Bir va ikki urug’ pallali o‘simliklarning poyalarini tuzilishi



Download 26,61 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi26,61 Kb.
#198741
Bog'liq
Bir va ikki urug’ pallali o‘simliklarning poyalarini tuzilishi.


Bir va ikki urug’ pallali o‘simliklarning poyalarini tuzilishi.

Reja:

1. Bir va ikki pallali o‘simliklar poyasi.

2. Ikki pallalilar sinfi - Dicotyledones

3. Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi.
Yopiq urug’lilar  - hozir yer yuzidagi barcha o‘sim-

liklar orasida ustunlik  qilayotgan eng katta bo‘limdir.

  

       Ular bir qancha belgilari bilan o‘simliklar olamining  boshqa  vakillaridan keskin farq qiladi.



       1. Yopiq urug‘lilarning urug‘i meva ichida bo‘ladi,  shuning uchun ham bu o‘simliklar "Yopiq urug‘lilar" deb ataladi.

       2. Bularning changchi va urug‘chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shakli bilan bir-biridan farq qiladi.

       3. Changlanishi hamda urug‘ va mevalarning tarqalishi turli usullar: shamol, hashoratlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi.

       4. Bulardan qo‘sh urug‘lanish sodir bo‘ladi va natijada faqat murtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi.

       5. Yopiq urug‘lilarning urug‘kurtagi uruqqa, tugunchasi  esa  mevaga aylanadi, urug‘i mevabarglar ichida yetiladi.

       6. Yopiq urug‘lilar boshqa o‘simliklar guruhlariga  nisbatan  juda murakkab morfologik  va anatomik tuzilishga ega. Yopiq urug‘lilar urug‘kurtagining meva qobig‘i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o‘ziga xos  belgilari ularning o‘zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan unga takomillashmagan o‘simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga  yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o‘simlik ekanligini ifodalaydi.

       Yopiq urug‘li o‘simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo‘linadi. Bu sinflarning har birining o‘ziga xos belgi xususiyatlari yig‘indisi bilan xarakterlanadi.

       Ikki pallali o‘simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug‘ pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo‘lganligidan tanasi ikkilamchi  yo‘g‘onlashish xususiyatiga  ega. Naychalar to‘dasi  ochiq.  Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o‘yiqli, barg tomirlari to‘r shaklida bo‘ladi.  Gullari 5 bo‘lakli  tipda.



Gul qo‘rg‘oni ko‘pincha, qo‘sh bo‘ladi.

       Biroq bu barcha belgilar emas,  ammo ular ikki pallali  o‘simliklarni bir  pallalilardan  farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o‘simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand  ham tutmaydi.

       Xozirgi yopiq urug‘lilardan ko‘p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba’zi boshqa o‘simliklar eng oddiy o‘simlik hisoblanadi.  Ko‘p mevalilarning juda ko‘p oddiy belgilari xos bo‘lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir.  Ularning gul   o‘rni   konussimon, gultoji   ayrim   gulbargli, gulbarglari ko‘p, ular spiralsimon  joylashgan va hokazo. Changchi va urug‘-chilarining ko‘pligi bu o‘simliklar uchun ayniqsa xarakterli.

       Ko‘p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae).

       Ko‘p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o‘z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o‘t o‘simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir.

       Ko‘p mevalilarning gullari xilma - xil bo‘lgani bilan ularning sodda tipda tuzilgan. Guldan, ya’ni oddiy (vegetativ) novda belgilarini radial simmetriy, go‘yo poyaga o‘xshaydigan cho‘ziq gul o‘rni, spiral tartibda joy olgan va bir - biriga qo‘shilmagan notayin sondagi barglarini saqlab qolgani guldan solib chiqqanligini ko‘rish qiyin emas.

       Biz faqat magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlarni ko‘rib chiqamiz.

       Magnoliyadoshlar  oilasi - (Magnoliaceae)

       Bu oilaga faqat daraxt va butasimon o‘simliklar kiradi. Ularning 12 avlod 100 ga yaqin turi bor. Barglari oddiy, ko‘pincha yon bargchalari bo‘ladi. Bu  oila  vakillarining ba’zilari doimo yashil tursa, ba’zilari kuzda bargini to‘kadi.  Barglarida efir moy chiqaradigan ichki bezchalar bor. Gullari ko‘pincha ikki jinsli, aktinomorf bo‘lib, gul o‘rni cho‘ziq. Gulqo‘rg‘on bargchalari har xil sonda 6 tadan 12 tagacha  va  bundan ko‘proq bo‘lib,  ba’zi vakillarida spiral holda joy olsa, ba’zilarida doiralar  hosil qiladi,  ko‘pincha uch bo‘lakli bo‘ladi. 3 tadan doira bo‘lib joylashganlarida  tashqisi rangi bilan boshqalardan farq qiladi va kosacha hosil qiladi. Talaygina otaliklar, urug‘kurtaklari tugunchalar chetidan joy  oladigan  ko‘p a’zoli apokarp genitsey hosil qiluvchi meva barglari sinokarp spiral bo‘lib joylashgan.

      Bu oilaning tipik vakili magnoliya avlodidir.

       Uning qisman Sharqiy Osiyoda,qisman Shimoliy Amerikada  uchraydigan 30 ga yaqin turi bor.  Magnoliyalarning ba’zi turlari Floridada yevvoyi xolda o‘sadi.  Subtropik iqlimli rayon bo‘lgan Qirim va  Zakavkazyeda ekib o‘stiriladi. Park va bog‘larda ko‘pgina asl vatani shimoliy Amerika bo‘lgan yirik gulli magnoliya (M.grandiflora) ekiladi. Bu o‘simlik kalta bandli,  barglari katta-katta va oddiy,cheti butun,  qalin, yaltiroq bo‘ladigan daraxtdir. Shu barglarining yonbarglari kurtakdagi hali ochilmagan yosh  barglarni  saqlab turadi.  Yakka-yakka bo‘ladigan yirik-yirik gullarining diametri 10 sm ga boradi va bundan ham oshadi. Gullari oq yeki pushti rangda bo‘lib juda xushbo‘y.

       Gul o‘rni cho‘ziq konussimon shaklda.  Unda gulqo‘rg‘onning  6-12  ta nim rang,yirik-yirik,bargchalari uch a’zoli doira bo‘lib turadi.  Bargchalaridan keyin spiral holda joylashgan bir otalikda serbar chang  ipchasi bor, bu ipcha uchi changdonlar ustida ko‘tarilib turadi. Changdonlar cho‘zinchoq bo‘lib, bog‘lam atrofidan joy oladi. Gul o‘rnini 2/3 bo‘lagini yuqori qismini  ginetsey egallagan.  Spiral holda joylashgan talaygina meva bargchalarining har qaysisi mustaqil onalik hosil qiladi, shu  bilan birga,o‘rta  tomirdan bukilib turadigan meva bargchasining chetlari bir-biriga qo‘shilib ketadi va shu tariqa yuzaga kelgan bir uyali  tugunchadan ko‘pincha 2 ta urug‘ kurtak joy oladi(ba’zi turlarida urug‘kurtaklar 6 donagacha bo‘ladi). Onalik ustunchasi yo‘q,shuning  uchun og‘izchaning chang ushlaydigan yuzasi meva bargchasining chetida, yuqori qismida turadi.

       Shunday qilib ularning gul formulasi quyidagicha ifodalanadi:

       Tuguncha ustki.



Gullash tamom  bo‘lgandan  keyin gulqo‘rg‘on bargchalari bilan otaliklari tushib ketadi, ularning o‘rni esa chuqurcha-chuqurcha bo‘lib qoladi: gul o‘rni qalinlashadi va  onaliklardan kul rang tukli bir talay bargsimon meva xosil bo‘ladi, ular qorin chokidan ochiladi. Shu mevalar bo‘yi 5-7 sm  va bundan ko‘proq  keladigan cho‘zinchoq "qubba" xosil qiladi.Pishib yetilgan urug‘lari qizil rangda bo‘ladi va etdor po‘st bilan qoplanib ipdek uzun bandida pastga osilib turadi. Magnoliyagullilarning boshqa vakillari lola daraxti (Liriodendron)  ni ko‘rsatish mumkin. Bu avlod vakillari Kavkaz, Qrim va O‘rta Osiyoning janubidagi Ashxobod va Dushanbedagi parklarda, hozirgi vaqtda Toshkentdagi parklarda ham  o‘stirilmoqda. Lola daraxtining bo‘yi magnoliyaning bo‘yidan biroz balandroq 40 m.ga yetadi. Bu daraxtning gullari sirtidan  lolaga birmuncha o‘xshaydi, lekin rangi loladek ochiq bo‘lmaydi. Lola daraxti Amerikada "oq terak" deb ataladi.Uning yog‘ochidan xar xil asboblar tayyorlanadi. Magnoliyagullilarning ko‘pchiligi dekorativ o‘simlik sifatida  o‘stiriladi.Bu oila  vakillari  eng qadimgi o‘simliklardan biridir. Bo‘r davriga talluqli qazilma qoldiqlar shundan guvohlik beradi.Oddiy novdaga  xos ko‘pgina belgilarni  saqlab  qolgan  oddiy tuzilishli gullar, shuningdek boshqa morfologik belgilar bu oilaning qadim zamonlardan qolganligiga mos keladi. Ularning  ba’zi  vakillarining  yog‘och  qismida suv naylari yo‘q,shunga ko‘ra suv o‘tkazuvchi elementlar xoshiyador teshikchali  traxeidlardangina iborat bo‘ladi, shu tufayli bularning yog‘och qismi ninabarglilarning yog‘och qismiga juda o‘xshab ketadi.

 

Ayiqtovondoshlar oilasi-Ranunculaceae.



 

       Bu oila  1200  ga  yaqin  turni o‘z ichiga oladigan katta oila bo‘lib, ko‘pchilik vakillari bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ba’zan  chala  buta va lianasimon butalar ham uchraydi. Ularning barglari navbatlashib joylashgan, ko‘pincha panjasimon yoki patsimon qirqilgan yon barglari bo‘lmaydi. Bu oila  vakillarining gullari xar xil tuzilgan:ba’zilarida aktinomorf, ba’zilarida zigomorf  bo‘lsa, goho siklik, goho  doirali  bo‘ladi.
Download 26,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish