37
pogruzchiklar). Ular yukni faqat qamrab olmasdan, bir joydan boshqa joyga
ko‘chiradi ham.
Greyfer
ag‘darma yuklarni ortish-tushirish operatsiyalarida ishlatiladi.
Greyferlar konstruksiyasiga ko‘ra to‘kiluvchan va mayda bo‘lakli yuklarni
qamrash va ko‘chirishga (ko‘mir, koj, ruda, chaqiq tosh,
mayda tosh, qum, tuz va
boshqa) ham, yirik bo‘lakli yuklarga (tosh va boshqa) ham ishlatiladi. Greyferni
kranlarga, avtopogruzchiklarga va boshqa xil pogruzchiklarga almashinuvchi yuk
qamragich sifatida o‘rnatiladi va davriy ishlaydigan ishchi organ sifatida ishlaydi.
Greyferlarning cho‘michlari ikki yoki bir nechta jag‘-tavahalar ko‘rinishida
ishlatiladi. Ko‘ptavaqali yoki ko‘p jag‘li greyferlar,
poliplar deb ataldi, yirik
bo‘lakli yuklar uchun ishlatiladi. Poliklar hajmi 0,5...2,25 m
3
.
8-rasm. Ikki kanatli greyferning ishlash sxemasi.
Jag‘larning yopilish mexanizmiga ko‘ra greyferlar kanatli (bir-, ikki- va to‘rt
kanatli) va motorli (elektrik, gidravlik yoki elektrogidravlik yuritmali) bo‘ladi.
Bir kanatli greyferlar hajmi 0,1...1,2m
3
, ikki va to‘rt kanatliniki 0,35...2,5m
3
.
Motorli greyferlar 0,5...2m
3
hajmda chiqariladi. Greyferlarning o‘z og‘irligi, yuk
ko‘tarish qobiliyatiga qarab 150...2800 kg bo‘ladi.
Bir kanatli greyfer yuk ustiga jag‘i ochilgan holatda tashlanadi. Ikkala jag‘ni
bog‘lab turgan kanat tortilganda greyfer yopilib, yukni qamrab oladi. YOpilgan
jag‘lar ilgak bilan muhim qilinadi. Bu greyfer ma’lum bir balandlikda, kran
strelkasidagi maxsus xalqa ilgakli bo‘shatganda ochilib ketadi va yuk to‘kiladi.
Ikki va tshrt kanatli greyferlarning tavaqalari
istalgan balandlikda ochilib,
yukni to‘kishi mumkin. Buning uchun yuk ko‘taruvchi mashinaga maxsus chig‘ir
o‘rnatiladi. Ikki kanatli greyferlarda bitta kanat greyferni ko‘tarish va tushirishga,
ikkinchisi – tavaqalarni ochib-yopishga xizmat qiladi (12-rasm). Jag‘lari ochilgan
38
greyfer yuk qismi ustiga tashlanidi (12a-rasm), shundan keyin chig‘ir ishlatiladi, u
kanatli tortganda jag‘lar yopiladi va yopilayotib yukni qamrab oladi (12b-rasm),
greyfer yuk bilan to‘ladi. Chig‘ir barabaniga kanat o‘ralganda greyfer ko‘tariladi.
Bu holatda ikkala kanat taranglangan holatda bo‘ladi (12v-rasm). Jag‘larni ochish
va yopishga xizmat qiladigan kanat chig‘irdan echilayotganda jag‘lar o‘z og‘irligi
bilan ochilib greyfer yukni tashlaydi. (8g-rasm).
Motorli greyfening jag‘lari elektrodvigatel bilan ochilib-yopiladi.
Elektrodvigatel greyferning bosh qismiga yoki traversaga o‘rantiladi. Bunday
greyferlarni har qanday kranning ilgagiga ilish mumkin.
Har qanday balandlikda
yukni qisman bo‘shatish mumkin.
To‘qma yuklar uchun qamrovchi qurilma sifatida qirg‘ichli konveyerlar,
diskli ta’minlagichlar, shneklar, sidirib oluvchi panjalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: