Nazorat savollari:
1. Ortish-tushirish punktlari haqida tushuncha.
2. Avtomobil va avtopoezdlar ortish-tushirish fronti.
3. Pog‘onali joylashtirish.
22
4. Ortish-tushirish punktlarining o‘tkazish qobiliyati.
5. Postning o‘tkazish qobiliyati.
6. Punktning ish ritmi nima.
7. Avtomobilning harakat intervali.
23
4-mavzu: Ortish-tushirish mashinalari va qurilmalari haqida umumiy
ma’lumotlar. Ularning tasnifi
Reja:
1. Avtomobil transportda qo‘llaniladigan ortish-tushirish mashinalari.
2. Statsionar va ko‘chma mashinalar.
Tayanch so’z va iboralar: uzluksiz va uzlukli ishlaydigan mashinalar; tasmali,
plastinkali, qirg‘ichli konveyerlar; ko‘pcho‘michli pogruzchiklar;
statsionar, universal va maxsus mashinalar.
Avtomobillar transportida qo‘llaniladigan ortish-tushirish mashinalar
nomenklaturasi xilma-xil. Ularning texnik-ekspluatatsiya sifatlarini o‘rganish
uchun aynan shu ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflanadi. Texnik ko‘rsatkichlar
bo‘yicha tasniflash mashinalarni o‘rganish uchun, ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari
bo‘yicha tasniflash esa, mashinalarning qo‘llanishdagi hususiyatlarini to‘g‘ri
baholash va ortish-tushirish ishlarini mexaniziyalash sxemasini tanlash uchun
kerak.
Hamma ortish-tushirish mashinalarini texnik belgilari bo‘yicha ikki guruhga
ajratish mumkin: ishchi organi uzluksiz va uzlukli ishlaydigan (siklli) mashinalar.
Birinchi guruhga kirgan mashinalarning ishchi organi yukni qamrab-
bo‘shatishda to‘xtamaydi, uni bir emas surib boradi. Bular tasmali, plastinkali va
qirg‘ichli konveyerlar (transportyorlar), chig‘irlar, telferlar, mexanik lopatalar,
avtomobil tushirgichlar va sh.k.
Ikkinchi guruhga kirgan mashinalarni yukning guruhiga, ko‘chirish (tashish)
yo‘nalishiga va yurish uskunasi bor-yo‘qligiga qarab tasniflash mumkin.
Qayta ortiladigan yuklarning guruhiga qarab mashinalar quyidagi turlarga
ajratiladi: donali yuklar uchun (avtokranlar, avtopogruzchiklar, telferlar va boshq.);
ag‘darma yuklar uchun (ekskavatorlar, bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli
pogruzchiklar, har ortuvchilar, lavlagi ortuvchilar va boshq.); sochiluvchan
(to‘kiluvchan); yuklar uchun (don ortuvchilar, qayta ortuvchilar va boshq.); donali
va ag‘darma yuklar uchun (avtopogruzchiklar, avtokranlar va boshq.). Bu
mashinalar o‘z vazifasiga ko‘ra, yuk qamrovchi moslamalar ishtirokida ishlaydi
(panshaxa, strela, cho‘mich, greyfer).
YUkning surilish yo‘nalishida ko‘ra mashinalar va qurilmalar to‘rt guruhga
bo‘linadi: yukni gorizontal surish uchun (mexanik ko‘riklar); yukni vertikal surish
uchun (bunkerlar); yukni qiyalatib surish uchun (don ortuvchilar, transporterlar,
ko‘pcho‘michli pogruzchiklar); vertikal va gorizontal (qurama) surish uchun
(kranlar, avtopogruzchiklar va boshq.). Ortish-tushirish mashinalarining aksari
to‘rtinchi guruhga kiradi.
Bir punktdan boshqasiga ko‘chib o‘tish uchun yurish uskunasiga qarab,
hamma mashinalar ikki guruhga tasniflanishi mumkin: statsionar va ko‘chma.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |