Xulosa Yuqorida yoritilgan pul, pul bozori hamda pul bozoridagi muvozanat va uning ahamiyati hozirgi kunda qanchalik dolzarb masala sifatida ko’rilishi borasida bir qancha kerakli ma’lumotlar berib o’tildi. Unda pul bozrida kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyat, holat, muammolar va ularning yechimlari, va shuni aytib o’tish joizki Pul jamiyatning iqtisodiy faoliyati, takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari va bo'g'inlari o'rtasidagi munosabatlarning zarur faol elementi va ajralmas qismi bo'lib xizmat qiladi. Pulning mohiyati ularning ishtirok etishi bilan tavsiflanadi:
- ijtimoiy munosabatlarning har xil turlarini amalga oshirish;
- ko'chmas mulk, er sotib olishda yalpi milliy mahsulotni (YaMM) taqsimlash;
- tovarlar qiymatini ifodalovchi narxlarni aniqlash.
Pulning mohiyatini o'zgartirish mumkin emas: u jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va pulning o'zidagi o'zgarishlarni aks ettirishi kerak. Zamonaviy sharoitda banknotalar va naqd pulsiz muomaladagi pullar o'z qiymatiga ega emas, lekin ularni ayirboshlash qiymati sifatida ishlatish imkoniyati saqlanib qolmoqda. Bu pul tovardan tobora ko'proq farq qilayotganligini va ularni tovarga o'xshash qiladigan ba'zi xususiyatlarini saqlab qolish bilan mustaqil iqtisodiy toifaga aylanganligini ko'rsatadi. Pul to`lov, jamgarish va kiymat o`lchovi funktsiyalarini bajaruvchi, yukori likvidli tovardir. Pul tushunchasi vakatgina nakd pullar bilan cheklanib kolmasdan , uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga karab agregatlarga ajratilgan. Makroiktisodiy taxlilda e`tibor ko`prok M1 va M2 agregatlariga karatiladdi.
Pulga bo`lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, extiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yigindisidn iborat. Pulga bo`lgan talab xajmi YAIM (daromad) xajmi, baxolar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga boglik. Pul emissiyasi fakat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari xam kredit berib pul taklifini ko`paytirish kobiliyatiga ega. Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chikarish imkoniyati majburiy zaxira normasini belgilash orkali tartibga solib turiladi.Umumiy pul taklifi nafakat joriy xisoblardagi mablaglardan, balki axoli ko`lidagi nakd pullardan xam tashkil topadi. Pul taklifi mikdori majburiy zaxira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi mikdoriga boglik. Maxsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida xam pulga bo`lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuktada kesishadi. Maxsulotlar bozorida muvozanat nuktani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi bilgilaydi. Shuningdek zamonaviy iqtisodiyotda pul bozorining ishlash mexanizmi bir qancha sabablarga ko'ra pulga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni ta'minlay olmaydi. Ushbu rolni davlat o'z zimmasiga oladi. Pul bozorini davlat tomonidan tartibga solish makroiqtisodiy tartibga solishning asosiy vositalaridan biri bo'lgan pul-kredit siyosati yordamida amalga oshiriladi.