Mavzu: Bozor muvozanati
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………....2
I.BOB Bozor tushunchasi, uning tuzilishi va turlari.
Bozor haqida umumiy ma’lumot…………………………………………….4
Bozorning turli asnolarda tuzilishi………………………………………………….………………….12
1.3.Bozor turlari va ular o’rtasidagi bog’liqlik………………………………….18
II.BOB Bozor muvozanati va mohiyati.
2.1 Bozor iqtisodiyotiga o’tishning zarurati. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistonga xos usuli……………………………………………………………..………………...33
2.2. Bozor muvozanati……………………………….…………………………..38
Xulosa………………………………………………………………….45
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………...……………46
KIRISH
Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari, <> garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha. To’g’ri, bozorlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko’ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin <> so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda <>.
Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak(<
pulni topadi>>, deyishadi).
Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki <>, deb bejiz aytishmagan.
Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Ushbu “Mikroiqtisodiyot” fanidan yozilgan ushbu referatda bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib chiqadigan bozor muvozanati va muvozanat narxlar, bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ning vujudga kelishi, iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i to‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |