№1-2-
labaratoriya ishi
Rels zanjirining qurilmalarini o’rganish
1. Ishning maqsadi
Rels zanjirlarinining konstruksiyasini va jixozlarini tasir qilish tamoyilini o’rganish.
2. Umumiy malumotlar
Rels zanjirini (RZ) elektr zanjiri bo’lib, yo’l qurilmasining ustki qismidagi rels iplari uning o’tkazgichi
hisoblanadi.RZ uzluksiz va yo’l datchigi bo’lib, peregonda stansiyada va saralash tepaliklarida
qo’llaniladi. RZ yordamida harakat tarkibi va qurilmalar, hamda poyezd harakatini rostlovchilar va ularni
havsizligini taminlovchilar o’rtasida uzliksiz aloqa o’rnatiladi. RZ tuzilishi (konstruksiyasi jihatidan)
jihatidan rels liniyalari, taminlovchi va releli oxiriga ulangan jixozlardan iborat. Taminot va releli
oxirlarining jihozlari har bir konkret turi uchun aloxida bo’lib, rels liniyasi hamma RZ turiga umumiy
bo’ladi. Tutashma ulagichlari tutashma elektr qarshiligini kamaytirish va mo’tadillashtirish
uchun
o’rnatiladi. Strelka ulagichlari strelka o’tkazgichning turli xil elementlarini ulash uchun o’rnatiladi.
Izolyatsiyolovchi tutashmalar qo’shni zanjir o’rtasida ishonchli elektrik izolyatsiyani taminlaydi. ПЧ-
chastota o’zgartgichi,ПЧ50/25 25Gs li RZ ni taminlashuchun, 50Gs lio’zgaruvchan tokni o’zgaruvchan
25Gs li signal tokiga o’zgartirib beradi. Elektromagnit o’zgartgichlarning turlari: ПЧ50/25 rels zanjirini
taminoti uchun 50 Gs li o’zgaruvchan tokni 25 Gs li o’zgaruvchan signal toki ПЧ50/25-100УЗ ПЧ50/25-
150УЗ, ПЧ50/25-300Уз, ПЧ50/25-40УЗ. Bu yerda 100,150,300,40 sonlari chiqishdagi quvvat miqdorini
bildiradi. 50 Gs li fazasezgir ДСШ tipli yo’l relsining mahalliy elementlariga beriladigan kuchlanish
darajasi foizli tartibda bo’lishiga qattiq talablar qo’yiladi, unda mahalliy elementlarning qabul qilgichlarni
ta’minoti uchun faqat ПЧ50/25-300УЗ, ПЧ50/25-40УЗ tipli o’zgartgichlarni ishlatish mumkin. Chastota
o’zgatrtgichalri mo’tadillashtirish hususiyatga ega bo’lib, tarmoqda kuchlanish tebranishi 20%
bo’laganda, uning chiqishida kuchlaninsh atiga 5% ga o’zgaradi. Agar yuklanish toki nominal tokidan
katta bo’lsa, unda chastota o’zgartirilsihi to’xtatiladi. Chastota o’zgartgichning ishlash tamoyili, induktiv
va sig’imli konturda tebranishni parametrik to’lqinlanish hodisasiga asoslangandir. Bu xodisaning manosi
quyidagicha: agar induktiv yoki sig’imli tebranish konturlaridan biror bir parametri majburiy o’zgartirilsa,
unda konturning chastotasiga yaqin bo’lgan so’nmaydigan tebranishlar vujudga keladi va ularni
rag’batlantirib turiladi.
Ro – rostlanilmaydigan rezistor bo’lib, RZ taminlovchi oxirida harakat tarkibining g’ildirak jufti turganda
RZ ning shuntli effektini ta’minlaydi va taminot manbaini qisqa tutashuvdan asraydi.
Rels zanjirida
shuntli effekt asosan cheklovchi Ro rezistor hisoboga amalga oshiriladi. Agar Ro bo’lmaganda va taminot
manbaida katta quvvat bo’lganda, unda poyezdli shunt tasirida manbaning faqat toki oshardi. Ammo
relsda kuchlanish o’zgarmasdan qolib, (demak, yo’l relsining ulagichlarida ham) rele to’lqinlangan holda
qolishi mumkin bo’ladi, yani RZ ga poyezd kirib kelganda yo’l relasi uni sezmasdi.
Shunday qilib, cheklovchi resistor, RZ da “shuntli effekt” ni taminlash maqsadida qo’llanilar ekan. Bu
bilan birga, poyezd taminlovchi
oxiririda turganda, manbani buzilishlari kamayadi. O’zgarmas tokli rels zanjirlarida cheklagich rezistori
Ro, RZ ni rostlash uchun ham ishlatiladi. RZ da Ro bo’lishi shart. O’zgaruvchan tok rels zanjirlarida Ro
rezistor o’rniga (induktivli qarshilik) reaktor yoki kondensator (sig’imli qarshiligi) qo’llash mumkin. T-
transmitterli relening kontakti orqali rels liniyasiga КПТШ-515 va КПТШ-717 transmitterdan КЖ-Ж-З
kodlar translyatsiya (uzatiladi) qilinadi.
R
и
, С
и
- uchqun so’ndiruvchi kontur bo’lib, T rele konturini
erroziyasi (uchqunlar hisobiga yemirilish) dan himoyalaydi; P- razyadlovchi, ABM-1
avtomatik
o’chirgich – o’zgaruvchan tok tarmoq kontaktida vujudga keluvchi qisqa tutashuv natijasida vujudga
keluvchi kommutatsion o’takuchlanishlardan rels zanjirining jixozlarini himoya qiladi. ИТ-
izolyatsiyalovchi transformator. Taminlovchi va releli oxiridagi qurilmalarning nisbiy yuqori qarshiligi
bilan rels liniyasining kirishidagi kichik qarshiligi bilan moslashtiradi. Transformator rels zanjirini
taminot manbai va kodlashda, moslashtirish va elementlarni izolyatsiyalash sifatida qo’llaniladi. Rels
zanjirini taminlovchi transformatorni, yo’l transformatori deb ham aytiladi.
Rels zanjirida quyidagi
turdagi transformatorlar qo’llanilad:
ПОБС, П -yo’l, О – bir fazaviy, Б- o’zakli zixrli, С- quruq yani tabiiy havo bilan sovutiladi. ПРТ-25- yo’l
relesi, ПТ -yo’l. ПОБС transformatorlari 50 Gs li chastota signal tokida ishlaydi, ПРТ va ПТ 25Гц li
chastota signal tokida ishlaydi. Foydalanishda ПОБС transformatorlarining quyidagi turlari mavjud:
ПОБС-2, ПОБС-2АУЗ, ПОБС-АУЗ, ПОБС-5, ПОБС-5АУЗ. Bu yerda A- harfi transformator
konstruksiyasining ko’rinishining o’zgarishini, У- harfi, har qanday ob-xavodan qo’llanishini bildiradi.
З-joylash kategoriyasi.
Drossel - transformatorlar bir rels zanjiridan qo’shni rels zanjiriga teskari tortqi tokini izolyatsiya
tutashmalardan aylanib oqib o’tishga mo’ljallangan.Ular bir vaqtning o’zida RZ ning taminlovchi oxirida,
rels liniyasiga o’zgaruvchan signal tokini uzatish uchun, transformator sifatida hamda releli oxirida signal
tokini relsdan qabul qilish va rels zanjirining taminoti va releli oxiridagi qurilmalarning
yuqori qarshiligi
bilan rels liniyasining kichik kirish qarshiligini moslashtirishda ishlatiladi. Drossel transformatorlar elektr
tortqi mavjud bo’lgan uchastkalarda qo’llaniladi. O’zgarmas tokli elektr tortqi uchastkalarida ДТ-0,2-500;
ДТ-0,2-1000; ДТ-0,6-500М va boshqa tipli havo tirqishli drossel – transformatorlar qo’llaniladi.
O’zgaruvchan tokli elektr tortqi uchastkalarida ДТ-1_150, ДТ-1-1250 tipli havo tirqishli drossel
transformatorlar qo’llaniladi.O’zgarmas tokli elektr tortqi uchastkalarida ДТ-0,2-500; ДТ-0,2-1250 tipli
havo tirqishli drossel transformatorlar qo’llaniladi. Bunda birinchi son, uning asosiy o’ramidagi 25 Gs li
o’zgaruvchan tokka ko’rsatadigan qarshilikni bildiradi, ikkinchi esa son torqi tokining qiymati bo’lib,
drossel transformator o’zining har bir yarim o’ramidan uzoq vaqt o’tkazadi. Drossel transformatorning
ДТ-1-1250, ДТ-0,2-1000 turlari tortqi nimstansiyasi yaqinlarida, tog’li uchastkalarda, og’ir yukli
poyezdlar harakati bo’lgan liniyalarda o’rnatiladi. Qolgan harakatlarda drossel tasnformatorning ДТ-0,2-
500, ДТ-0,6 -500, ДТ-1-150 kichik o’lcham va massaga ega turlari o’rnatiladi.
ФП–polosali filtr, izolyatsiyolovchi tutashmalarni qisqa
tutashtirishda, vujudga keladigan 50 Gs li tortqi
toki tasiridan relelini himoya qilishga mo’ljallangan. 3БФ-himoyalovchi blok – filtr izolyatsiyalovchi
tutashmalarni qisqa tutashtirish natijasida qo’shni RZ ning taminot oxiridan keluvchi impulsli relening
to’g’irlagichining teshilishidan va tortqi tokining yuqori garmonikasidan himoyalaydi. BK – tekislovchi,
xavfli o’ta kuchlanishlar vujudga kelganda yo’l jixozlarini shuntlaydi. ВАК- to’g’rilagich (выпрямитель
автоблокировочный купроксный) o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokga o’zgartiradi. ВАК rels zanjirida
akkumulyator bilan buffer rejimida ishlaydi. Amalda to’g’rilagichning ВАК-14А, ВАК-16Б, ВАК-14М,
ВАК-14 turlari ishlatiladi. Akkumulyator – bu tokning elektro- kimyoviy manbai bo’lib, kimyoviy
reaksiya energiyasini, elektr energiyasiga o’zgartiradi. Ular ishonchli elektr taminot mavjud bo’lgan
doimiy tokli rels zanjirlarda qo’llaniladi. O’zgaruvchan tok tarmog’ida
nosozliklar yuz berganda,rels
zanjiri 8 soat davomida akkumulyatordan oziqlanishi kerak, bunday akkumulyator turiga АБН72
(автоблокировичный с номазными пластинами) nominal sig’im 72 А soat
ПБ –
yo’l batareyasi, o’zida
akkumulyatorni aks ettirib, asosiy taminot o’chirilgandan (yoki o’chib qolganda) zaxiraviy taminot
manbai sifatida ishlatiladi.
И-
impulsli rele ИМВШ-110 tipli bo’lib, kodli signalni qabul qilishga
mo’ljallangan. Impulsli qutblangan relelining o’rami to’g’rilagich orqali ulangan. To’g’rilagich esa
ko’priksimon kremniyli diodlar
shaklida ulanib, rele ИМВШ ning korpusida joylashgan.