O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Pul va banklar”
fanidan
Mustaqil Ish
Mavzu:Istemol krediti,xorij tajribasi
Tekshirdi: Mirzayeva Matluba
Bajirdi: Ergashev Shoxruz SBHA-53 guruhi talabasi
-=Toshkent 2022=-
Kirish
Reja:
1) O’zbekiston banklari qanday shartlarda iste’mol kreditlarini taqdim etadilar?
2)Garov yoki boshqa kafolatsiz istemol kreditini berish mumkinmi?
3)Kreditning qanday turlari mavjud?
4) Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O’zbekiston tijorat banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda. Bunday ahvolning yuzaga kelishiga sabab bo’lguvchi omillar qatoriga qo’yidagilarni kiritish mumkin: 1.Ssudadan boshqa maqsadalarda foydalanish yoki aholining bank oldidagi qarzini o’z vaqtida qaytarmaslik kabi holatlarning tez-tez yuz berib turishi; 2.Bankning foiz siyosati, qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholashdagi kamchiliklar va hokazo. Mazkur yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillar ta’sirini pasaytirish chora-tadbirlari hamda kredit turlari va shakllarini rivojlantirish istiqbollarini o’z ichiga olgan. Bundan maksad, Respublikamiz tijorat banklari kredit siyosatining amaldagi holatini tahlil qilish va banklararo raqobatni rivojlantirish sharoitida kredit turlari va shakllarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritib berishdan iborat.
1) O’zbekiston banklari qanday shartlarda iste’mol kreditlarini taqdim etadilar?
Spot barcha banklarning iste’mol kreditlari shartlarini taqqoslaydi. 2021 yil mart holatiga ko’ra iste’mol kreditlari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi yiliga 30% ni tashkil etadi. Ular bir yildan uch yilgacha, kamdan kam hollarda besh yilga beriladi.
Minimal foiz 22% bo’lib, “Orient Finans” bank tomonidan taqdim etiladi, “InFinBank"da esa maksimal foiz — 38%ni tashkil etadi.
Qarz oluvchi olishi mumkin bo’lgan eng katta miqdor — eng kam ish haqining 500 barobari yoki 100 million so’mni tashkil etadi.
Kreditlar faqat O’zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar uchun beriladi. Bank pullarni kartaga o’tkazib yoki naqd holda bermaydi, balki kreditga olinayotgan tovarlar yoki xizmatlarni pul o’tkazish orqali to’lab beradi.
Kredit olish uchun zarur bo’lgan standart hujjatlar to’plami quyidagilardan iborat:
pasport nusxasi;
oxirgi 12 oylik daromadlar bo’yicha ma’lumotnoma;
tovarlarni sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomasi;
kredit to’lashni ta’minlovchi hujjatlar.
Ba’zi holatlarda, ular INN, INPS nusxalarini va hatto barcha oila a’zolarini ko’rsatuvchi mahalla qo’mitasidan olingan ma’lumotnoma talab qilishlari mumkin.
Iste’mol krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish;
davolanish, o’qish yoki sayohat qilish uchun to’lov;
bazmlarni o’tkazish (to'y, yubileylar);
ta’mirlash (xizmat haqi, qurilish materiallarini xarid qilish) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |