Bilimni tekshirish uchun savollar:
1.O‘zbekiston yer resurslarining muhimligi va o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan
iborat?
2.Mamlakat yer fondi tarkibini tavsiflang.
3.Yer toifalaridan qay biri eng yirik solishtirma qiymatga ega?
4.Mamlakat yerdan foydalanishlarining asosiy turlarini ayting.
5.Yer toifalari maydonlarining o‘sish sur’atlarini asosiy sabablarini ayting.
6.Qaysi yer toifasining maydonlari eng yirik o‘zgarishga uchragan?
7.Qaysi yer toifasining maydonlari eng kam o‘zgarishga uchragan?
8.Hududiy belgilari bo‘yicha mamlakat yer fondi tarkibini tavsiflang.
9.Mamlakatning har bir kishisi hisobiga qishloq xo‘jalik yerlarini solishtirma
maydonini ayting.
10.1 kishi hisobiga sug‘oriladigan ekin yerlarining solishtirma maydonini ayting.
II BOB. YERDAN FOYDALANISH VA UNDAGI MUAMMOLAR
2.1 Qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanishi
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi - O‘zbekiston iqtisodiyotning muhim tarmog‘idir.
Mamlakatning ichki yalpi maxsuloti miqdorida uning ulushi 24,0 % ga yaqinni
tashkil etadi [37,10 b]. Jami valyuta tushumlarining 45% ga yaqini mamlakat
agrosanoatining ulushiga tug‘ri keladi. Sug‘oriladigan yerlar ayniqsa yirik qiymatga
egadir. Uning umumiy maydoni 4,3 mln. gani, shu jumladan 3,3mln.ga
sug‘oriladigan ekin yerlarini tashkil etadi. «O‘zbekiston – qadim sug‘oriladigan
mamlakat.Sug‘oriladigan dehqonchilik respublika oziq–ovqat mustaqilligining asosi
hamda mahsulotlarni eksport qilish manbasidir» [27,191 – 192 b].
Bugungi kunda har yili respublika bo‘yicha 3,7mln. tonnaga yaqin paxta–xom
ashyosi, 7,5 mln. tonnaga yaqin don hamda 5mln.tonnadan ortik meva–sabzavot
mahsulotlari etishtiriladi. O‘zbekiston har yili 1,2mln. tonnaga yaqin paxta tolasi, 590
ming tonna meva–sabzavot mahsulotini eksport kiladi. Paxta tolasi ishlab chiqarish
bo‘yicha respublika dunyoda 4 o‘rinni hamda uni eksport qilish bo‘yicha esa 2
o‘rinni egalaydi. Shu sababli ham agrar sohani isloh qilish uzbek iqstisodiy modelini
tadbiq qilishda eng ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
24
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishi 22,37 mln. gani tashkil etadi, shundan
4,3 mln. gasi sug‘oriladigan yerlardir. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham O‘zbekiston
dunyoda etakchi o‘rinni egallaydi. Sug‘orilgan yerlar ulushiga jami qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining 95% to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jalik yerlari solishtirma miqdorini
bir qator kamayishiga qaramasdan, ekin yerlari va ko‘p yillik daraxtzorlar
maydonlarida deyarli o‘zgarishlar yuz bermadi. Bu xol esa qimmatli yerlardan
foydalanish va muxofaza qilishda ijobiy tendensiyadir (3 - jadval).
Qaralayotgan davrda qishloq xo‘jalik korxonalarining sug‘oriladigan ekin
yerlari atiga 1% ga, lalmi yerlari–2,8 %, ko‘p yillik daraxtzorlari–8,4% ga qisqargan.
Shu bilan bir vaqtda bo‘z yerlar 33% ga ko‘paygan, yaylovlar 40,4% ga qisqargan,
pichanzorlar esa 9,8% ga qisqargan [35].
2014 yili mamlakat bo‘yicha paxta maydonlari 48,5% ni, donli ekinlar –
37,8%, sabzavot va boshqa ekinlar–14,7% ni tashkil etgan. Paxta–xom ashyosi va
donli ekinlar yitishtirish bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sifat holati hamda ulardan
foydalanish samaradorligi to‘g‘risida fikr bildirish mumkin (4-jadval). Paxta
hosildorligini pasayishi tuproq unumdorligini pasayib ketganligidan guvohlik beradi.
Bu tuproqlar bonitet ballarining dinamikasi bilan tasdiqlanadi. Birinchi galda bu
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yomonlashganligi bilan bog‘liq. 2014 yil
01.01. holati bo‘yicha turli darajada sho‘rlangan sug‘oriladigan yerlarning umumiy
yerlari respublika bo‘yicha 67,3% ni , shu jumladan kuchli sho‘rlangan – 4,2% ni
tashkil etadi. Eroziya jarayonlariga uchragan yerlarning umumiy maydoni 2 mln.
gektarga etgan, yirik maydonlar botqoqlangan va suvga bostirilgan, ifloslangan.
Yirikgina maydonlar sifati yomon sug‘oriladigan yerlarni tashkil etadi, amalda bu
yerlar xo‘jalik oborotida chiqarilgan (383 ming gektar atrofida) tuproqning bonitet
balli 1991 yilgi 60 dan [35, 203 b ]. 2008 yili 53 ga tushgan [35] (5-rasm).
Sifatning bunday yomonlashuvi oldingi respublikalar o‘rtasidagi xo‘jalik
aloqalari buzilishi bilan bog‘liq obyektiv xarakterga ega bo‘lgan qator sabablar Bilan
tushuntiriladi. Yerlarning meliorativ holati bo‘yicha eng murakkab holatlar ayniqsa
Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida vujudga kelgan.
Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarining to‘rtta tumanlarida turli sabablar
bilan foydalanilmaydigan sug‘oriladigan yerlar to‘g‘risida 5, 6, 7 va 8 jadvallarda
keltirgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaliklarida ularning maydonlari 5-
6% dan 20% gacha Qiziltepa tumanidagi «Toshrobod» fermer xo‘jaliklari
birlashmasida esa 60% atrofida tuproqlarning bonitet balli esa 27 ballni tashkil etgan.
40-45 ballda paxta hosildorligi 16-18 s / gani tashkil etadi, ammo bu ishlab chiqarish
rentabelligini ta’minlay olmaydi.
Sug‘oriladigan yerlarning sifat holatini pasayishiga o‘zining befarq emasligini
bildira turib mamlakat Prezidenti I.A.Karimov yozadi. «Afsuski eng yirik yo‘qotish,
keyingi yuz yil ichida, regionning aynan ekologik tizimiga qilindi tabiatdan
25
foydalanish bo‘yicha, yer va suv boyliklaridan xo‘jasizlarcha foydalanishni
taqiqlovchi ota–bobolarimizning an’anaviy etikasi tubdan buzildi» [25, 120 b].
Iqtisodiy islohotlarning birinchi yillaridagi moliyaviy qiyinchiliklarga
qaramasdan yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarga
alohida e’tibor qaratilgan.Respublikada «2005 yilgacha bo‘lgan davrda yer–suv
resurslaridan foydalanish samaradorligini hamda yerlar unumdorligini oshirish
dasturi» davlat tomonidan amalga oshirildi. Unda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
-yer resurslarining holati, o‘zgarish sur’ati va foydalanishini monitoringini
tashkil etish;
-regionlar xususiyatlarini hisobga olish maqsadida respublika hududini tabiiy–
qishloq xo‘jalik rayonlashtirish;
-har bir xo‘jalikda tuproq bonitirovkasining yangi materiallaridan foydalanish;
-tuproqlar unumdorligini oshirish hamda ular mahsuldorligini ko‘paytirish
bo‘yicha agromeliorativ tadbirlar o‘tkazish;
Keyingi 10-15 yil davomida yerlarning meliorativ holatiga investitsiyalar
amalga oshirilganligiga qaramasdan, ular etarli bo‘lmagan (9-jadval). Masalan,
kollektor–drenaj tarmoqlarini tozalash ishlarining har yillik xajmlari zaruriy
miqdorlarining bor-yo‘g‘i 20-25% ini tashkil etgan. O‘rmon himoyalash polosalarini
yaratish va rekonstruksiya qilish ishlari ham ba’zan etarli darajada amalga
oshirilmagan, ba’zan esa umuman bunday ishlar bajarilmagan. Dalalarga mineral
o‘g‘itlar solish, ayniqsa organik ug‘itlar solish maqbul me’yorlarga umuman mos
kelmaydi. Amaliyot ko‘rsatadiki, yerni chuqur haydash, dalalar yuzalarini tekislash,
sho‘rini yuvish kabi meliorativ tadbirlar yoki umuman o‘tkazilmagan, yoki bo‘lmasa
juda ham chegaralangan hajmlarda o‘tkazilgan. Yerlarni sifatini baholash (tuproq
bonitirovkasi) bo‘yicha doimiy ravishda o‘tkazilayotgan ishlarning natijalari
ko‘rsatadiki, sug‘oriladigan yerlarning sifatini ijobiy tomonga ko‘tarilishi haligacha
kuzatilmayapti.
9-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish
samaradorligini oshirish va muxofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan tadbirlar
hozircha etarli emas. Sug‘oriladigan yerlarni sifat holatini tubdan yaxshilash, etarli
asoslangan investitsiyalarga tayangan kompleks meliorativ tadbirlarni amalga oshiish
bo‘yicha maxsus davlat dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish talab qilinadi.
Bu esa, o‘z navbatida, tuproqlar unumdorligini oddiy va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni, sug‘oriladigan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
26
3 jadval
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlari tasarrufidagi asosiy yer turlari
tarkibining dinamikasi, 1991-2007 y.y.
Manbaa * Yergezdezkadastr davlat qo‘mitasi ma’lumotlari
Yillar
Jami
yerlar,
ming.ga
Shu jumladan
Meliorativ
tayyorgarlik
yerlari ming.
ga
sug‘oriladigan
ekin yerlari
lalmi ekin
yerlari
ko‘p yillik
daraxtzorlar
bo‘z yerlar
yaylovlar
pichanzorlar
ming.ga
%
ming.ga
%
ming.ga
%
ming.ga
%
ming.ga
%
ming.ga
%
Do'stlaringiz bilan baham: |