Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi
orqali jismoniy va 
yuridik shaxslar ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari 
yig‘iladi va ular resurslarga talabi bo‘lgan subyektlar foydasiga 
taqsimlanadi. Bunda moliyaviy vositachilar past foiz stavkada jalb 
qilingan mablag‘larni yuqori foiz stavkada daromad keltiruvchi aktiv 
operatsiyalarga joylashtiradi. Tijorat banklari jalb qilingan resurslarga 
o‘z marjasini qo‘shgan holda resurslar bahosini belgilaydi. Bundan 
tashqari, davlat byudjet mablag‘lari va tashkil etilgan jamg‘armalar 
hisobidan kredit resurslari ma’lum tarmoq yoki sohalarga taqsimlanib, 
ular faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Kredit bahosining rag‘batlantirish funksiyasi
.
Kredit bahosining 
rag‘batlantirish funksiyasi kreditor yoki qarz oluvchi nuqtai nazaridan 
ikki xil izohlanishi mumkin. Bunda ikkala tomonni rag‘batlantirish 
quyidagicha tushuntiriladi: 
– bo‘sh turgan mablag‘ egasi o‘z mablag‘ini daromad olishga 
yo‘naltiradi, ya’ni vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini bankka yoki 
boshqa bir sohaga yo‘naltirish orqali foyda olishga rag‘bat beradi; 
– qarz oluvchi olinadigan kreditni foyda olish maqsadida ma’lum 
muddatga olib, uni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va yuqori daro-
mad olishga harakat qiladi. Ushbu funksiya asosida ishlab chiqarishni 
va ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish maqsadida maxsus davlat 


183 
dasturlari asosida imtiyozli foiz stavkalarini qo‘llash orqali amalga 
oshirilishi mumkin. 
Kredit bahosining keyingi funksiyalaridan biri bu 
tartibga solish 
funksiyasidir

Kredit bahosining ushbu funksiyasi orqali butun 
iqtisodiy munosabatlar tartibga solinadi. Kredit bahosining bozor 
tamoyillari asosida shakllanishiga qaramasdan qator omillar (valyutani 
tartibga solish xususiyatlari, davlatning ayrim tarmoqlaridagi 
ulushining yuqori saqlanishi) kredit foiz stavkasining tartibga solish 
funksiyasini amal qilishiga to‘siq bo‘ladi. Kredit bahosining tartibga 
solish funksiyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z va qarz 
mablag‘laridan samarali foydalanishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan talabning o‘sishi bank depozitlari 
salmog‘ining o‘sishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida, 
banklar tomonidan depozitlarga bo‘lgan talab va taklif muvozanatga 
kelgunicha davom etadi. Aksincha iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan 
talabning pasayishi oqibatida banklarning kredit qo‘yilmalari hajmi 
qisqaradi va natijada kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar 
hajmi kamayadi. Kredit foiz stavkasi ahamiyatining oshishi uning 
tartibga solish funksiyasi yuzaga chiqishi natijasi bilan izohlanadi. 
Kredit foiz stavkasining o‘zgarishi butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Agar kredit foiz stavkasi talab va taklif asosida 
shakllanadigan bo‘lsa, iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslari va 
moliya bozorlaridagi muvozanat to‘laligacha ta’minlanadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish