Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

pul shaklini
 
vujudga kelishiga zamin bo‘ldi. Kreditning pul 
shaklini vujudga kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik jihatlari 
xususida batafsil to‘xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. 
Chunki, kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini 
tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, to‘lovlilik, mud-
datlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. O‘z o‘rnida qarzdor ham 
ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda tegishli to‘lovlar 
asosida kreditorga pul ko‘rinishida qaytaradi. 
Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo‘lganligi tufayli 
kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida 
kreditining tovar shakli o‘z o‘rnini sekinlik bilan kreditning pul 
shakliga bo‘shatib berdi. 
Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning 
aralash shakli
 
ham amal qiladi. Kreditning ushbu shakli uning tovar va 
pul shaklini o‘zida mujassam etadi. Bunda kredit tovar yoki pul 
shaklida berilishi mumkin, uni qaytarishda ham qarzdor olgan kreditini 
pul yoki tovar ko‘rinishida kreditorga qaytarishi mumkin. Aynan mana 
shu teskari bog‘liqlik kreditning aralash shaklini o‘zida ifoda etadi. 
Kreditning ayirboshlash shakliga misol sifatida tijorat kreditini 
keltirishimiz mumkin. Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsa-
tuvchi tashkilot sotib oluvchining moliyaviy muammolari mavjud 
52
Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов/ Под. ред. В.А.Щегорцова. М.:ЮНИТИ – ДАНА, 
2005. С. 181. 


167 
hollarda sotilgan tovarlar va xizmatlarga to‘lovni kechiktiradi, 
kechiktirilgan to‘lov keyinchalik qo‘shimcha to‘lov asosida amalga 
oshiriladi. Mazkur masala keyingi paragraflarda batafsil ko‘riladi. 
Umuman olganda, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kreditning 
shakllari xususidagi turli fikrlarning mavjudligi mazkur masalalar 
ustida qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirishni davom ettirish 
zarurligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, kreditning shakllari uning 
turlarida yanayam aniqroq namoyon bo‘ladi.
Xususan, kreditning turlari bo‘yicha ham turlicha qarashlar 
mavjud bo‘lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar 
o‘rtasida (xo‘jalik) krediti (1), bank krediti (2), fuqarolik (shaxslar 
o‘rtasidagi) kredit (3), davlat krediti (4), xalqaro kredit (5) va iste’mol 
kreditlari (6) mavjudligini ta’kidlaydilar
53
.
Rossiyalik boshqa iqtisodchi olimlar bank krediti (1), xo‘jalik 
(tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), fuqarolar 
(xususiy, shaxsiy) kreditlari (5) mavjudligini e’tirof etishadi
54
. Yana bir 
taniqli iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin tahriri ostida tayyor-
langan darslikda kreditning bank krediti (1), xo‘jalik (tijorat) krediti (2), 
davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), ishlab chiqarish va iste’mol kreditlari 
(5) amal qilishi hamda bulardan tashqari kreditning bevosita va bilvosita, 
namoyon bo‘luvchi va yopiq, eski va yangi, asosiy va qo‘shimcha, 
rivojlangan va rivojlanmagan turlari mavjudligi ta’kidlanadi
55
. Ayrim 
iqtisodchilar kreditning bank, tijorat, iste’mol, davlat, xalqaro va 
sudxo‘rlik turlari mavjudligi xususidagi fikrlarni bayon etadi
56
.
Bizning fikrimizcha, kreditning turlarini aniqlashda uning 
subyektlari, obyekti va maqsadiga
e’tibor qaratilmog‘i lozim. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish