3.10-rasm. Kovshli elevatorlar chizmasi:
a-kovshlari ajratib joylashtirilgan tasmali elevator; b-kovshlari ajralib joylashtirilgan zanjirli elevator; d-
kovshlari tig‘iz joylashtirilgan zanjirli elevator; e-kiya o‘rnatilgan elevator. 1-yurituvchi baraban
(yulduzcha); 2-tasma (zanjir); 3-kovsh; 4-taranglovchi baraban (yulduzcha); 5-zanjirni kiyalatuvchi
yulduzcha.
Elevatorlarda (3.11-rasm) kovsh yuk bilan barabanga etib kelgunigacha
to‘g‘ri chizik bo‘ylab tikkaga xarakatlanadi, yukka esa fakat og‘irlik kuchi m-g
ta’sir etadi xolos. Kovsh yuk bilan barabanga etib kelganida burila (aylana)
boshlaydi va yukka og‘irlik kuchi m-g dan tashkari kuyidagi markazdan kochma P
kuchi xam ta’sir eta boshlaydi:
(3.18)
bu erda: m - yuk massasi, kg;
- kovshni tezligi, m /s;
- baraban markazidan yukni og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofa, m.
Bu og‘irlik m-g kuchini markazdan kochma P kuchi bilan geometrik qo‘shib
teng ta’sir kiluvchi R kuchini topish mumkin, kaysiki bu R kuchi kovsh baraban
atrofida xarakatlanganida (aylanganida) xam kiymati bo‘yicha va yo‘nalishi
bo‘yicha o‘zgarib boradi. R kuchini ta’sir kilish chizig‘ini barabanning vertikal
o‘ki bilan kesishgungacha davom ettirsak xar doim, kutb deb atalmish, bir nukta S
ni topamiz. Barabanning o‘kidan bu kutb S nuqtasigacha bo‘lgan i masofa qutb
masofasi deb ataladi.
OATS va RAP o‘xshash uchburchaklaridan quyidagini topamiz:
(3.19)
OTS k ? va OA k r ekanligini inobatga olinsa
(3.20) ga ega bo‘lamiz:
(3.21)
ekanligi inobatga olinsa:
(3.22)
u erda, n - barabanning aylanish chastotasi, ayl /dak.
100
3.11-rasm. Kovshdan yukni to‘kilib tushish chizmasi.
Binobarin, kutb masofasi l faqat barabanning aylanishlar soniga bog‘lik
bo‘lib, uni o‘zgarishi kutb masofasini kamayishiga yoki ko‘payishiga sabab
bo‘ladi. Kutb masofasi baraban aylanasi radiusiga teng yoki undan kichik
bo‘lganida markazdan kochma R kuchning kiymati kovshdagi yukni og‘irlik m-g
kuchidan anchagina katta bo‘ladi R m-g, shu sababli kovsh barabanning vertikal
o‘kidan muayyan bir burchakka og‘ganida yuk markazdan kochma R kuch
ta’sirida kovshdan uloktirilib novga to‘kiladi. qutb masofasi kovshning tashqi
qirrasidan o‘tgan aylana radiusidan katta bo‘lganida kovshdagi yukni og’irlik m-g
kuchi uni markazdan kochma R kuchidan katta bo‘ladi m-g>R, shuning uchun
kovsh to‘ntarila boshlaganida yukning o‘zi erkin to‘kila boshlaydi. Kutb masofasi
baraban radiusidan katta, ammo kovshning tashki kirrasidan o‘tgan aylana
radiusidan kichik bo‘lganida kovshning aralash bo‘shashi, ya’ni yukni kovshdan
uloktirilishi va o‘zini erkin to‘kilishi sodir bo‘ladi. Kovshdagi yuk markazdan
kochma R kuch ta’sirida to‘kilganida, kovsh xarakat doirasi tashkarisida
joylashgan novga kelib tushadi. Kovshdagi yuk o‘zi erkin to‘kilgamda yoki aralash
to‘kilganida, novni kovshning xarakat doirasi ichkarisiga, ya’ni to‘kilayotgan
kovsh ostiga joylashtirish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa tortuvchi zanjimi
kiyalatuvchi yulduzcha 5 (3.10-rasm, b) o‘rnatiladi va nov yuk to‘klayotgan kovsh
ostiga joylashtiriladi, aks xolda kovshdan to‘kilayotgan yuk yana kaytib elevator
ostidagi boshmokka kelib tushadi. SHuningdek, kovshdan to‘kilayotgan yuk pastga
tushib ketmasligi uchun tortuvchi zanjirlarga kovshlar tig‘iz joylashtiriladi (3.10-
rasm, d), bunda oldingi kovshni bortchali devorlari keyingi kovshdan to‘kilayotgan
yuk uchun yo‘naltiruvchi nov bo‘lib xizmat kiladi yoki elevator kiya o‘rnatiladi.
Donali yuklar uchun elevatorlarning konstruksiyasi kovshli elevatorlarni
konstruksiyasiga o‘xshash bo‘ladi. Fakat zanjirga kovshning o‘rniga yukni turiga
va shakliga mos keladigan maxsus ilgaklar yoki boshka aloxida moslamalar
o‘rnatiladi. Silindr shaklidagi (bochka, rulon) yuklar uchun ilgaklardan (3.12-rasm,
a), yashik, korobka va kopdagi yuklar uchun esa tekis polkalardan (3.12-rasm, b)
yoki kajavalardan (3.12-rasm, d) foydalaniladi.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |