27
Qishloq xo‘jalik yuklarini bunker orqali yuklashda, splas massani
kombayndan yuklashda sement, un va boshqacha yuklarni tashuvchi sisternalarga
yuk ortish va tushirishda turli xil yuklar uchun mo‘ljallangan vaqt me’yorlari
olinadi (1-jadval);
kombayndan don yuklashda, bortli avtomobillardagi yukni
skrebonlar, to‘rlar yoki shunga o‘xshash vositalar bilan tushirishda to‘kiluvchi
yuklar uchun belgilangan vaqt me’yorlaridan foydalaniladi.
Avtomobil samosvallar to‘kiluvchi yuklarni, jumladan, qovushqoq va yarim
qovushqoqlarini ishbay ta’rif bo‘yicha tashiganida ortish va tushirishda turish vaqti
me’yorlari (minutlarda): yuk ko‘tarishi 7 t gacha bo‘lsa (7t bilan birga) – 4;
7t....10t (bilan birga) – 6; >10-15t gacha (bilan birga) – 9; > 15-20t gacha (bilan
birga) – 14; > 20-24
boshqa yuklarni tashiganda, jumladan, qurilish uchun
qorishmalarda, bu me’yorlar 2-3 min.ga orttiriladi.
Samosval avtomobillar ochiq konlardan jinslarni va foydali qazilmalarni,
sanoat korxonalari va qurilishga oid yalpi, to‘kiluvchi
yuklarni tashiganda ortish-
tushirish ishlarining vaqt me’yorlari alohida ta’riflar bilan belgilangan. Ular
quyidagicha (minut):
Yuk ko‘tarish 3,5 t gacha (bilan birga) ortish-2,0 min, tushirish-1,0;
Yuk ko‘tarish 3,5 t dan 5 t gacha (bilan birga) ortish-2,0 min, tushirish-1,0;
Yuk ko‘tarish 5 t dan 10 t gacha (bilan birga) ortish-2,0 min, tushirish-1,0;
Yuk ko‘tarish 10 t dan 25 t gacha (bilan birga) ortish-2,0 min, tushirish-1,0;
Yuk ko‘tarish 25 t dan 30 t gacha (bilan birga) ortish-2,0 min, tushirish-1,0;
Yuk ko‘tarish 30 t dan 40 t gacha (bilan birga) ortish-2,0 min, tushirish-1,0;
Yuk ko‘tarish 40 t dan va undan yuqori (bilan birga) ortish-2,0 min,
tushirish-1,0;
Avtomobil sisternalar uchun suyuqlikni quyish va to‘kish vaqti me’yorlari
sisternaning to‘la hajmi uchun hisoblangan; bunda avtomobilning yuk
ko‘taruvchanligi, yukning toifasi (suyuq, quyuq, assenizatsiya) hisobga olinadi.
Masalan, avtomobilning yuk ko‘tarishi 1,5 t gacha bo‘lganda quyidagi me’yorlar
belgilangan: suyuq yuk uchun 7 min, qovushqoq yuk uchun – 10 min, asseizatsiya
uchun – 11 min, avtomobilning yuk ko‘tarishi 3; 4 va 5t dan katta bo‘lganda, bu
me’yorlar tegishlicha: 15; 19 va 23 min. bo‘ladi.
Avtomobilga brutto massasi 20 va 30t bo‘lgan yirik konteynerlarni ortish va
unda tushirishda turish vaqti me’yori 10 va 12 min belgilangan (har
bir operatsiya
uchun); brutto massasi 2,5...3 va 5t konteynerlar uchun 7 min (har bir
operatsiyaga), brutto massasi 0,63 va 1,25t bo‘lgan konteynerlar uchun – 4min
belgilangan. Konteynerlar avtomobildan tushirmay turib, qo‘l kuchi bilan yuklash
va bo‘shatish vaqt me’yori har qaysi brutto massa uchun belgilangan (konteynerlar
uchun): 20t bo‘lganda – birinchi konteyner uchun 82 min, keyingilari uchun – 70
min.dan; brutto massasi 2,5 va 3t konteynerlar uchun: birinchisiga -25 min, keyingi
har biriga – 20 min (bitta avtomobildagi konteynerlar uchun); brutto massasi 5t
bo‘lgan konteynerlar uchun – 31 va 25 min (tegishli tarzda) va 0,63t bo‘lgan
konteynerlar uchun – 10 va 7 min (tegishlicha).