Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

tovar shakli
 
uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit 
bilan bog‘liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida 
rivojlangan. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, 
kreditning tovar shaklida u asosan buyum ko‘rinishida taqdim etilib, 
qarzdor kreditorning kreditini qoplashda xuddi shu miqdordagi 
buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko‘ra, kreditning ushbu shakli 
antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga kelgan va rivojlangan
51
.
Hattoki, o‘sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” 
iqtisodiy kategoriyalari o‘rtasidagi bir – biriga o‘xshashlik va farqlar 
xususidagi ayrim fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala 
hozirgi kunda ham iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o‘rtasidagi 
munozarali holatlardan hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va 
“kredit” o‘rtasida jiddiy farqlar mavjud emasligini ta’kidlashsa, 
ikkinchi guruh olimlari buni inkor etadilar.
E’tiborli jihati shundaki, Rimda o‘sha davrning huquqshunoslari 
“ssuda” va “kredit” (qarz) o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlab 
berishga urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar 
shaklida kredit oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu 
tovar yoki buyumni kreditorga taqdim etishi zarur bo‘ladi. Masalan, 
qarzdor kreditga otni olgan bo‘lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan 
shu ot unga qaytarilishi zarur bo‘ladi. 
Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o‘rniga shunga 
o‘xshash turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof 
etishadi. Masalan, tovar shaklida olingan bug‘doyning o‘rniga shu 
navdagi va miqdordagi bug‘doy yoki boshqa mahsulot bilan 
qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi. 
51
Деньги, кредит, банки: Учебник/Под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. М.: ТК Велби, Проспект, 
2008. С. 517. 


166 
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditning tovar shaklidagi jihatlari 
bo‘yicha ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo‘lish 
mumkin. Yuqorida kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli 
o‘laroq, professor V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan 
darslikda
52
, kreditning tovar shaklida mashina, stanok va boshqa 
jihozlarga to‘lovni kechiktirish, ularni ijraga va hatto lizingga berish 
ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Fikrimizcha, bu yerda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini 
uning turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar 
o‘rtasida pul munosabatlari vujudga kelib, to‘liq taraqqiy etgan 
vaqtgacha qo‘llanilgan, keyinchalik ushbu kredit pul – tovar 
ko‘rinishida qo‘llanilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat 
taqsimotining tobora takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida 
uning 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish