Transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish


Ko‘prikli kranlarning tuzilishi va vazifasi



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana01.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#627331
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish

2.
Ko‘prikli kranlarning tuzilishi va vazifasi.
Ko‘prikli kran (2.9-
rasm) asosiy kismlari: ko‘prik (1); ko‘prikni yurgizuvchi g‘ildiraklar (2); yuk
ko‘tarish aravachasi (3); chetki ko‘ndalang to‘sinchalar (4); maxsus maydoncha
(5); ko‘prikni xarakatlantiruvchi mexanizm (6); rels (7); boshkarish kabinasi (8);
yuk ko‘tarish mexanizmi (9); yuk ko‘tarish aravachasini xarakatlantiruvchi
mexanizm (10); estakada (11); ilgak (12); trolley (13); egiluvchan kabel (14) dan
iborat.


67
Ko‘prik ikkita boshqachapoq to‘sin (balka) dan iborat bo‘lib, ular chetki
ko‘ndalang to‘sinchalar yordamida bir-biriga bikir maxkamlab ko‘yilgan. Bosh
ko‘tarma to‘sinlar to‘rt burchakli (korobka) kesimda, po‘lat listdan payvandlab
yasalgan va vaznini engillashtirish maksadida undan maxsus o‘ymalar kirkib
olingan. Lekin keyingi paytlarda ko‘shtavrlardan xam bosh ko‘tarma to‘sinlar
yasalmokda. Bosh ko‘chatga to‘sinlarga, ko‘prikni xarakatlantiruvchi mexanizm
joylashtirish uchun va yuk ko‘tarish aravachasida joylashgan mexa nizm, asbob-
uskunalami moylash, ko‘rikdan o‘tkazish xamda ta’mirlash uchun maxsus
maydonchalar kronshteynerlar yordamida maxkamlab ko‘yilgan. SHuningdek,
bosh ko‘tarma to‘singa boshkarish kabinasi, yumshok kabel. kurilmasi va trolley
xam joylashtirilgan.
Bosh ko‘chaga to‘sinlar ustiga o‘rnatilgan relslarda yuk ko‘tarish
aravachasi o‘ng va chap tomonlarga xarakatlanadi. YUk ko‘tarish aravachasining
ramasiga yuk ko‘tarish va aravachani xarakatlantiruvchi mexanizmlar o‘matilgan.
YUk ko‘tarish mexanizmi elektr dvigateldan, yuk (val)ga o‘rnatilgan tishli
muftadan, elektr magnilli tonnoz (to‘xtatgich)dan reduktordan va po‘lat arkon
o‘raydigan barabandan iborat. YUk ko‘tarish mexanizimning reduktori elektr
dvigateldan aylanishlarni (aylanma xarakatlarni) o‘k va mufta orkali oladi va ulami
kamaytirib barabanga uzatadi. Po‘lat arkonni o‘matish uchun barabanda o‘ng va
chap o‘ram (chukurcha) izlar mavjud bo‘lib, bu esa o‘z navbatida, yukni
ko‘targanida va tushirganida gorizontal siljishni istisno etadi.
YUk ko‘tarishi 101 va undan ortik bo‘lgan kranlarda ikkita: bosh va
yordamchi yuk ko‘tarish mexanizmlari bo‘lib, vazni og‘ir yuklarni bosh yuk
ko‘tarish mexanizmi past (kam) tezliklarda yukoriga ko‘taradi va pastga tushiradi,
vazni engil bo‘lgan yuklami esa yordamchi yuk ko‘tarish mexanizmi kattarok
tezliklarda yukoriga ko‘taradi va pastga tushiradi.
Agar kran ochik maydonda ishlasa, shu maydonning ikki cheti bo‘ylab
kurilgan estakada to‘sinlari ustiga o‘rnatilgan relslarda xarakatlanadi. Agar kran
yopik ombor ichida ishlasa, bino devorlaridan chikib turadigan kronshteyn
to‘sinlari ustiga o‘rnatilgan relslarda xarakatlanadi. Ko‘prikli kranni
xarakatlantiruvchi mexanizm elektr dvigateldan, o‘kga o‘rnatilgan muftadan, elektr
magnitli tormozdan va elektr dvigatel aylanma xarakatini chetki ko‘ndalang
to‘sinchaga o‘rnatilgan yurgizuvchi g‘ildirakka kamaytirib uzatib beruvchi
reduktordan iborat.
Greyferli ko‘prikli kranlar odatdagi kranlaridan yuk ko‘tarish aravachasining
tuzilishidan fark kiladi. Greyfer bilan ishlaydigan aravachada ikkita po‘lat arkon
o‘rnaydigan baraban bo‘lib biri greyferni ko‘tarish va tushirish. uchun ishlatilsa,
ikkinchi greyfer jag‘larini ochish va yopish uchun ishlatiladi va xar bir baraban
o‘zining aloxida elektr dvigateliga ega bo‘ladi.
Magnitli ko‘prik kranlar odatdagi ko‘prikli krandan og‘ir konstruksiyasi va
elektr magnit plitani ishlatish uchun zarur jixozlari bilan ajralib turadi. Elektr


68
magnit plita yuk ko‘tarish aravachasining ilgagiga ilib ko‘yiladi. Elektr dvigatel va
generatordan iborat magnit stansiya esa ko‘prikning maxsus maydonchasiga
o‘rnatiladi. Magnit stansiya o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradi
va bu o‘zgarmas tok elektr magnit plitani ishlashi uchun zarur bo‘ladi.
Ko‘prik kranlarning asosiy kamchiliklaridan biri shuki, kran ishlaydigan
maydonning xamma bo‘yi barobar, katta mablag‘ talab kiladigan, estakada
inshoatlarni kurish lozim bo‘ladi.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish