- 41 -
41
XULOSA
1. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarini ingliz tilidan o’zbek
tiliga
o’girgan tarjimon ko’chimning eng murakkab turlaridan bo’lgan metonimiyaning
tarjimada asliyatini saqlashga katta e’tibor qaratgan. Asliyat tiliga mos muqobil
variant topishi, uning ma’no va mazmun xususiyatlarini yoki shakli saqlangan
yoki o’zgartirgan
holda berishi, transliteratsiya, izoh berish va badiiy tarjimadan
ko’ra ko’proq ilmiy tarjima usullaridan foydalanganligi kuzatiladi. Bu - yangi
tarjima usullarini vujudga keltirib chiqaradi.
2. Tarjima jarayonida matn
mazmuniga ziyon yetkazmaslik, badiiy o’ziga
xoslikni va asar badiiy koloritini saqlashga urinishlar va bu boradagi ijodiy
yondashuvlar kuzatilsa-da, tarjimon anchagina nuqsonlarga yo’l qo’ygan,
aksariyat hollarda ba’zi badiiy tasvir vositalari, milliy so’z
va iboralarning leksik
va kontekstual ma’nolarini hamda shakliy ixchamlikni, musiqiy ohangdorlikni
saqlay olmagan. Bunga sabab esa uning ko’proq ilmiy hamda erkin tarjima
printsipiga amal qilganligidan dalolatdir.
3. Noqardosh tildan tarjima qilayotgan
tarjimon har bir mayda detalga,
mushtaraklikka va o’ziga xoslikka ehtibor bermasa, asar milliyligiga putur
yetkazib qo’yishi, badiiy asar muallifining individual uslubini va ruhini kitobxonga
to’g’ri yetkaza olmasligi mumkin. Ingliz xalqining urf-odatlari,
turmush tarzi,
ruhiyati, madaniyati, mentaliteti va tilini yaxshi o’rgangan tarjimon metonimiya
orqali asliyat mazmunini tarjimada to’la bera oldi.
4. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarini ingliz tilidan o’zbek tiliga
tarjimasi o’zbek kitobxoniga ingliz xalqining ma’lum bir davrdagi (urush
davridagi)
rasm-rusmlari, yashash tarzi, madaniyati, mentaliteti,
milliy xarakteri
borasida tasavvur hosil qilishga yordamchi manba bo’lib xizmat qiladi.
5. Milliy realiyalar transliteratsiya yoki ekvivalent qo’llash orqali o’girilganki,
bu
narsa
tarjima
tili
asliyatni
singdira
olmasligi,
kitobxon
uchun
tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi bilan belgilanadi. Tarjimon qo’llagan bu
usul eng to’g’ri bo’lib, o’zbek o’quvchisi ko’z o’ngida voqeaning qaerda, qaysi
- 42 -
42
millat doirasida kechganligini realiyalar tarjimasi orqali gavdalantiradi va oson
tushunilishini ta’minlaydi. Bu o’z o’rnida tarjima realiyalarning o’zbek tiliga
o’zlashib, ularning lug’at tarkibidan joy olishiga zamin yaratdi.
6. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarining o’zbek
tiliga qilingan
tarjimasidagi ayrim metonimik chekinishlar ingliz tili qonuniyatlari asosida
asliyatning ma’no va mazmuninigina emas, balki uning badiiy uslubini,
timsollar
silsilasini va ta’sirchan ruhini saqlash imkonini berdi. Qolaversa, mazkur asar
o’zbek kitobxonlariga o’ziga xos badiiy-ilmiy asar sifatida taqdim etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: