2.2. Bozor muvozanati..
MUVOZANAT-bu tizimning shunday bir holatki agar unga biror-bir tashqi kuch ta’sir qilmasa u o’zining holatini saqlab qolishi tushuniladi.
Bozor muvozanati - deganda talab va taklifning tenglashgan holati tushuniladi va bunga narxning o’zgarishi orqali erishiladi.
Bozorda sotuvchi mo’ljallagan narx taklif narxidir.uning qarshisida xaridorning talab narxituradi.o’rtadagi savdolashuv natijasida har ikki tomonga ma’qul narx paydo bo’ladi.bu narx muvozanat narx debataladi.
Bozor — bu sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. Bozor obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa bozor ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni t—p; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni p—t. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar bozorga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar bozorda sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
Bozor oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol bozorga ajraladi. Erkin bozorda sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol bozorda ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday bozorlar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) bozorlari mavjud. Bozor oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon bozorlariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq bozor , yopiq bozor (ichki bozor) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi bozor va torayuvchi bozorga boʻlinadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan bozorlar mavjud. Stixiyali bozordan tartibli, rejali tashkil etilgan bozorga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz bozor hukmron emas, aksincha boshqariladigan bozor yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari bozor turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, bozorda sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. Bozorlar qad. Rim va yunonistonning milet, pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. Bozor maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat bozorlarining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, sharqda esa usti yopiq bozorlar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; turkiya va eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).
Yevropada bozorlar maxsus reja asosida qurilgan (parijdagi markaziy bozor, 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan bozor ("gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (sanktpeterburgdagi bozor, 1761— 85; yaroslavldagi bozor, 1813—18 va boshqalar).
Oʻrta osiyo hududidagi buxoro, samarqand, poykend, urganch, xiva, marv, numijkat, isfijob, ushturkat, chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (qarnob choʻl yoqasidagi, narpay tumanidagi katta qishloq tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini samarqand va shahrisabz (17-asr), xiva (olloqulixon timi), buxoro (abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu bozori atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu bozori gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli chorsu bozori (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. Bozorlarda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, buxoro zargarlar rastasi (toqi zargaron), sarroflar rastasi (toki sarrofon), miskarlar rastasi (toqi miskaron) va boshqa oʻrta asrda toshkentning markaziy bozorida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi xiva bozorida 260 doʻkon, urganchda 300, qoʻngʻirotda 315, xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta bozorlar boʻlib, ularga butun markaziy osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. Bozorda savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.
Bozor doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday bozorlardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, haridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.
Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva bozori karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar bozorga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon bozori alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.
Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan oʻzbekistonda BOZOR iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anʼanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. Oʻzrda BOZOR faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteʼdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. Bozorlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meʼmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anʼanalar asosida yaratilmoqda. Bozorlar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yoʻl, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. Bozorlar anʼanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va haridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. BOZOR hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" bozorlari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va boshqa anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik bozorlardan.
Do'stlaringiz bilan baham: |