gidrotexnik obyektlar va inshootlarsiz) texnik
ko‘rsatkichlari keltirilgan. Respublika bo‘yicha kollektor-drenaj tarmoqlarining
bugungi kundagi umumiy uzunligi 132,1 ming km.ni, shu jumladan magistral va
xo‘jaliklararo–32,0 ming. km va ichkixo‘jalik-100,1 ming.km ni tashkil etadi.
Joyning ushbu elementi bilan band bo‘lgan maydon mos ravishda 216, ming ga,
127,9 va 88,4 ming gani tashkil etadi. 1 ga sug‘oriladigan ekinzor maydoniga gektar
kollektor va zovur maydoni to‘g‘ri keladi. Sug‘orish tarmoqlarining umumiy uzunligi
197,6 ming kmni, shu jumladan magistral hamda xo‘jaliklararo–27,4 ming kmni va
ichkixo‘jalik– 170,2 ming kmni tashkil etadi. Joyning ushbu elementi bilan band
bo‘lgan yer maydoni mos tarzda 118,0 ming gani, 32,9 va 85,1 ming gani tashkil
etadi. 1 ga sug‘oriladigan ekinzor maydoniga 0,04 ga magistral va xo‘jaliklararo
kollektorlar, 0,05 ga–ichki xo‘jalik hamda 0,09 ga–jami ushbu elementlar to‘g‘ri
keladi. Sug‘orish tarmoqlari bo‘yicha-1 ga sug‘oriladigan ekinzorlarga 0,036 ga jami
sug‘orish tarmoqlari, 0,012 ga magistral va xo‘jaliklararo hamda 0,024 ga ichki
xo‘jalik kanallari to‘g‘ri keladi.
41
Qayd qilish zarurki, kollektorlar, sug‘orish kanallari, ichki xo‘jalik yo‘l
tarmoqlari, shuningdek gidrotexnik inshootlar bilan band yerlar qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarish vositalari rolini o‘ynaydi. Ular ichki tarmoq ishlab chiqarishining
iste’moli uchun foydalaniladi. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi bo‘yicha bunday yerlar yer solig‘idan ozod qilingan bo‘lsalar-da, bu
maydonlar yer solig‘iga tortilishi zarur. Sug‘orish, kollektor va yo‘l tarmoqlari bilan
band yerlarni soliqqa tortish qishloq xo‘jalik Yerlaridan oqilona va samarali
foydalanishga imkon beradi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida suvdan
foydalanish va suv fondi yerdan foydalanishida bozor tamoyillarini qo‘llash asosida
suv fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish zarur. Bunda muhim
vazifalar bo‘lib, bir tomondan, suv fondi yerlaridan oqilona foydalanishni ta’minlash
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ulardan foydalanish samaradorligini baholash ishlarini
amalga oshirish imkoniyatlarining mavjudligi hisoblanadi. Birinchi holatda
obyektlarni mavjudligini maqbul rejimini ta’minlaydigan suv ho‘jaligi tizimlarini
minimal me’yoriy yer uchastkasi bilan balandligini hamda texnik ko‘rsatkichlar
tizimini ishlab chiqish va ilmiy asoslash zarur. Bundan tashqari, yerdan
foydalanishning pullilik tamoyiliga hamda ularni qishloq xo‘jalik jarayonida
qatnashishiga mos tarzda suv fondi yerlariga asoslangan yer solig‘ini kiritish zarur,bu
o‘z navbatida ulardan oqilona foydalanishni rag‘batlantiradi. Ushbu yerlardan
foydalanish samaradorligini baholash uchun baholash ko‘rsatkichlari tizimini ishlab
chikish zarur.
Suv fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini baholash uchun o‘z ichiga
texnik- texnologik hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni jamlagan baholash ko‘rsatkichlar
tizimi ishlab chiqilishi zarur. Fikrimizcha, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagilar
bo‘lishi zarur:
-irrigatsiya va kollektor-zovur tarmoqlarini hamda ulardagi injenerli inshoatlarni
ishchi holatida ushlab turishga to‘la va solishtirma ekspluatatsion harajatlar;
-sug‘orish suvining kadastr qiymati;
-sug‘orish suvining tashkiliy qiymati (umumiy va solishtirma, suv manbaasiga
nisbatan yer uchastkasi joylashgan o‘rnihisobga olgan holda tabaqalashtirilgan);
-suv fondi yerlaridan yer solig‘i (suv xo‘jaligi tizimi);
-qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish tannarxida suv ta’minoti va meliorativ
tadbirlarga sarflanadigan harajatlarning solishtirma miqdori;
-qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorliklari;
-sug‘oriladigan yerlarning bonitet balli (tizim bo‘yicha o‘rtacha, AVP bo‘yicha
tabaqalangan);
-sug‘oriladigan suvning bonitet balli (tizim bo‘yicha o‘rtacha, AVP bo‘yicha
tabaqalangan);
-irrigatsiya tarmoqlarining rentabelligi
42
11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |