1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENTAVTOMOBIL YO‘LLARINI LOYIHALASH, QURILISH VA
EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI
“Transport logistikasi” kafedrasi
.
“TRANSPORTDA ORTISH-TUSHIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH”
fanidan
5620100-“Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi”
yo‘nalishi bakalavriatura talabalari uchun
MA’RUZALAR MATNI
Toshkent – 2017
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENTAVTOMOBIL YO‘LLARINI LOYIHALASH, QURILISH VA
EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI
“Transport logistikasi” kafedrasi
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari prorektori v.b.
______________S.Niyazbekov
“____”_______ 2017 y.
“TRANSPORTDA ORTISH-TUSHIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
5620100-“Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi”
yo‘nalishi bakalavriatura talabalari uchun
Toshkent – 2017
3
Ma’ruzalar matni TAYLQEI ilmiy-uslubiy kengashining 2017- yil
“____”___________ dagi “___” – son majlis qarori bilan tasdiqlangan.
Ma’ruzalar matni TAYLQEI “Avtomobil transporti va transport tizimlari
ekspluatatsiyasi” fakulteti Ilmiy –uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2017-yil
“____”____________dagi _______-sonli bayonnoma).
Fakulteti dekani
Usmonov Z.T.
Ma’ruzalar matniTAYLQEI “Transport logistikasi” kafedrasida muhokama
qilingan va tavsiya qilingan 2017- yil “___”_____dagi “_____”-son bayonnoma.
Kafedra mudiri
G.A.Samatov
Tuzuvchilar:
k. o‘qituvchi: Xaqberdieva G. K.
Taqrizchi:
M. Darabov
4
KIRISH
Har qanday mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan
dasturni ro‘yobga chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab
chiqarishni texnik jihozdan qayta qurollantirish va kengaytirish, amaldagi ishlab
chiqarishdan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘jalik mexanizmini
takomillashtirish asosida ishlab chiqarish rivojlantirish va uning samaradorligini
oshirish eng zarur vazifadir.
Mamlakatimizning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlash uchun
iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom
ettirish va uni amalga oshirishning muhim ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim.
Yuksak darajada taraqqiy etgan hozirgi zamon transport jarayonisiz
rivojlangan jamiyat asosini yaratib bo‘lmaydi. Chunki transport har qanday
mamlakat ishlab chiqarish kuchlarning muhim tarkibiy qismidir. Bizning mustaqil
O‘zbekistonimizda ham transport alohida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va
rivojlantirish, iqtisodiy o‘sish va aholining turmush darajasini ko‘tarishning zaruriy
sharti sifatida, mamlakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishni
nazarda tutadi. I.A. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”(T.: “O‘zbekiston”, 2009.)
risolasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining 2017 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi
«Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish –
ustuvor maqsadimizdir» va 2016 yilning asosiy yakunlari va 2017 yilda
O‘zbekistonni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 yanvarda
bo‘lib o‘tgan majlisidagi «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir» ma’ruzalarida bu fikrlar to‘liq o‘z aksini
topgan.
Avtotransport korxonalarining rivojlanishi, hozirgi zamon texnikasi va
iqtisodiyotining taraqqiyoti mutaxassislar faoliyati doirasini kengaytiradi, qabul
qilinadigan qarorlarni asoslashga va ularning iqtisodiy, ijtimoiy va texnik
oqibatlarini baholashga bo‘lgan talablarni oshiradi. «Transport vositalarini ishlatish
va ta’mirlash» yo‘nalishidagi bakalavrlar keng qamrovli mutaxassis bo‘lmoqdalar.
Bu yo‘nalish,avtomobil transporti sohasida mutaxassislarni tayyorlashda
etakchilaridan biridir.
Fanni o‘qitish O‘zbekistonda qabul qilingan avtomobil transportida yuk va
passajirlarni tashishni belgilovchi standart va me’yorlarga asoslangan. Uni
5
o‘qitishda ilmiy-tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda orttirilgan ko‘p yillik
tajribadan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil transportining
rivojlanishi va undan foydalanish masalalari hamda mamlakatimiz va chet ellar
tajribalari talabalarga o‘rgatiladi.
Avtotransport korxonalarida yuk va passajirlarni tashishni tashkil etishning
ilg‘or usul va vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad tayyorlanayotgan keng qamrovli mutaxassisga
avtomobillarda tashish va uni tashkil etish sohasida avtomobillardan yuqori
darajada foydalanish, ularning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari
haqida nazariy va amaliy bilimlar berish, unda fanga, o‘z kasbiga qiziqishni
orttirish kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |