Mavzu: Pul taklifi.
M U N D A R I J A
Kirish
1. Pul bozori, uning faoliyati va iqtisodiyotdagi roli.
2. Pul bozoridagi muvozanat, pul bozorida valyutalar.
3. Pul bozori modeli, pul bozorida pulga bo’lgan talab.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Hozirgi kunda dunyoning turli sohalarida jahon reytingini yuqori pog’onalarini band qilib turgan katta va gigant davlatlarni poydevori yoki boshlangích nuqtasini u davlatlarni iqtisodiyoti egallagan deb aytsak also mubolag;a bo’lmaydi. Asosiy maqsad sifatida ular davlat iqtisodini yuksaltirish dolzarb vazifa qilib belgilangan. Bugun ushbu quyida berilgan ma’lumotlardan biz iqtisodiyotni ichiga kiruvchi va uning kerakli mavzu, masalalaridan biri pul, pul bozori va pul bozorida muvozanatga erishish va unga ko’rilishi kerak bo’lgan ishlarni kuzatishimiz mukin. Qisqacha qilib aytganda pul bozori— moliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kredit operatsiyalari amalga oshiriladigan qismi. Pul bozoridagi operatsiyalar firmalarning aylanma kapitali hara-katiga, banklarning qisqa muddatli resurelariga xizmat koʻrsatadi. Keng maʼnoda Pul bozori xususiy shaxslar, davlat, nobank davlat muassasalari pulga talab bilan va banklar pul taklifi bilan chiqadigan bozordir. Pul bozori vaqtincha yetishmayotgan aylanma vositalarni toʻldirish imkoniyatini beradi. Pul bozorining asosiy ishtirokchilari — Markaziy bank va tijorat banklari hisoblanadi. Keyingi yillarda bankdan tashqari moliya vositachilari (mas, AQShdagi P.b, hamkorlik fondlari) ham ishtirok etadi. Pul bozorida yuqori likvidlikka ega boʻlgan qimmatbaho qogʻozlar — xazina va tijorat veksellari, depozit sertifikatlari, bank akseptlari, qimmatli qogʻozlar, munitsipal veksellari va boshqa qatnashadi. Pul bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim obʼyektlaridan biridit. Pul bozori davlat harajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida kat-ta ahamiyatga ega. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari rivojlanishi bilan xalqaro Pul bozorilari paydo boʻldi (eng yiriklari Amerika Pul bozori, Yevropa Pul bozori. Pul bozori - bu bir yilgacha bo'lgan muddatga mablag'lar bilan ta'minlashga oid iqtisodiy munosabatlar tizimi. Bir yildan ortiq muddatga mablag'lar bilan ta'minlashga oid iqtisodiy munosabatlar tizimi kapital bozori deb ataladi.
Pul bozori kapital bozori bilan bir qatorda ko'proq umumiy moliyaviy toifaga - moliya bozoriga kiradi. Pul bozori yordamida korxonalarning aylanma mablag'lari harakati ta'minlanadi, banklarning qisqa muddatli resurslari shakllanadi, depozitlar qo'yiladi va davlat, muassasalar va jismoniy shaxslar tomonidan qisqa muddatli kreditlar olinadi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining rivojlanishi bilan chet el valyutasi bilan operatsiyalar amalga oshiriladigan xalqaro pul bozori shakllandi va Pulga bo'lgan talab, qarz oluvchilar qancha pul olishni xohlashlarini ko'rsatadi. Pul massasi kreditorlarning qarz oluvchilarga qancha pul bera olishini ko'rsatadi. Va taklif muomaladagi pul massasi va banklarning emissiya faoliyatidan iborat bo'lganligi sababli, banklar aynan pul taklifini nazorat qilishni talab qilib olib boradilar. Foiz stavkasi orqali boshqariladi. Demak quyida shu masalalar to’g’risida yetarlicha ma’lumotlarni ko’rib chiqishimiz mumkin bo’ladi.
1.Pul bozori, uning faoliyati va iqtisodiyotdagi roli. Pul bozori valyutalar va pul bozori.
Avallo pul bozori va uning bozordagi ,muvozanatlarini yoritib o’tishdan avval, aslida pul nima ekanligi va uning nechog’lik muhim vazifalarni bajarishi haqida biroz to’xtalib o’tsak. Pul nima?. Pul bu - hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladitan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor щtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi; boylik timsoli; mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.
Pul ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi: qiymat oʻlchovi tovarlar qiymati miqdori Pul orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi Pul vositasida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, Pulga boshqa tovar sotib olmasa, u Pulni jamgʻaradi. Pul jamgʻarish uchun, ayniqsa, Pul qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi - tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda Pul toʻlov vositasi rolini bajaradi. Pulning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. Pul shakliga koʻra, naqd Pul (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz, tanga) va naqd boʻlmagan Pul (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi Pul) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi darajasiga koʻra, milliy Pul (asosan, mamlakat hududida amalda boʻladigan), xalqaro yoki mamlakatlararo (baynalmilal) Pulga boʻlinadi. Maxsus chiqariladigan jahon Puli yoʻq, ammo umumiy universal toʻlov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almashtiriladigan Pul uynaydi. Hoz. paytda dunyoda AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va 2002-y. yanvardan muomalaga kiritilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Pul birligi yevro jaxon Puli vazifasini bajaradi. Demak yuqorida pulga berildi va uning vazifalari haqida qisqacha eslatib o’tildi. Pul iqtisodiyotda va hozirgi yoritilishi kerak bo’lgan bozorda juda muhim vosita sifatida hizmat qilishi to’g’risida yetarlicha ma’lumotlar berildi. Demak pul bozori haqida ham qisqacha aytib o’tadigon bo’lsak, Pul bozori - bu qisqa muddatli investitsiya bozori, ya'ni bir yildan kam muddatga. Bu pul bozoridir, unda pulga talab va ularning taklifi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik natijasida pul miqdori va muvozanatli foiz stavkasi muvozanat qiymati o'rnatiladi.
Pul bozorida pul boshqa tovarlarga o'xshab "sotib olinmaydi" yoki "sotib olinmaydi". Bu uning o'ziga xosligi. Pul bozoridagi operatsiyalarda pullar nominal foiz stavkasi bilan o'lchanadigan, imkoniyatli narx bo'yicha boshqa likvid aktivlarga almashtiriladi.
Pul bozori - bu bir yilgacha bo'lgan muddatga mablag'lar bilan ta'minlashga oid iqtisodiy munosabatlar tizimi. Bir yildan ortiq muddatga mablag'lar bilan ta'minlashga oid iqtisodiy munosabatlar tizimi kapital bozori deb ataladi. Pul bozori kapital bozori bilan bir qatorda ko'proq umumiy moliyaviy toifaga - moliya bozoriga kiradi.
Pul bozori - bu yuqori likvidli va juda qisqa muomalaga ega bo'lgan moliyaviy vositalar bilan savdo qilinadigan moliya bozorining segmenti. Undan ishtirokchilar bir necha kundan bir yilgacha bo'lgan muddatga qisqa muddatli kredit olish yoki berish uchun vosita sifatida foydalanadilar. Pul bozori - bu pulni nominal foiz stavkasining birligi bilan o'lchanadigan, potentsial qiymati bo'yicha boshqa likvid aktivlarga aktiv sifatida almashtirish. Bunday ayirboshlash tovar-pul munosabatlari qonunlariga muvofiq tashkil etiladi, bu erda pulni aktiv sifatida sotib olish va sotish bozor munosabatlarining sub'ektlari o'rtasida, bozorda hukmron bo'lgan talab va taklifni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Pul bozori yordamida korxonalarning aylanma mablag'lari harakati ta'minlanadi, banklarning qisqa muddatli resurslari shakllanadi, depozitlar qo'yiladi va davlat, muassasalar va jismoniy shaxslar tomonidan qisqa muddatli kreditlar olinadi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining rivojlanishi bilan chet el valyutasi bilan operatsiyalar amalga oshiriladigan xalqaro pul bozori shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |