Bog'liq transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish
2.17-rasm. Sochiluvchan va to‘kuluvchan yuklar bilan greyfeming ishlash chizmasi: a-ikki arkonli greyfer: 1-greyfer jag‘lari; 2-jag‘lari birlashtiruvchi ostki sharnir; 3-tortkich (tyaga); 4-
yukori xalka; 5-greyfer jag‘larini yopuvchi arkon; 6-yuk ko‘tarish arkoni; 7-yuk ko‘tarish barabani; 8-
greyfer barabani. b-bir arkonli greyfer: 1-xalka; 2-yukori traversa; 3-yuk ko‘tarish arkoni; 4-tortkich; 5-
greyfer jag‘lari; 6-traversa; 7-kulf ilmoklari; 8-kallakcha.
Yopuvchi arkon (5) baraban (8) ga o‘rala boshlaganida greyfer jag‘lari yuk uyumi
ichiga botirilib kira boshlaydi. Jag‘lar berkilgandan so‘ng yuk ko‘taruvchi arkonni
xam baraban (7) ga o‘rash boshlanadi va ikkala arkon barobariga yukoriga xarakati
natijasida greyfer jag‘lari yopik xolatda yukoriga ko‘tarila boshlaydi. Greyfer
yukni to‘kish joyiga eltgandan so‘ng yuk ko‘tarish arkoni (6) da uni ko‘tarib turib,
arkon (5) bo‘shatilganida greyferning o‘zini va yukni og‘irligi ta’sirida jag‘lar
ochiladi va yuk greyferdan to‘kiladi. 2.17- rasm, a da jag‘lar ochilishida,
yopilishida va greyferni ko‘tarishda arkonlar xarakati strelkalar bilan ko‘rsatilgan.
Bir arkonli greyferlarda ko‘tarish va jag‘larni yopish bitta yuk ko‘tarish
arkonida amalga oshiriladi. Bir arkonli greyferlar kranlarga xam ilgaklarda va xam
greyferlarda tez almashinib ishlash imkoniyatini yaratadi. Bir arkonli greyferlarda
(2.17-rasm, b) yuk ko‘tarish arkoni (3) yukori travers (2) va ostki kallakcha (8)
polispast bloklari orkali o‘tgan. Maxsus kulf (7) greyferni jag‘larini yopik xolatda
ushlab turadi. Greyfer jag‘lari bir-biri bilan ostki traversa (6) da sharnirli
birlashtirilgan. Tortkich (tyaga) (4) orkali esa jag‘ (5) lar yukori traversa (2) ga
xam sharnirli birlashtirilgan. YUkni botirib olish paytida kallakcha (8) va traversa
(6) kulf (7) ning ilmoklari yordamida o‘zaro birlashib turadilar. Kran greyferni
xalka (1) orkali tepaga ko‘targanida yukori traversa (2) va kallakcha (8) bir-biriga
yakinlasha boshlaydi. Bunda greyfer jag‘lari travers 6 dagi o‘z sharnirlarida burilib
(aylanib) yuk uyumi ichiga kira boshlaydi va greyfer yuk bilan topadi. Jag‘lar
yopilganidan so‘ng greyferni kran tepaga ko‘tarib yuk tushurish joyiga eltadi va
greyfer yuk (tayanch) ustiga tushirilganida kulf ilmoklari (7) ochiladi, kallakcha
(8) esa ostki traversa (6) dan ajraladi. Kran xalka (1) ni tepaga ko‘tara
boshlaganida yukori traversa (2)ni xam birga ko‘taradi. YUkori traversaga sharnirli
birlashtirilgan tortkich (4) esa greyfer jag‘lari (5)ni ocha boshlaydi va uni yukdan
bo‘shatadi.
YAngidan yukni botrib olish uchun jag‘lari ochik greyfer yuk uyumi ustiga
tushiriladi, kallakcha 8 ostki traversa 6 ga kulf ilmoklari yordamida birlashtiriladi.
Ortish-tushirish ishlarida boshka turdagi greyferlar: elektrogidravlik
greyferlar va titratuvchi elektrogidravlik greyferlar xam ko‘llaniladi.
Elektrogidravlik greyferlarda jag‘larni ochish va yopish gidravlik silindrlar
yordamida, greyferni ko‘tarish- tushurish esa kranning yuk ko‘tarish mexanizmi
yordamida amalga oshiriladi. Titratuvchi elektrogidravlik greyferlarda jag‘larni
ochish va yopish gidravlik silindrlar yordamida amalga oshiriladi. Katta bo‘lakli
og‘ir, kotib yoki engil muzlagan yuk uyumi ichiga jag‘larni botishini osonlashtirish
uchun jag‘larga elektr titratgich o‘rnatilgan.