qisqa va uzoq muddatlarga
guruhlanadi.
Qisqa muddatli kreditlar bir yilgacha muddatga berilib, korxona
aylanma kapitalining xarakatini ta’minlash, joriy hisob – kitoblarni
amalga oshirish, to‘lov qobiliyatini mustahkamlash moliyaviy faoliyat-
ning barqarorligini ta’minlash kabi masalalarga yo‘naltiriladi. Qisqa
muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma kapitalini
shakllantirishning ideal manbasi bo‘lib hisoblanadi.
Uzoq muddatli kreditlar korxona asosiy kapitali harakatini
ta’minlashga yo‘naltiradi. Xususan, korxonada amalga oshirilayotgan
qurilish va faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning rekonstruktsiya qilish,
yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini
takomillashtirish bilan bog‘liq sohalarga sarflanadi. Qisqa muddatli
kreditlar bir kundan bir yilgacha, uzoq muddatlilari esa bir yil va undan
yuqori muddatlarga beriladi.
171
Bank kreditining asosiy turlaridan biri banklararo kredit
hisoblanadi, ushbu kreditni banklar bir – biriga berishadi. Banklararo
kreditlar bankning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘laridan samarali
foydalanish, o‘zaro likvidlikni ta’minlash maqsadida beriladi. Banklar
vaqtinchalik bo‘sh turgan yoki yuqori daromadlarga qo‘yilma sifatida
yo‘naltirilayotgan mablag‘larini banklararo bozorga taklif etadi.
Halqaro bank amaliyotida banklararo kredit qisqa muddatli
xarajatlarga ega bo‘lib, bir necha soatdan, bir necha oygacha berilishi
mumkin. O‘zaro bitimlar telefon yoki faks orqali tuzilib, so‘ngra
tasdiqlovchi hujjatlar bilan ta’minlanishi ham mumkin.
Ist’emol (ipoteka) krediti
asosan aholiga yashashi uchun zarur
bo‘lgan buyumlarni (uy, mashina, televizor, muzlatgich, mebel va
boshqalar) olishga beriladi. Iste’mol krediti pul va tovar ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin. Pul ko‘rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari
tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo
tashkilotlarining hisobiga o‘tkazib beriladi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda iste’mol krediti hisoblangan
ipoteka krediti juda tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ipoteka
krediti iqtisodiyotning markazlashgan tuzumi sharoitida mavjud
bo‘lmagan. Bu holat o‘sha davrda nashrdan chiqqan lug‘atlarda ham
e’tirof etilgan. Xususan, 1988 yilda mamlakatimizda nashrdan chiqqan
O‘zbekiston sovet ensiklopediyasida ipotekaga “Ipoteka (yun), uzoq
muddatli kredit olish uchun ko‘chmas mulk (yer, imoratlar)ni garovga
qo‘yish. Sotsialistik mamlakatlarda yo‘q.”
57
, deb ta’rif berilgan. Agar
ushbu ta’rifning “sotsialistik mamlakatlarda yo‘q” degan jumlasiga
e’tibor qaratadgan bo‘lsak, haqiqatda ham markazdan rejalashtirish
tuzumi sharoitida ushbu kredit turining amal qilmaganligining guvohi
bo‘lishimiz mumkin.
Shuningdek, 1984 yilda Moskva shahrida nashrdan chiqqan
moliya – kredit lug‘atida ipotekaga berilgan ta’rif ham buni tasdiq-
laydi, unda “Ipoteka – (yunoncha hypotheke so‘zidan olingan bo‘lib –
garov, zaklad) ssuda olish maqsadida turli shakldagi ko‘chmas
mulklarning (asosan yer va qurilish binosi) garovidir. Qarzdorning
to‘lovga layoqatsizligi sharoitida kreditlarning talabi garovga qo‘yilgan
mulkni sotish evaziga qondiriladi. SSSR va boshqa mamlakatlarda
qo‘llanilmaydi.”
58
, deb ta’kidlanadi.
57
К.Х. Хонназаров ва бошқалар. Ўзбекистон совет энциклопедияси. Энциклопедик луғат. Т. 1.
Т., 1988. 323 б.
58
В.С.Захаров, Л.А.Дробозина, Л.Н. Красавина и др. Финансово – кредитный словарь. Т.1. М.:
МиФ, 1984. С. 477.
172
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida ipoteka atamasi
ko‘chmas mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan
moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida
qolishi ma’lum bo‘ladi. Ipoteka atamasi va ipoteka krediti haqida so‘z
yuritganda, ularning iqtisodiy mohiyatini to‘liq aniqlash maqsadida,
quyidagi ikkita holatga e’tiborimizni qaratamiz.
Birinchi holat, ipoteka – bu garov. Garov mavjud ekan – ipoteka
mavjud bo‘ladi, garov mavjud bo‘lmasa ipoteka ham bo‘lmaydi, bu
kredit ipoteka krediti hisoblanmaydi. Ushbu holatni yanayam aniqroq
qilib aytadigan bo‘lsak, bank qarzdorga uy joyni yer, kvartira yoki
uchastkani garovga qo‘yish orqali kredit berdi. Ushbu kredit qarz
oluvchi tomonidan qanday maqsadga ishlatilsa ham bu kredit ipoteka
krediti hisoblanadi.
Ikkinchi holat, bank qarz oluvchiga uy joy olish uchun ta’min-
lanmagan kredit berdi, ya’ni garov sifatida kredit oluvchi tomonidan
hech qanday narsa qo‘yilmadi. Bu ishonchli ipoteka krediti bo‘ladi.
Ipoteka so‘zi (atamasi)ni kelib chiqishining tub ildiziga e’tibor
qaratganimizda, uning vujudga kelishi va shakllanishining asosida qa-
dimgi yunonlarning qarz berish munosabatlari yotganligi ma’lum bo‘ladi.
Demak, manbalarga ko‘ra, ipoteka atamasi birinchi marta
eramizdan oldingi VI asrda Yunonistonda vujudga kelgan. Qadimgi
greklar qarz oluvchini kreditor oldidagi majburiyati evaziga yerni
tikishgan. Qarz oluvchining yer maydonining chetiga maxsus yog‘och
o‘rnatilgan bo‘lib, unda ushbu yer garov vazifasini o‘tayotganligi
haqidagi yozuv qayd etilgan. Bu yog‘och ustun “ipoteka” deb atalgan,
yunon tilida “tirgovich”, “poya”, “taglik” ma’nolarini anglatgan
59
.
Bizning nazarimizda, ipoteka atamasining vujudga kelishi va
uning ma’nosi yuqoridagi matnda, atroflicha, to‘liq va aniq berilgan.
Shu bilan birga, mazkur ta’rif uning dastlabki vujudga kelishi
jarayonidagi mohiyatini anglatish bilan birga, hozirgi kundagi ipo-
tekaga xos bo‘lgan xususiyatlarni to‘liq ochib berishga xizmat qil-
maydi, albatta bu tabiiy holat, chunki iqtisodiy rivojlanish jarayonlari
va munosabatlarning takomillashuvi ipoteka atamasining ham ri-
vojlanishi va takomillashuviga sabab bo‘lmoqda. Quyida ipoteka ata-
masiga berilgan ta’rifda fikrimizning tasdig‘ini kuzatishimiz mumkin.
59
Ефремова В.М. Толковый словарь. М.: Инфра – М, 1997. С. 321.
173
Demak, ipoteka (yunon. hypotheke – zaklad, garov) – ko‘chmas
mulk ko‘rinishidagi garov (asosan yer va binolar) bo‘lib, asosiy
maqsad ssudani olishga qaratilgan. Ipoteka shunday garov turi-ki u
kreditorning qo‘liga berilmaydi, balki qarzdorning ixtiyorida qoladi
60
.
Masalan, yuqorida qayd etilgan moliya – kredit lug‘atida unga
quyidagi tavsiflar berilgan. “Ipoteka krediti – uzoq muddatli ssuda
bo‘lib, kapitalistik mamlakatlarda yer va ishlab chiqarish hamda
yashash uchun qurilgan binolarni garovga qo‘yish asosida beriladi.
Quldorchilik tuzumi davrida vujudga kelgan bo‘lib, feodalizm davrida
kengaydi, biroq kapitalizm sharoitida rivojlandi. XIX asrning o‘rta-
laridan boshlab ipoteka krediti sifatida ixtisoslashgan – ipoteka
banklari tomonidan, qator mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi va boshqa
tijorat banklari tomonidan berila boshladi. Revolyutsiyaga qadar
Rossiyada dvoryan va yerli (zemelnie) banklar tomonidan berilgan”.
Taniqli iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin “ipotekali kredit
– ko‘chmas mulk, yer maydoni garovi ostida berilib, bozor iqtisodiyoti
sharoitida faol ishlatiladigan kreditning bir shakli hisoblanadi. Yer
mulkiga ega tashkilotlar va ixtiyorida xususiylashtirilgan xonadoni
(kvartira), yer maydonlari bo‘lgan aholiga bozor iqtisodiyotiga xos
bo‘lgan kredit munosabatlariga kirishish imkonini beradi
61
, deya
ta’kidlaydi. Olim ipoteka kreditiga bergan ta’rifida uning bozor
iqtisodiyoti sharoitida yuz berishi, shuningdek, aholining xonadoni va
yerini xususiylashtirish lozimligiga alohida e’tibor qaratgan.
“Ipotekali kredit – deya ta’kidlaydi, yana bir rossiyalik olim
A.S.Neshitoy, uy – joy olish, qurish yoki yerni sotib olish uchun
beriladigan kredit. Odatda, ushbu kreditni banklar va ixtisoslashtirilgan
bank bo‘lmagan moliya – kredit institutlari taqdim etadi”
62
. Bu erda
ipoteka kreditini olish uchun qo‘yiladigan garov obyektining ahamiyati
xususida fikr bildirilmagan. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, agar
kreditning garovi sifatida mulk qo‘yilmas ekan u ipoteka krediti
hisoblanmaydi
63
.
Do'stlaringiz bilan baham: |