Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Tijorat krediti
 
– kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda 
qadimda paydo bo‘lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni 
ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasi bilan chambarchas 
60
 http://ru.wikipedia.org/wiki 
61
Лаврушин О.И. Банковские дело. М.: Ф и С, 2005. С. 486. 
62
Нешитой А.С. Финансы и кредит. М.: Биржа и банки, 2006. С. 571. 
63
Мўминова Э.А. Тижорат банкларида ипотека кредити рискларини самарали бошқариш 
масалалари. и.ф.н. даражасини олиш бўйича тайёрланган диссертация иши. Т., 2010. 


174 
bog‘liqdir. Tijorat kreditining obyekti bo‘lib – savdo kapitali 
hisoblanadi. 
Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan tovarlarning 
to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish orqali amalga oshiriladi. 
Xalqaro bank amaliyotida ushbu kreditni 
vekselli kredit
sifatida 
ta’kidlaydi. Veksel tijorat kreditining “quroli” hisoblanib, asosan 
barcha tijorat kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi. Bunda 
sotib oluvchi korxona sotuvchidan olgan tovarlar yoki ko‘rsatgan 
xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. Veksellar odatda ma’lum 
muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan 
bo‘lib, ushbu muddatdan kechiktirmasdan qo‘shimcha foiz to‘lovlari 
bilan to‘lanishi lozim. 
Oldingi bo‘limda ta’kidlanganidek, veksel kredit puli bo‘lib, ular 
“oddiy” va “murakkab” (o‘tkaziladigan) turlariga bo‘linadi. Oddiy 
veksel bu veksel egasining unda aks ettirilgan mablag‘ summasini 
ko‘rsatilgan muddatda vekseldor shaxsga to‘lab berishi to‘g‘risidagi 
majburiyatnomasidir. 
Murakkab veksellar uchinchi shaxslarga ham 
o‘tkazish 
imkoniyatini beradi, ya’ni vekseldor shaxs ushbu vekselni uchinchi 
shaxsdan tovar sotib olish uchun o‘tkazishi (berishi) mumkin. Bunday 
veksellar vekseldor shaxsning unda ko‘rsatilgan mablag‘larni 
belgilangan muddatda uchinchi bir shaxsga to‘lanishini aks ettiruvchi 
veksel egasiga buyrug‘idir. 
Vekseldor shaxslar istalgan ushbu veksellar evaziga tijorat 
banklaridan pul shaklidagi kredit olish huquqiga egadir. Veksellar 
tijorat banklar tomonidan ma’lum to‘lov evaziga qabul qilinishi yoki 
veksel garovi evaziga kredit berishlari mumkin. Shu tariqa tijorat 
kreditlari bank kreditiga aylanadi. 
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda tijorat kreditini xo‘jalik krediti 
sifatida ham yuritishadi. Buning sababi shundaki, tijorat kredit bilan 
bog‘liq iqtisodiy jarayonlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida 
amalga oshirilib, ushbu kredit turi kreditor – korxona tomonidan tovar 
yoki pul ko‘rinishida berilishi mumkin. Tijorat kreditida kreditning 
obyekti tovarlar hisoblanib, tovarlarga to‘lovlarni kechiktirish yo‘li 
bilan veksel asosida beriladi. Uning subyektlari ish yurituvchilar 
hisoblanadi. Bir ish yurituvchi mahsulotlarini boshqa bir ish 
yurituvchiga kreditga sotayapti. Kreditning maqsadi bo‘lib tovarlar 
doiraviy aylanishini tezlashtirish hisoblanadi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish