Aylanuvchi strelali kranlarning tuzilishi va vazifasi.
Gorizontal yoki xam
gorizontal va xam vertikal tekislikda aylanuvchi strela yoki konsollar yordamida
yukni eltib beruvchi mashinalar aylanuvchi strelali kranlar deb ataladi. Bunday
kranlarga temir yonida, avtomobilda, pnevmog‘ildiraklarda, zanjirlari o‘rmalovchi
aylanuvchi strelali, portal, yarim portal va minorali kranlar kiradi. YUrituvchi
kurilmasining tuzulishiga muvofik aylanuvchi strelali kranlar relslarda xara-
katlanuvchi va relslarda xarakatlanmaydigan kranlarga bo‘linadi. Temir yoki,
portal, yarim portal va minorali kranlar relslarda xarakatlanuvchi kranlarni tashkil
etadi.
72
Aylanuvchi strelali kranlar ikki asosiy: yurgizuvchi va aylanuvchi kismdan
iborat. Kranning yurgizuvchi kismi ko‘tarib turuvchi ramadan iborat bo‘lib, unda
kranning yuritish mexanizm va boshka asbob uskunalari joylashgan. Kranning
aylanuvchi kismi platformadan iborat bo‘lib, unda kranning strelasi, kabinasi,
minorasi, yuk va strelani ko‘tarish mexanizmi va boshka asbob-uskunalari
joylashgan. Aylanuvchi strelali kranlarga ko‘yiladigan muxim talab-muayyan yuk
ko‘tarishda kranning turg‘un (ag‘anab ketmas)ligini saklab kolishdir. Kranning
strela kanoti katta bo‘lganida yuk ko‘tarishini oshirish maksadida, ular chikarib
ko‘yiladigan tayanch (autriger)lar bilan jixozlanadi.
Aylanuvchi strelali o‘zi yuradigan kranlar ish frontlari (joylari) bir-biridan
olisda joylashgan va xar bir ortish-tushurish frontida aloxida ortish-tushurish
mashinalarini ishlatish iktisodiy jixatdan samarali bo‘lmagan xolatlarda aylanuvchi
strelali o‘zi yuradigan kranlardan foydalaniladi.
Xozirda ortish-tushurish, kurulish-montaj va boshka ishlarda KDE-151,
KDE-161, KDE-163, K-103, K-251, KDE- 252 kabi temir yo‘lida yuradigan
aylanuvchi strelali kranlardan keng foydalanilmokda. Bu kranlarni yuk ko‘tarishi
15 tonnadan 25 tonnagacha bo‘lib yuk ko‘tarish arkonlari, ikki jag‘li va to‘rt kaftli
greyferlar xamda elektr magnit plitalar bilan jixozlanishi mumkin.
2.12-rasmda temir yo‘lida yuradigan dizel-elektr kran KDE-161
ko‘rsatilgan. Kran kuyidagi asosiy kismlardan: aylanmaydigan platforma (1); ikki
o‘kli aravacha (2); chikarib ko‘yiladigan domkratli tayanch (3); kamragich (zaxvat)
(4); avtoulagich (5); tayanch aylanmasi (6); aylanuvchi platforma (7); kabina (8);
yuk ko ‘tarish strelasi (9); strela polispasti (10) dan iborat.
Kranning aylanmaydigan platformasi temir yoyda yuradigan ikkita ikki o‘kli
aravachaga o‘rnatilgan. Kran poezd sostavlarida xarakatlanishi uchun platforma
avtoulagichlar bilan jixozlangan. Platforma ramasining oxiriga chikarib
ko‘yiladigan domkratli tayanch (autriger)lar o‘matilgan va kran bu autrigerga
tayanib ishlaganida uning turg‘unligi pvixta bo‘ladi va tayanchsiz ishlaganiga
karaganda ko‘prok yuk ko‘tara oladi (2.12-rasm, b).
73
Do'stlaringiz bilan baham: |