- 38 -
38
o’zbek tiliga tarjima qilganda ibora qatnashtirib metonimiya hodisasini yuzaga
keltirgan. Tarjimon bu yerda erkin tarjimadan foydalanib, asarni o’zining
ruhiyatidan kelib chiqib tarjima qilgan.Bu esa tarjimonning kamchiligi hisoblanadi.
2. Men uni qattiq o’pib,
azot bag’rimga
tortim. (7; 32)
I kissed her hard and held her tight and tried to open her lips. (8; 23)
Bu misolda aytadiki men uni qattiq o’pib bag’rimga tortim deydi. Bag’ir insonning
ichki a’zolarining bir qismi bo’lib, butunning bo’lakka bo’lgan munosabatini
ko’rsatadi. Odam bag’riga tortolmaydi, chunki bag’r insonning ichki a’zosi,
yozuvchi bu yerda quchoqladi degan ma’noni bag’r so’zi orqali bergan. Bu
misolda sinekdoxa qo’llanilgan. Ba’zida tarjimonlar asarni
tarjima qila yotganda
uni ekspressivligini oshirish maqsadida stiliktik vositalardan foydalanadilar, garchi
asliyatda yozuvchi o’sha gapni yoki so’zni stilistik bo’yoq bermagan bo’lsa ham.
3.
Rulga o’tiring
-dedim men. (7; 41)
“You drive “, I said. (8; 25)
Bu yerda rul so’zi orqali mashina nazarda tutilmoqda, negaki rulga o’tirib
bo’lmaydi, gapda qism orqali butun narsa anglanmoqda. Bu gapda sinekdoxa
qo’llanilgan. Shu misolni inglizcha varianti ko’radigan bo’lsak, bu yerda “you
drive” deb berilgan bo’lib, drive so’zi o’zbekchaga tarjima qilinganda mashinani
haydamoq, boshqarmoq, mashinaga o’tqazmoq deb tarjima qilinadi.
Bu gapni
mashinani haydang deb tarjima qilinadi. Asarni inglizcha variantida sinekdoxa
qo’llanilmagan, lekin o’zbek tiliga tarjima qilinganda, tarjimon badiiy vositadan
foydalangan. Bunda tarjimon erkin tarjimadan foydalangan.
Asarni o’qib tahlil qilish jarayonida metonimiya hodisasidan tashqari
tarjimada qilingan bir nechta xatoliklarni ko’rsatib o’tishga qaror qildik.
Masalan
bu misolni ko’rsak:
1.The snow blew in our faces so we could hardly see. (8; 213)
Qor odamning basharasiga urar, ko’z ochirgani qo’ymasdi. (7; 308)
Endi shu ikkala misolni ham ko’rib chiqsak. ”Face” so’zini o’zbek tiliga tarjima
qilsak “yuz”, “aft”, “bashara”, “chehra”, “oraz” deb tarjima qilinadi. Bu
so’zlarning hammasi bir aniq narsani anglatgan bilan turli xil ma’nolarga ega. Yuz
- 39 -
39
so’zi inson tana a’zosining bir qismi hisoblanadi. Barcha joylarda biz yuz, aft,
bashara, oraz, chehra so’zlarini qo’llay olmaymiz. Ularning har qaysisini o’z o’rni,
joyi bor. Yuz, chehra, oraz so’zlari ijobiy ma’noni anglatsa, aft, bashara esa salbiy
ma’noni anglatadi.Tarjimon esa tarjima qilish jarayonida kontekstga qarab mana
shu so’zlardan birisini, ya’ni eng loyig’ini tanlab olishi lozim.U tanlab olgan so’z
asarning asliyatdagi ma’nosi bilan bir xil bo’lishi kerak. Asardagi misolga
qaraydigan bo’lsak tarjimon u yerda “face” so’zini salbiy ma’noda tarjima qilgan.
O’sha gapda “bashara” so’zi o’rniga “yuz” so’zini qo’llaganda maqsadga muvofiq
bo’lardi va kitobxonda asardagi qahramonlarga nisbatan yomon ko’rish
hissi
uyg’onmasdi. Agarda asardagi qahramon yomon odam bo’lganda “bashara” so’zini
bemalol ishlatsa bo’lar edi. Bunda tarjimon o’sha odamning yomon inson ekanligi
salbiy so’zlarni qo’llash orqali ham kitobxonga tushuntirsa bo’ladi. Lekin bu yerda
tarjimon “face” so’zining tarjimasini to’g’ri tanlay olmagan, natijada asarning
mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatgan.
2.I knew the barman and sat on a high stool and ate salted almonds and potato
chips. (8; 174)
Barmen eski tanishim edi, baland kursida o’tirib sho’r danak bilan quvroq
qovrilgan kartoshka yedim. (7; 255)
Bu yerda “salted almond” so’zi o’zbek tiliga “sho’r bodom” deb tarjima qilinadi,
lekin tarjimon uni “sho’r danak” deb tarjima qilgan. “Sho’r bodom”
Italiya
uslibida tayyorlanadigan taom. “Sho’r danak” esa Samarqand va Buxoroda
tayyorlanadigan mashhur taom. Bu yerda tarjimon xatolikka yo’l qo’ygan, ya’ni
“sho’r bodom” bilan “sho’r danak’ni alamashtirgan.Tarjimon o’sha xalqni urf-
odati, madaniyati, shuningdek milliy taomlari bilan ham tanish bo’lishi kerak.
Agarda tarjimon o’sha mamlakatni madaniyati, milliy taomlari, urf-odatlari haqida
yetarlicha bilimga ega bo’lmasa xatolikklarga yo’l qo’yadi.
3.-Siz tezda o’rganib olasiz. O’g’lim hayitga kelmoqchi, u sizga o’rgatib
qo’yadi. (7; 309)
“You will learn easily. My boy will be here for Christmas and e will teach you”
(8; 213)
- 40 -
40
Bu misoldagi “Christmas” so’zini tarjimon “hayit” so’zi bilan almashtirgan.
Christmas Xristianlarning milliy diniy bayrami bo’lib 25-dekabrdan
boshlanib to
yangi yilgacha davom etadi. 25-dekabr Xristianlarning payg’ambari Iso
payg’ambarning tug’ilgan kunidir. Bu bayram oilaviy bayram bo’lib, har bir uyda
Kristmas archasi bezatiladi. Kristmas bilan bog’liq bo’lgan ko’p an’anaviy
qo’shiqlar, shirinliklar bo’ladi o’sha kunda. “Hayit” esa musulmon xalqlarining
milliy
dinniy bayramidir.
Bu kunda odamlar ota-bobolarning,
yaqin
qarindoshlarining qabrlariga ziyorat qilish uchun boradilar. Odamlar bir-
birlarinikiga mehmonga borishadi. Bu kunda
odamlar bir-birlari bilan
urishmaydilar, urushganlar esa yarashadilar. Bu ikkala bayramning o’zini urf-
odatlari bor bo’lib, ular bir-birlariga umuman o’xshamaydi. Tarjimon esa bu iki
bayramni xuddi bir bayramdek qilib tarjima qilgan. Bular tarjimada qilingan
xatolar va kamchiliklarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: