Yuklarni sug'urta qilish - Sug'urta ob'ekti bo'lib, Sug'urta qildiruvchining yuklarni tashish va saqlash, ya'ni: yuk, fraxt, yukdan kutilayotgan foyda va boshqa yukka qo'yiladigan talablarning ta'minlanishi bilan bog'liq bo'gan mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
- Ushbu sug'urta turi bo'yicha
Ushbu sug'urta turi bo'yicha sug'urta hodisasi bo'lib quyidagilar hisoblanadi 1.Sug'urtalangan yukning yoki uning ma'lum bir qismining alohida kelishilgan holatlardan boshqa har qanday sabab bilan yo'qolishi, yetishmasligi va shikastlanishi (buzilishi)dan ko'riladigan zarar: yong'in yoki portlash; kemaning yoki barjaning sayozlikka o'tirib qolishi, qirg'oqqa chiqib qolishi, cho'kib ketishi yoki ag'darilib ketishi; havo kemasining halokatga uchrashi, yer usti transport vositasining to'ntarilib ketishi; transport vositasining har qanday tashqi predmet bilan to'qnashishi; transport vositasining bedarak yo'qolishi; yukni falokat sodir bo'lgan portga yoki halokat joyiga tushirish; zilzila, vulqon otilishi, yashin urishi, bo'ron, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlar. 2. Sug'urtalangan yukni yoki uning ma'lum bir qismini to'lqin yuvib ketishi va kemadan irg'itilishi, kema ichiga suv kirishi sababli yo'qolishi, yetishmasligi va shikastlanishi (buzilishi)dan ko'riladigan zarar. 3. Transport vositasiga ortish yoki undan tushirish paytida tushib ketishi oqibatida yukni butun joyini to'liq yo'qotishdan ko'riladigan zarar. - Sug'urta mukofoti sug'urta summasidan, sug'urta tariflaridan (sug'urta summasidan 12,0 % gacha bo'lgan miqdorda), Sug'urta qildiruvchi tomonidan tanlangan shartlar, sug'urta ob'ektining xususiyati, uni tashishning usul va hududidan kelib chiqib aniqlanadi.
- Sug'urta tovoni to'lovi sug'urta hodisasi fakti tasdiqlangach, ushbu fakt taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangach, hamda zarar miqdori aniqlangach, 15 (o'n besh) bank kuni davomida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda INGO-UZBEKISTAN biznes manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks dasturlarni va jismoniy shaxslar uchun keng sug‘urta mahsulotlarini o‘z ichiga olgan universal xizmatlar portfeliga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urtalovchilardan biridir. INGO-UZBEKISTAN” sug‘urta aktsiyadorlik jamiyatining INGO kompaniyalari (Rossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Avstriya, Shveytsariya, Belarus, Armaniston, Ukraina va boshqa mamlakatlardagi kompaniyalar)guruhiga kirishi Kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beradi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida professional ishtirokchilar uyushmasining teng huquqli a’zosi hisoblanadi INGO-UZBEKISTAN" SAJ majburiy va ixtiyoriy shaklda sug‘urtalash sohasida faoliyat olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining litsenziyasiga ega - Kompaniyaning ustav kapitali 3,5 million evroni tashkil etadi va "Ingosstrax" OSAJ (Rossiya) nomidan “Invest-Polis” YoAJ (Rossiya), "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK (O‘zbekiston) va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (O‘zbekiston) Kompaniyaning aktsiyadorlari hisoblanadi.
- Moliyaviy natijalarning ishonchliligi va barqarorligi, sug‘urta sohasidagi tobora ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirish istagi va qobiliyati mijozlarning Kompaniyaga bo‘lgan doimiy qiziqishini ta’minlab kelmoqda. “AHBOR-REYTING” reyting kompaniyasining reyting bahosi natijasida “INGO-UZBEKISTAN”SAJ milliy shkala bo‘yicha “uzA+” – o‘ta yuqori moliyaviy ishonchlilik to‘lov qobiliyati reytingini oldi.
INGO-UZBEKISTAN" YoAJ o‘z mijozlariga yangi qo‘shimcha xizmatlarni taklif etgan holda xizmat sifatini doimiy ravishda oshirib bormoqda. Bozorga yuqori texnologiyali korporativ va chakana sug‘urta dasturlari chiqarilmoqda, xodimlar muntazam o‘qitilmoqda. Sug‘urtalashning standart dasturlarini faol ravishda targ‘ib qilishdan tashqari, mutaxassislar har bir mijozning individual xususiyatlarini alohida inobatga olishga harakat qilishadi. INGO-UZBEKISTAN faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta xizmatlari (shaxsiy sug‘urta, mulkni sug‘urtalash, javobgarlikni sug‘urtalash, yo‘ldagi mulkni sug‘urtalash va boshqa sug‘urta turlari)ni amalga oshirishdir. - INGO-UZBEKISTAN" YoAJ o‘z mijozlariga yangi qo‘shimcha xizmatlarni taklif etgan holda xizmat sifatini doimiy ravishda oshirib bormoqda. Bozorga yuqori texnologiyali korporativ va chakana sug‘urta dasturlari chiqarilmoqda, xodimlar muntazam o‘qitilmoqda. Sug‘urtalashning standart dasturlarini faol ravishda targ‘ib qilishdan tashqari, mutaxassislar har bir mijozning individual xususiyatlarini alohida inobatga olishga harakat qilishadi. INGO-UZBEKISTAN faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta xizmatlari (shaxsiy sug‘urta, mulkni sug‘urtalash, javobgarlikni sug‘urtalash, yo‘ldagi mulkni sug‘urtalash va boshqa sug‘urta turlari)ni amalga oshirishdir.
INGO-Uzbekistan orqali yuklarni sug‘urta qilish (“Turksib Magistral” MChJ sug‘urta agenti) quyidagilarni kafolatlaydi: - Yukning shikastlanishidayetkazilgan zararni qoplashni;
- Yukning yo‘qolganida to‘liq kompensatsiyani;
- Yukning egasi tashish yoki saqlash paytida uning xavfsizligini to‘liq nazorat qila olmaganida.
-
- Asosiy xatarlar:
- Yuklarning to‘liq yo‘qolishi;
- Yukning qisman yo‘qolishi (yetishmasligi);
- Yuklarning barchasi yoki qisman shikastlanishi;
- Ushbu muammolar har qanday bosqichda - Xitoyda ham, yo‘nalish bo‘ylab ham yuzaga kelishi mumkin.
Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |