- 30 -
30
imkoniyati bor: bu tarjimani san’at ekanidir. Tarjima shuning uchun ham san’atki,
unda shakl va mazmun bir-biridan ajratilgan holda emas, balki bir butun tarzda
qayta yaratiladi… Tarjimon asliyatga mos shakl va mazmun birligini yaratishi
lozim” deydi. (6;26-27)
Jahon adabiyoti durdonalari bo’lmish ko’pgina asarlarning o’zbek
tarjimalarida shakl va mazmun birligi yaxshi aks etganligi uchun ham ular
xalqimizning sevimli asrlariga aylanib qoladilar. O’zbek kitobxonlarining bu
asarlarning g’oya
va mazmunlariga emas, balki ulardagi fikrni bayon qilishda
tanlangan shakllar ham sehrlab qo’ymoqda. Shekspirning “Gamlet”,va “Otello”
tragediyalari, A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin”, L.N. Tolstoyning “Urush va
tinchlik” hamda “Anna Karenina”, Voynichning “So’na”, M.Sholoxovning ”Tinch
Don” romanlari shakl va mazmun jihatidan bir butun holda o’zbekchaga
san’atkorona tarjima etilganligi uchun ham ularning mualliflari kitobxon ko’z
oldida butun buyukliklari bilan gavdalanib turadi.
Tarjimada tasviriy vositalar, ko’chimlar nihoyatda katta ro’l o’ynaydi.Ular
asarning ekspressivligini oshiradi va kitobxonga zavq berib, uning asarga bo’lgan
qiziqishini oshiradi. Badiiy vositalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda asl
nusxasidan farq qilmasligi, tarjimon asarni tarjima qilganda
asl nusxasidek shakl
va mazmunni saqlab qolishi kerak. Men E.Xemingueyning “Farewell to Arms”
asarini o’qib, Ibrohim G’ofurov tomonidan o’zbek tiliga “Alvido Qurol“ deb
tarjima qilingan o’zbekcha nusxasini ham o’qib chiqdim va ikkala asarni bir-biri
bilan solishtirdim.Ya’ni asar o’zbek tiliga tarjima qilinganda ingliz tilidagi badiiy
vositalar o’z ahamiyatini yo’qotmaganmi va tarjimon shakl va mazmunni asarning
asl nusxasidagidek saqlab qola olganmi yo’qmi shuni ko’rib chiqdik. Ikkala asarni
ham o’qib undan metonimiya tarjimasida shakl va mazmunga doir bir qancha
misollar topdim va ularni quyidagicha tahlil qildim. Ya’ni ularni leksik
ekvivalentlar asosida guruhlarga bo’ldim.
Leksik ekvivalentlarning 3 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar kiradi:
1.
To’liq ekvivalentlar
2.
Qisman ekvivalentlar
- 31 -
31
3.
Murakkab ekvivalentlar (ekvivalenti yo’q)
To’liq ekvivalentlar – bunda asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z to’g’ri
kelishi va ikki tildagi so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lishi
tushuniladi.Bunday so’zlar sirasiga odatda atoqli otlar, geografik va joy nomlari,
korxona, tashkilot, muassasa, idora, kema va mehmonxona nomlari va shu kabilar
kiradi. Ekvivalentlar aksariyat
hollarda monosemantik, ya’ni bitta ma’noga ega
bo’lgan so’zlardir.
Qisman ekvivalentlar - agar asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z qisman
to’g’ri kelsa, bunda biz qisman ekvivalentlar haqida fikr yuritamiz.Tarjima
nazariyasida qisman ekvivalenlarning uch turi ham ajratiladi. Bunga sabab bir
tildan boshqa tilga to’g’ri keladigan, ekvivalentdan tashqari yana bir nechta so’z
ma’nolaridan iborat bo’lishi mumkin.Ko’p ma’noli so’zning bittasi ekvivalent,
qolganlari esa qo’shimcha ma’no sifatida namoyon bo’ladi. Masalan ingliz tilidagi
ko’p ma’noli “cover” so’zini oladigan bo’lsak, u o’zbek tilidagi “yopmoq”,
“to’shamoq”, “ustiga yozmoq”, “bekitib qo’ymoq” va boshqa ma’nolariga ega.
Semantik munosabatning ikkinchi varianti qisman ekvivalent so’zga to’g’ri
keladigan ma’noning kesishish hodisasi. Bu degani ikki tildagi muayyan so’z bir
xil ma’no yoki ma’nolarga ega bo’lishi mumkin va shunday bo’lsa
ham ayni
paytda ularning bir-biriga to’g’ri kelmaydigan ma’nolari ham bo’lishi mumkin.
So’zning bu ma’nolari turlicha bo’lishiga asliyat va tarjima tillari turli oilalarga
mansub bo’lganligi, o’zlashtirilgan so’zlar boshqa tillardan olinganligi va boshqa
bir qator lingvistik va ekstralingvistik omillar sabab bo’ladi.
Murakkab ekvivalentlar – munosabatlarning uchinchi turiga kiradi.Turli
xalqlar ob’ektiv reallikni turlicha qabul qiladi va uni tilda turlicha, o’ziga xos
ravishda aks ettiradi. Ma’lumki, ingliz tilida “qo’l” tushunchasini ifodalashni bir
nechta turi mavjud. O’zbek tilida “qo’l” tushunchasi bitta so’z bilan ifodalanadi.
Ingliz tilida “hand” so’zidan tashqari bu tushuchani tilda ifodalash uchun yuqorida
ko’rsatilgan so’z bilan birga ayni paytda “arm” so’zi ham ishlatiladi.
Bundan
tashqari “hand” so’zi ko’chma ma’noda ham qo’llaniladi va ular ham o’zbek
tilidagi ko’chma ma’nolarning aksariyatiga to’g’ri kelsa ham, farq qiladigan
- 32 -
32
jihatlari ko’p. Ushbu guruhga tegishli so’zlar tarjimasi alohida e’tiborga molik,
chunki shu va shu kabi so’zlar tarjima jarayonida muammolar tug’diradi. Buning
uchun kontekstni bilish lozim. Kontektsiz bu gapni o’zbek tiliga tarjima qilib
bo’lmaydi. Tarjimada ekvivalenti bo’lmagan so’zlarga –
boshqa davlatlarda
qo’llanmaydigan ismlar, geografik va joy nomlari hamda xos so’zlar kiradi. Xos
so’zlar tarjima nazariyasi adabiyotlarida realiya sifatida qo’llaniladi. Bunga, bir
tomondan, ingliz tilidagi lobby, muffin, drugstore, ikkinchi tomondan o’zbek
tilidagi tandir, somsa, qiz uzatish, uloq va shu kabi tushunchalar kiradi. (24; 106-
107-108)
Hemingueyning “Farewell to Arms” (Alvido Qurol) asarini va uning o’zbek
tilidagi tarjimasini mana shu ekvivalentlarni 3 turi bo’yicha tahlil qildik va
metonimiya tarjimasidagi shakl va mazmunni saqlanib qolishini mana shu turlarga
qarab aniqladik. Metonimiya hodisasi o’zbek tilida tarjima qilinganda shakl va
mazmun to’liq
saqlanib qolganmi, qisman saqlanib qolganmi yoki umuman
metonimiyalik hodisasini yo’otganmi? Biz shu masalalarni “Alvido Qurol” asarida
ko’rib chiqdik. Asarni o’qib undan shakl va mazmunga doir ko’plab misollar
topdik va ularni eng yaxshilarini tanlab olib tahlil qildik.
1. The river ran behind us and the town had been captured very handsomely
but the maintains beyond it could not be taken and I was very glad the Aaustrians
seemed to want to come to the town sometimes, if the war should and because they
did not bombard it to destroy it but only a little in a milit any war. (8; 1)
Do'stlaringiz bilan baham: