Transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish


Aylanuvchi strelali kranlarning turg‘unligini aniklash



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/74
Sana01.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#627331
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
Bog'liq
transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish

7.
Aylanuvchi strelali kranlarning turg‘unligini aniklash.
Aylanuvchi
strelali kranlar yuk bilan ishlaganida yoki yuksiz xolatda va strelasi yo‘l bo‘ylab
yoki yo‘lga ko‘ndalang xolatda joylashganida xam ag‘anab (to‘nkarilib) ketishdan
mustasno yoki boshkacha kilib aytganda turg‘un (ustoychiv
ы
y) bo‘lishi kerak.
Ko‘pchilik xarakatlanuvchi strelali kranlarning izlari ularning bazasidan kichik
bo‘ladi, shuning uchun bu kranlar strelasi bilan yo‘lga ko‘ndalang turib kolishi eng
xavfli deb e’tirof etiladi. Xarakatlanuvchi strelali kranlarning zaxira turg‘unlik
koeffitsienti kiymatlari va ularning aniklash uslubi Davlat texnika nazorati
muassasalarining koidalarida tartibga solinadi. Kranning turg‘unligi uning ishchi
xolatda yuk bilan (yukli turg‘unlik) va shuningdek, yuksiz xolatda (kranning
o‘zining turg‘unligi) tekshirib ko‘riladi.
V nuktaga (2.19-rasm, a) nisbatan olingan kayta tiklovchi momentni
ag‘daruvchi momentga nisbati yukli turg‘unlik koeffitsienti deb ataladi. Kran
strelasi maksimal kanotda, yo‘lga perpendikular xolatda turganida xamda yo‘lning
ko‘ndalang nishabligi va shamolning ta’siri esa kranning ag‘darib yuborishga
imkoniyat paydo etuvchi xolatdagi eng noxush kuchlar majmuyini (sochetanie)
nazarda tutib kranning yukli turg‘unligi tekshirib ko‘riladi. Kranning turg‘uniigini
oshiruvchi kamragichnini relsga ta’siri inobatga olinmaydi.
2.19-rasm. Aylanuvchi strelali kranning turg’unligini aniklash xisob chizmasi:
a - yukli kranni; b - yuksiz kranni.
YUkli turg‘unlik koeffitsienti kuyidagi formula orkali aniklanadi:
(2.27)
bu erda, - tiklovchi moment;
- ag‘daruvchi moment.


83
Ag‘daruvchi momentga shartli ravishda fakat kranning nominal yuk
ko‘tarish og‘irlik kuchi ag‘anash kirrasi (V nukta)ga nisbatan paydo etgan moment
kiritilgan:
(2.28)
bu erda, g‘- yuk massasi, t;
- erkin tushish tezlanishi, 2;
- kran strelasi kanoti, m;
- kran izi kengligini yarmi, m.
Tiklovchi moment kuyidagicha aniklanadi:
(2.29)
bu erda, - kran osti yo‘lining nishabligini inobatga olgan xolda kran va uning
kismlarini og‘irlik kuchi paydo etgan moment;
- kran mexanizmlarini ishga tushirish va to‘xtatish paytida xamda kranning
aylanishida markazdan ko‘chma kuch ta’sirida paydo bo‘luvchi kran kismlari va
yuk inersiyasi kuchlari momentning yig‘indisi;
- kranning ishchi xolatida shamol yuklamasi (bosimi) paydo etgan moment.
Xisob-kitoblarni soddalashtirish maksadida inersiya kuchlarini, shamol
bosimini va kran osti yo‘lining nishabligini inobatga olmasdan aylanuvchi strelali
kranning yukli turg‘unlik koeffitsientini kuyidagicha aniklash mumkin:
(2.30)
Bunda tiklovchi momentni kuyidagi formula orkali aniklash mumkin:
(2.31)
bu erda: - kranning massasi, t;
- kranning og‘irlik markazidan aylanish o‘kigacha bo‘lgan masofa, m:
Kranning o‘zini turg‘unligini hisoblash uchun (2.19-rasm,b)minimalstrela
qanotida, yuksiz xolatda, yo‘lning ko‘ndalang nishabligi va shamol bosimi kranni
ag‘darish tomoniga yo‘naltirilgan xolatdagi eng noxush kuchlar majmuyi kabul
kilinadi. Kranning o‘zining turg‘unligini aniklashda ko‘shimcha tayanch ta’siri
inobatga olinmaydi va kuyidagi formula orkali aniklanadi:
(2.32)
Bunda shartli ravishda ag‘daruvchi moment deb kranning ishsiz xolatida
ag‘darish kirrasi (A nukta)ga nisbstan shamol yuklamasi paydo etgan moment
kabul kilinadi:
(2.33)
bu erda: - shamol bosimi;
d - shamol bosimi ta’sirining elkasi (shamol bosimi markazidan perpendikulyar
bo‘yicha ag‘anash kirrasigacha bo‘lgan masofa), m.
(2.34)
bu erda: - kranning shamol ta’sir kiluvchi maydoni, m2;
- shamolning bosimi, kN/m2.


84
Kranning ishlayotgan klimatik zonasi no‘malum bo‘lganida [P]=700 kN/m2
deb kabul kilinadi. Tiklovchi moment kuyidagicha aniklanadi:
(2.35)
bu erda: a - kran osti yo‘lining ko‘ndalang nishablik joizligi, (a = 0,002+0,003 -
temir yo‘l kranlari uchun; a = 0,003+0,005-avtomobil kranlar uchun);
x - perpendikulyar bo‘yicha kranning og‘irlik markazidan ag‘anash kirrasigacha
bo‘lgan masofa, m.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish