87
g‘altaklari o‘rtasida osilib kolishini cheklash xamda
ekspluatatsiya jarayonida
tasma cho‘zilishini kompensatsiya kilish uchun ko‘llaniladi.
Vintli taranglovchi moslama taranglovchi vint yordamida ramada xarakat
kiluvchi sirg‘algich (polzun) (4) li taranglovchi baraban (2) dan va taranglovchi
rama (3) dan iborat. Vintli taranglovchi moslama
tasmada amalida kerakli
taranglikni xosil kilsada, lekin ekspluatatsiya jarayonida tasmani cho‘zilishi bois
bu taranglik kamayib ketadi. Bu vintli moslamada tasmani tarang kilish uchun
darkor bo‘lgan dastlabki zo‘rayish, konveyerni ishga tushirish uchun kerak bo‘lgan
taranglikdan ancha katta bo‘lib tasmani doimiy tarang tortib turadi. SHuning uchun
vintli
taranglovchi moslama asosan, zo‘rayish kiymati kamrok bo‘lgan
konveyerlarda ishlatiladi.
YUkli taranglovchi moslamalarda (3.2-rasm, b) taranglovchi barabanli
aravacha xarakatlanishi va buning okibatida tasmani taranglash,
aravachaga va
konveyer ramasiga o‘rnatilgan bloklar orkali aylanib o‘tuvchi arkonga osib
ko‘yilgan yuk yordamida, amalga oshiriladi. Taranglovchi aravachani yurish
masofasi rezina matoli tasmalar uchun konveyerning 1- 3 % uzunligiga (lekin 400
mm kam emas) va rezina trosli tasmalar uchun esa konveyerning 0,3-0,5 %
uzunligiga teng kilib kabul kilinadi.
Vintli taranglovchi moslamalar xarakatlanadigan, ko‘chma
xamda uzunligi
30-50 m bo‘lgan mukim konveyerlarda ko‘llaniladi va vakti-vakti bilan tasmaning
taranglik xolati kuzatib turiladi xamda zarur xolatlarda tasmani tortib taranglab
ko‘yish lozim bo‘ladi. YUkli taranglovchi moslamalar
uzunligi xaddan ziyod katta
bo‘lgan mukim konveyerlarda ko‘llaniladi va ularda tasma taranglik xolatini
kuzatib turishga xamda uni vakti-vakti bilan tortib taranglab ko‘yishga xojat
kolmaydi, bu ishlarni arkonga osib ko‘yilgan yuk avtomatik tartibda va doimiy
ta’minlab turadi.
YUrituvchi va taranglovchi barabanlar o‘rtasidagi
muayyan masofalarda,
ramaga tayanch g‘altaklari o‘rnatiladi. Bu g‘altaklar tasmani konveyerning ishchi
tarmog‘ida yukning va salt (xolostoy) tarmog‘ida o‘zining og‘irligi ta’sirida osilib
kolmasligini ta’minlash uchun ko‘tarib turadi. Konveyerning ishchi tarmog‘idagi
tayanch (g‘altak)larning (3.1-rasm, A-A kirkim) uzunliklari teng bo‘lgan uch
bo‘lak g‘altaklardan iborat va ular konveyer tasmasini nov shakliga keltirib
ko‘yadi, bu esa tasmaga ko‘prok sochiluvchan-to‘kiluvchan
yuklami joylashtirish
imkoniyatini yaratadi. YOnbosh tayanch g‘altaklarning kiyalik burchagi 20-30 ni
tashkil etadi. Konveyerning salt tarmog‘idagi tasmani ko‘tarib turuvchi tayanch
g‘altaklari to‘g‘ri tekis bo‘ladi. Tayanch g‘altaklarining tashki diametri 63; 89;
108; 133; 159; va 194 mm, uzunligi esa 160; 200; 250; 315; 380; 465; 500; 600-
^2200 mm li o‘lchamlarda ishlab chikariladi.