Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya


 Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari



Download 366,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana05.06.2022
Hajmi366,75 Kb.
#638695
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
 
2.3. Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari 
Tarjimachilik nazariyasining vujudga kelishi va uning universal qoidalarining 
ishlanish ijodiy tarjima amaliyotiga keskin va xayrli ta’sir qildi. XX asrning 
o’rtalaridagiga nisbatan olganda ham, tarjimalarning sifati va saviyasi sezilarli 
darajada ko’tarildi. Tarjimada savodsizlik, taglama tarjimalardan foydalangan 
holda tarjima qilish, vositali tillar orqali tarjima qilish ancha kamaydi. Asliyat va 
tarjima tilining butun qirralari va nozikliklari, bir-birlariga qay darajada mos va 
muvofiq ekanliklari, ziddiyatlari, murakkab tomonlarini qiyosan mukammal bilish 


- 36 - 
36 
xozirgi zamonda tarjimaning eng birinchi shartlaridan ekanligi hamma yerda tan 
olinadi. 
Adabiy-badiiy asarlar tarjimasi uchun bu ham kamlik qiladi. Asliyat va 
tarjima tillarining poetik ifoda xazinalarini bilish, so’zlar va gap qurilishlarining 
semantik, sintaktik, stilistik olamlarida, tilshunoslik dunyosida o’z ishini aniq 
biluvchi va tasavvur qiluvchi ko’zi ochiq usta g’avvos kabi harakat qilish- badiiy 
so’z, ilmiy tafakkur sohalarida nozik hissiyotlarni san’atkorona singari ijod qilish –
tarjimonlik kasbining bosh xususiyati, uning ma’sulyatini qanday bilishi, 
madaniyatining asosi, tamal toshi deb qaraladigan bo’ldi.Tarjima matnining asliyat 
matniga va uning janr hamda poetik xususiyatlariga mosligi, adekvatligi, barcha 
xususiy va umumiy universal talablarning o’zaro uyg’unligi, ekvivalentlik va 
interpretatsiya tamoyillari, so’zlarning bir tildan boshqa tillarga o’tganda 
metamorfozasi, rang-barang pragmatik kuzatishlar va xulosalarning barchasi o’z 
ilmiy andozalarini topdi.Tarjima ikki til yoki tillar o’rtasidagi voqealikning 
hodisasi. Tarjima nazariyasida lingvistikaning o’rni beqiyos. Keyingi o’n yillarda 
nazariyada lingvistik muammolar ko’p va qayta-qayta ishlanmoqda.Ulardan 
ma’lum bo’ladiki, tarjimada lingvistikasiz ishonch bilan qadam tashlash qiyin. Shu 
bilan birga lingvistik muammolar qatorida tarjimaning poetik, estetik, psixologik, 
falsafiy, ijtimoiy muammolarini chuqur va izchil o’rganish, tarjima tanqidiga 
hozigiga qaraganda kuchliroq e’tibor qaratish bu jozibador sohaning muhim 
vazifalar sirasiga kiradi. Tarjimashunoslik o’zinig mana shunday qirralari bilan 
hamisha jozibador va samarali bo’la oladi. 
Tarjimon mehnatini hech qachon ikkinchi darajali deb tushunmaslik kerak. 
Uning mehnati yozuvchi mehnati bilan barobar. Ulug’ Gumboltning “til-faoliyat” 
degan mashhur aforizimi hammadan ko’ra ko’proq tarjimonlarga tegishlidir. 
Tarjimon tilni harakatga keltiradi. Uning mehnati tilni faoliyat manbayiga, 
faoliyatni esa til manbayiga aylantiradi. Zotan tarjimon mehnati bois tillarning 
xazinalari yangi so’zlar, terminlar, ifodalar, gapning g’aroyib, ilgari ko’rilmagan, 
sinalmagan sintaktik qurilishlari bilan boyiydi.Tarjimonning ijodiy mehnati bois til 
yangilanadi. (14;12- 13) 


- 37 - 
37 
Albatta tilning rivojlanishida tarjima va tarjimachilikning o’rni beqiyosdir. 
Tarjima sohasida yutuqlar bo’lgani sari, kamchiliklar va nuqsonlar ham kam 
emas.Asliyatdagi asarni biror tilga tarjima qilish jarayonida turli xil muammolarga 
duch kelinadi. Har bir tarjimon nafaqat tarima qilayotgan mamlakatni tilini yaxshi 
bilishi kerak, shuningdek o’sha mamlakatni urf-odatini, madanityatini, milliy 
mentalitetini yaxshi bilishi lozim. Agarda tarjimon tilni yaxshi bilisayu, lekin o’sha 
davlatni madaniyatini, urf-odatini yaxshi bilmasa tarjima qilish jarayonida 
xatoliklarga duch keladi va asarni tushunib, anglab yetmagan holda tarjima qiladi. 
Natijada asarning mano-mazmuni o’zgarib ketadi. Nafaqat tarjimon asarni tarjima 
qilish jarayonida o’sh mamalakatni urf-odati, madaniyatini bilib qolmasdan, asar 
yozilgan vaqtdagi mamlakatni hayoti, jamiyatdagi o’zgarishlardan habardor 
bo’lmog’i lozim va shuningdek asardagi qahramonlarning ruhiyati ham muhim rol 
o’ynaydi. Suning uchun tarjimon har tomonlama yetuk va bilimli bo’lmog’i lozim. 
II bobning uchinchi faslida E.Hemingueyning “Alvido Qurol” asarining 
tarjimasidagi kamchiliklar va nuqsonlar haqida fikr yuritamiz. Asarning ikkala 
nusxasini, ya’ni asl va tarjima qilingan nusxalarini o’qib chiqib, metonimiya 
tarjimasiga doir kamchiliklarni topdik va ularni tahlil qildik. 
1. Har holda bu yerda 

Download 366,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish