Bank krediti
Bank krediti – kreditning eng rivojlangan shakli bo’lib, ushbu kredit
tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo’sh pul mablag’larni jalb qilish
hisobiga, qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug’ilgan yuridik va
jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning shakllari tarkibida bank krediti
asosiy ulushga ega bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar
asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida, banklar ushbu mablag’lar
hisobidan foyda topish maqsadida, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga
bank krediti shaklida joylashtiradi.
Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda afzalliklari juda
ko’p bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt istagan paytda va miqdorda kredit
olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bank krediti pul shaklida
namoyon bo’ladi, shu bois bu sharoitda kreditning ob’ekti bo’lib pul kapitali
hisoblanadi. Bank krediti qarz oluvchiga pul shaklida berilishi tufayli tijorat
kreditining hajmini chegaralashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Pul shaklida
olingan kredit qarz oluvchi tomonidan korxona ishlab chiqarish faoliyatining
istagan jarayoniga yo’naltirish imkoniyatini beradi.
Bank kreditini yo’naltirish va qarz oluvchi tomonidan foydalanish
maqsadiga qarab turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, bank krediti ishlab
chiqarishni kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga
yo’naltirilsa, bank krediti ssuda kapitali bo’ladi. Agar bank krediti xo’jalik
yurituvchi sub’ektning kassadagi mablag’larning etishmasligiga yo’naltirilsa
bank krediti pul ssudasi deyiladi. Pul ssudasi faqat xo’jalik faoliyatining
oborot kapitalini to’xtovsiz davom etishini ta’minlaydi, lekin uning
miqdorini ko’paytirishga olib kelmaydi. Ssuda kapitali esa qarz oluvchining
kapitali miqdorini ko’paytiradi.
Banklar turli toifadagi kredit oluvchilarga bank kreditini beradi.
Xususan, korxonalar, korporatsiyalar, aholi, kredit muassasalari, mahalliy
xokimiyatlar
shular
jumlasidandir.
Kredit
oluvchilar
faoliyatining
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, banklar bilan kredit munosabatlarini
tashkil etadi. Kredit munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat ular
o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hisoblanadi.
Bank kreditlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning takror ishlab
chiqarish jarayonini to’xtovsizligini ta’minlashga va oborot mablag’larining
hajmini oshirishga yo’naltiriladi. Bank kreditlari muddati jihatidan qisqa va
Do'stlaringiz bilan baham: |