Daryo bizning ortimizda oqardi,
shaharni ham osongina
qo’lga
kiritdik
,
lekin nariroqdagi
tog’larni ishg’ol qila olmadik
; men shunisiga xursand edimki,
avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o’y bo’lsa
kerak, shaxarni aytarli bombardion qilishmas yo’liga po’psa qilib qo’yardilar
xalos. (7; 9)
Bu yerda metonimiya “us” so’zi bo’lib u o’zbek tiliga “bizni”, “bizga” deb
tarjima qilinadi. Ya’ni bu gap orqali daryo ularning ortidan emas, balki ular
joylashgan yerning ya’ni joyning ortidan oqadi degan ma’noni bildiradi. Mazmun
jihatdan oilb qaraydigan bo’lsak “us” so’zi o’zbek tiliga to’g’ri tarjima qilingan va
- 33 -
33
tarjimon mazmunni to’liq saqlab qolgan. Shakl jihatidan ham tarjimon shaklni
ham to’liq saqlab qolgan, ya’ni “us” so’zi ingliz tilida bitta so’z bilan berilgan,
tarjimada ham bitta so’z bilan “bizning” so’zi bilan tarjima qilingan.Bu gapda
metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi to’liq saqlanib qolingan. Misolda
ekvivalentlarning birinchi turi ishlatilgan, asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta
so’z to’g’ri kelgan, ya’ni “us” bilan “bizning” so’zlari va bu so’zlar ikki tildagi
so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lgan.
2. Menga qarang leytenat siz meni albatta
polkka
eltib tashlashingiz kerakmi?
(7; 41)
“Listen letonanat”.Do you have to take me to that regiment? (8; 26)
Misolda “regiment” o’zbek tilida “polk” so’zi metonimiyani asosi bo’lib
duribdi. Bu yerda polk so’zi orqali askarlar yashaydigan qarorgoh nazarda
tutilmoqda. Bu misol leksik ekvivalent birinchi turiga kiradi. Asliyatdagi so’zga
tarjima tilidagi bitta so’z to’g’ri kelgan, ya’ni asliyatdagi so’z “regiment” shu
so’zni o’zbek tiliga tarjima qilsak “polk” so’zi. ”Regiment” so’zini o’zbek tiliga
tarjima qilinganda ham bitta so’zga teng bo’lib turibdi. Tarjimon metonimiyani
tarjima qilganda shaklni to’liq saqlab qolgan. Endi mazmun jihatdan tahlil
qiladigan bo’lsak, bu so’zlarning ikki tildagi so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga
egadir. “Regiment” va “polk” so’zlari to’liq ekvivalentga egadir. Bu gapda
metonimiyani tarjima qilganda mazmun to’liq saqlanib qolgan.Tarjimon
metonimiya tarjimasida shakl va mazmunni to’liq
saqlab qolgan. Bu tarjimonning yutug’idir.
3. Sometimes in the dark we heart the troops marching under the window and
guns going past pulled by motor-tractors. (8; 1)
Ba’zan qorong’ida derazadan qo’shinlarning o’tib borishini, to’p-to’pxonalar
tortib kelayotganini eshitib qolardik. (7; 7)
Bu gapda “guns” metonimiya bo’lib, u o’zbek tiliga “to’pponcha”, “miltiq” deb
tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi misolga qaraydigan bo’lsak qurollar traktorda
borayotgan edi deb tarjima qilianadi. Lekin qurollarning oyog’i bo’lmaydi, ular
yurib bilmaydi, shuni uchun ham bu gap metonimiyadir. Misoldagi “gun” so’zini
- 34 -
34
tarjimon “to’p-topxona” deb tarjma qilgan. B u gapda leksik ekvivalentni ikkinchi
turi qo’llanilgan bo’lib unda asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z qisman
to’g’ri kelgan.Ya’ni “guns” so’zi “qurol”, “to’pponcha” deb emas, balki “to’p-
to’pxona deb tarjima qilgan.Tarjimon bu gapni kontekstan kelib chiqib tarjima
qilgan. ”To’p-to’pxona” ham qurolning bir turi hisoblanadi. Tarjimon bu yerda
mazmunni qisman saqlab qolgan. Shakl jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, bu yerda
asliyatda bitta so’z berilgan bo’lib, bu so’z “guns” so’zidir. Lekin tarjimon bu
so’zni tarjima qilnganda ikkita so’zdan foydalan, natijada shakl o’zgarib ketgan.Bu
misolda shakl saqlanmagan, mazmuni esa qisman saqlangan.
4.There is a class that controls a country that is stupid and does not realize
anything and never can. (8; 37)
Mamlakatni befahm, hech nimani tushunmaydigan sinf boshqarmoqda. (7; 58)
Bu gapda “class” so’zi metonimiyadir. “Class” so’zi, ya’ni “sinf” so’zi orqali
“hukumron doiralarni-inson” larni nazarda tutmoqda. Bu misol leksik
ekvivalentlarni ikkinchi turiga kiradi. “Class” so’zini o’zbek tiliga tarjima
qiladigan bo’lsak, ko’p ma’noli so’z bo’lib, “sinf”, “dars”, “sinf, tabaqa”, “turkum,
sinf”, “malaka”, “nav, tur”,daraja”, “daraja” kabi ma’nolariga ega. Bu so’zlarning
ichida bittasi ekvivalent qolganlari qo’shimcha ma’no bo’ladi. Tarjimon
kontekstdan kelib chiqqan holda bu misolda “sinf, tabaqa”so’zini ekvivalent qilib
oladi, qolganlari qo’shimcha ma’no bo’lib qoladi.Metonimiya tarjimasidagi shakl
to’liq saqlanib qolgan, ya’ni tarjimon “class” so’zini o’zbek tilida ham bitta so’z
“sinf” so’zi bilan ifodalagan.Mazmun esa qisman saqlanib qolgan.
5. ”If you have no papers I can give you papers”
“What papers?”
“Leave papers”.
“I have no papers” (8; 170)
-Agar qog’ozlaringiz bo’lmasa, qog’oz to’g’irlab beraman.
-Qanday qog’oz?
-Ruhsat guvohnomasimi?
-Menga qog’ozlar kerak emas.Qog’ozlarim bor. (7; 249)
- 35 -
35
Bu gapda “papers” ya’ni “qog’oz”lar so’zi metonimiyadir.Ya’ni qog’oz so’zi
orqali hujjatlarni nazarda tutilmoqda.Bu yerda leksik ekvivalentlarni ikkinchi turi,
qisman o’xshashlik qo’llanilgan.”Paper” so’zi ko’p ma’noli bo’lib, o’zbek tiliga
“qog’oz”,
“gazeta”,‘qog’ozlar,
hujjatlar,
qo’lyozmalar”,
“ilmiy
maqola,
dissertatsiya, doklad” deb tarjima qilinadi. Bu ko’p ma’noli so’zlar ichida
“qog’ozlar, hujjatlar” ekvivalent, qolganlari qo’shimcha ma’no bo’lib turibdi.
Tarjimon bu gapni kontekstdan kelib tarjima qilgan va kontekstga mos keladigan
so’zni tanlab olgan.Shakl jihatdan olib qaralsa, metonimiya tarjimasida shakl to’liq
saqlangan, mazmun esa qisman saqlanib qolgan.
6. Babe Ruth was a pitcher then playing for Boston. (8; 95)
Beyb Rut xozir Bostonda o’ynamoqda ekan. (7;145)
Bu gapda Boston metonimiya bo’lib, u Shimoliy Amrikada joylashgan shahar.Bu
gapni tahlil qiladigan bo’lsak, bunda tarjima Boston shaharini emas, balki
Bostondagi komanda nazarda tutilmoqda.Ya’ni Beyb Rut Bostonda emas, balki
Bostondagi biror komanda o’ynamoqda. Bu yerda leksik ekvivalentlarning to’liq
qismi qo’llanilgan.Asliyatdagi Boston so’zini tarjima qilganda, o’zbek tilida bitta
so’zga to’g’ri kelgan, ya’ni Boston deb tarjima qilingan va ikkala tilda ham so’z
ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lgan.Chunki Boston joy nomi bo’lib, uni
tarjima qilganda ham huddi o’ziday tarjima qilinadi.Bu misoldagi metonimiya
tarjimasidagi shakl va mazmun to’liq saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |