Transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish


CHorpoyali kranlarning tuzilishi va vazifasi



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/74
Sana01.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#627331
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish

3.
CHorpoyali kranlarning tuzilishi va vazifasi.
CHorpoyali kranlar
tuzilish jixatidan va ish sharoiti bo‘yicha ko‘prikli kranlardan fark kilmaydi.
CHorpoyali kran ko‘prigi o‘ziga xos ko‘rinishdagi to‘rtta tayanch-poyalariga
o‘rnatilgan bo‘lib ochik maydon, temir yo‘li va avtomobili yo‘lini ustidan yopib
(koplab) turadi. CHorpoyali kranning yuk ko‘tarish aravachasi ko‘prik kranning
yuk ko‘tarish aravachasidan tuzilishi bo‘yicha jiddiy fark kilmaydi. Lekin ba’zi bir
chorpoyali kranlarda (K-05, K-09) yuk ko‘tarish aravachasi bo‘lmay, balki ferma
(ko‘prik) ostiga bo‘yi barobar uzunasiga o‘rnatilgan monorebda osilib
xarakatlanuvchi telfer yukni yukoriga ko‘taradi va pastga tushiradi. CHorpoyali
kran ochik maydonni ikki chetiga, maydon bo‘yi (uzunligi) baravar kurilgan rels
ustida xarakatlanadi va ortish-tushirish va ombor ishlarini ko‘prikli kranlar kabi
amalga oshiradi. CHorpoyali kranlar uchun katta mablag‘ talab kilinuvchi estakada
inshoatlarini kurish darker emas va shuning uchun ortish-tushirish kurilmalarining
baxosi, xuddi shu parametrdagi ko‘prik kranlarga karaganda 40-60 % ga arzon
bo‘ladi. CHorpoyali kranlar konstruksiya tuzilishiga muvofik konsolsiz va ikki
konsolli bo‘lishi mumkin. Konsolsiz chor poyali kranning ko‘prigi chetlari bilan
tayanch poyalariga maxkamlangan bo‘lib, ular oddiyrok va engil, lekin ular fakat
prolyoti bilan yopib turgan maydongagina xizmat ko‘rsatadi. Konsolli chorpoyali
kranlarda esa aksincha, proletning ikki tomonida konsollar xosil bo‘ladi. Konsolli
kranlar anchagina murakkab mashinalar bo‘lsada, ammo ortish-tushirish ishlarini
samarali tashkil etishda ko‘l keladi va ular prolyot osti va konsol osti maydonlariga
xam xizmat ko‘rsatadilar.
K-09 (2.10-rasm, a) o‘zi montaj bo‘luvchi telferli, yuk ko‘tarish 5-tonnali
ikki konsoli chorpoyali kran. Uning metall panjaradan yasalgan, kesimi
uchburchak shakldagi fermasi (1), yurgizuvchi aravachalar (2) ga o‘rnatilgan A-
ko‘rinishli ikkita portal poyalar (4) ga oltita juft sharnirlar yordamida maxkam-
langan. Xar bir portal xarakatlanuvchi va ergashuvchi aravachalarga ega. Kranning
maxsus montaj mexanizmi xarakatlanuvchi aravacha reduktorining o‘ki (vali)ga
o‘rnatilgan barabanlardan va ergashuvchi aravachaga maxkamlangan bloklardan
iborat bo‘lib, ular po‘lat arkonlar bilan bog‘langan. Panjarali fermani ostiga, uning
xamma bo‘yi (uzunligi) baravar ko‘shtavrli monorels (3) o‘rnatilgan bo‘lib, bu
monorelsda telfer (5) yuk ko‘tarish mexanizmi xarakatlanadi. Tayanch
poyalarining biriga barcha boshkarish asbob-uskunalari bilan jixozlangan kabina
(6) xamda telferni moylash, ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash uchun maxsus
maydoncha (7) o‘rnatilgan. CHorpoyali kran tashki elektr turnog‘idan trolley (9)


69
orkali 380 V li uch fazali o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlanadi. Telferning elektr
dvigatellariga tok egiluvchan kabel orkali uzatiladi.
Ikki konsolli chorpoyali KDKK-10 kranni (2.10-rasm, b) yuk ko‘tarish
arkonlari, M-41 elektrmagnitli plita va sig‘imi 1,5m3 li elektr motorli greyfer,
dumalok yog‘ochlar uchun greyfer kamragich bilan jixozlanish mumkin, yuk
ko‘tarish 10 t prolyoti esa 16 m. Kran ko‘prigi (fermasi) (1) to‘g‘ri to‘rtburchak
kesimli ikkita bosh ko‘tarma to‘sindan iborat bo‘lib, uning ustiga o‘rnatilgan
relslarda yuk ko‘tarish mexanizmi o‘rnatilgan aravacha (2) xarakatlanadi.
Kranning xar bir tayanch poyalari (3) kranni xarakatlantiruvchi aravachalar (4) ga
maxkamlangan. Kranning xar kaysi tomonga xarakati oldinda borayotgan
aravachani tortish kuchi xisobiga amalga oshiriladi. Tezlanish va ortikcha
yuklamada esa barcha aravachalar xarakatga keladi va bunda orkada borayotgan
aravachani xarakatlantiruvchi elektr dvigatellar avtomatik ulanadi va tezlanish yoki
ortikcha yuklama tugaganida ular avtomatik uziladi. Kranning tayanch-poyalarini
birida boshkarish kabinasi (5) joylashgan. Kranning yuk ko‘tarish aravachasiga
elektr energiya egiluvchan kabel orkali uzatiladi. Kranning o‘zi esa tashki elektr
tarmog‘idan trolley orkali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
2

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish