168
ishlab chiqarish davrining uzluksizligini (tovar krediti olinganda)
ta’minlashga bo‘lgan talabini qondirish hamda davlat byudjetining
vaqtinchalik kamomadini qoplashdan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib
turibdiki, iqtisodchi olimlar
kreditning turlariga mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardan kelib
chiqib turlicha yondashganlar. Fikrimizcha,
kreditning turlariga tavsif
berishda ularning amaliyotda qo‘llanilishi va iqtisodiy samaradorligiga
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti,
bank krediti, iste’mol (ipoteka) kreditlari, tijorat krediti, xalqaro kredit
mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Davlat krediti.
Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni
berish yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi. Ko‘pchilik
hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga
kreditlar beradi.
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning subyektlari sifatida
davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari
maydonga chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik
va jismoniy shaxslar
ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda
ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti taqchilligini qoplash yoki yirik
investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida o‘z nomidan
qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi. Davlat byudjetining taq-
chilligini qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda yuridik va
jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat byudjeti
taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo‘lib,
ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish;
muomalaga qo‘shimcha pullarni (xazina biletlarini) emissiya
qilish;
Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish;
xalqaro kredit va moliyaviy yordam so‘rash;
davlatning qimmatli – qog‘ozlarini muomalaga chiqarish.
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq
stavkalari miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining
rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar
soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish
hamda xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tug‘iladi.
169
Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush
farovonligini ta’minlashda salbiy holatlar yuz beradi.
Muomalaga qo‘shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat
byudjeti taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi
o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni,
pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday holatda mil-
liy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya daraja-
sining ortishiga sabab bo‘ladi.
Markaziy
bankning
krediti
davlat
byudjeti
taqchilligini
qoplashning boshqa manbalariga nisbatan
bir muncha samaraliroq
hisoblanadi, lekin Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan
3 oy muddatga berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas.
Davlat byudjeti taqchilligini qoplashda halqaro kredit va xorijiy
mamlakatlarning moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy
natijalarni bermaydi. Chunki, kreditor
mamlakat qarz oluvchi
mamlakatga qator shartlarni qo‘yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish
orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq o‘tkazish holatlari
ham amaliyotda uchrab turadi. Shuning uchun davlat byudjetining
taqchilligini qoplashning eng qulay usuli davlatning qimmatli
qog‘ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali kredit olishi
hisoblanadi.
Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, davlat krediti
faqatgina byudjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni
tiklash (asosan tabiiy ofatlar yoki urushlardan so‘ng), mamlakatda
ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan qurilish ishlarini bajarish
yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun uzoq
muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: