Mavzu: Bozor muvozanati Mundarija: Kirish I. Bob bozor tushunchasi



Download 167,16 Kb.
bet2/8
Sana04.06.2022
Hajmi167,16 Kb.
#634425
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bozor muvozanati1

I.BOB Bozor tushunchasi, uning tuzilishi va turlari.

    1. Bozor haqida umumiy ma’lumot.

,,Bozor” haqida so’z yuritganda, avvalo, uning lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Bozor – bu aloxida savdo-sotiq qiladigan maxsus joy. Dexqon bozori. Mol bozori. Demak, lo’nda qilib aytganda, bozor – bu oluvchi bilan sotuvchi uchrashadigan joydir. Bozor so’zidan quyidagi tushunchalar shakllanadi: Bozorbop – bu bozor suyadigan, xaridor yoqtiradigan, bozorgir mol. Bozorchi – bu bozorga savdo – sotiq extiyoji bilan kelgan kishi. Bozori – bu bozorda sotish uchun mo’ljallab tayyorlangan bozorgir mol. Bozor-o’char – bu bozor, savdo-sotiq va ular bilan bog’liq bo’lgan ikir-chikirlar. Bozorchilik – bu bozorga xos muammolar qoidalari, rasm-rusm va shu kabilar. Jumladan: Birinchidan, bozorda manfaatsiz shaxslar bo’lmaydi. Sotuvchi qimmatroq sotish payida bo’lsa, oluvchi arzonroq xarid qilish xarakatida bo’ladi. Ikkinchidan, bozorda imtiyozli xaridor bo’lmaydi, xamma u yerda teng xuquqli. Uchinchidan, bozorda narx-navoni zo’rlab belgilash va nazorat qilish mutlaqo mumkin emas. Bu bozorning o’z qonunidir. To’rtinchidan, bozor – bu raqobat maydoni. Raqobat faqat sotuvchilar o’rtasida emas, shuningdek xaridorlar o’rtasida ham yuz beradi. Kurash yo’lini tanlash jihatidan raqobat xalol va g’irrom raqobatga bo’linadi. Xalol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, xammaga ma’qul usullar bilan, bozor me’yorlariga asoslanadi. G’irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, ya’ni raqobatda qalloblik, ko’zbo’yamachilik, so’zida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qo’paruvchilik va xatto jismoniy zo’ravonlik kabi jinoyatkorona usullar qo’llaniladi. Bozor faqat xalol raqobatni tan oladi. Beshinchidan, bozordagi eng ustun narsa – bu sifat bilan narxnavodir. Agar xaridorlar biron-bir mahsulotni sotib olmasalar yoki kamroq sotib olsalar, demak, ushbu mahsulotning baxosi sifatiga nisbatan balandroq qo’yilgan. Bunday xolda sotuvchining bozori kasodga uchraydi va aksincha. Oltinchidan, bozorda birov-birovdan hafa bo’lishi, gina-qudurat ko’tarib yurishi yaramaydi, chunki bozor xarorati taklif va talabga bog’liq. Taklifning talabdan orqada qolishi natijasida baxo ko’tariladi, bu esa o’z navbatida xaridor va sotuvchi o’rtasidagi noroziliklarga olib keladi. Shunday qilib, bozor – bu tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan joy. U bo’lmasa, tovar va xizmatlarning oldi-sotdisi yuz bermaydi, takror ishlab chiqarish sodir bo’lmaydi. Bozor tovar va xizmatlarni taklif etuvchilar taqdirini belgilovchi toshu tarozi, oliy hakam bo’lib xisoblanadi. Tovar o’tsa, unga ketgan sarf ijtimoiy tan olinadi, o’tmasa, ya’ni tovar kasodga uchrasa, unga ketgan sarf tan olinmaydi. Bozor ijtimoiy extiyojlarni aniqlash vositasi bo’lib, u bamisoli o’lchash asbobi – termometr kabi ishlab chiqarish xaroratini, uning naqadar iste’molga mosligini o’lchaydi. Bozorning vujudga kelishi uzoq tarixga ega. U tovar xo’jaligi vujudga kelishi bilan paydo bo’la boshlagan. Tovar xo’jaligigacha natural xo’jalik xukmron bo’lgan. Uning eng sof ko’rinishi ibtidoiy jamoa tuzumi davrida bo’lgan, chunki o’sha davrda odamlar mehnat taqsimoti, ayirboshlash va xususiy mulk nimaligini bilmas edilar. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib kelgan. U asosan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan Sharq davlatlarida hukmronlik qilgan. Natural xo’jalikka xos belgi – bu iqtisodiy avtarkizm, ya’ni asosan o’zini-o’zi ta’minlab, tashqi muhit bilan kamdan-kam aloqaga kirishishdir. Shu sababli u iqtisodiy ravnaqni ta’minlashga qodir emas edi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining vujudga kelishi natural xo’jalikning o’rniga tovar ishlab chiqarishning va mahsulotning natural shaklining tovar shakli o’rin almashishga olib keldi. Urug’chilik jamoalari o’rtasida bevosita tovar ayirboshlash bozorning dastlabki shakli bo’lgan. Bunda kishilar ortiqcha mahsulotlarni bir-birlari o’rtasida almashtiradilar. Tovar xo’jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi. Tovar xo’jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilarning bozor orqali, ya’ni tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo etadi. Shunday qilib, bozorning paydo bo’lishi tasodif emas, balki qonuniy zaruratdir. Uni kishilar bekorchilikdan o’ylab chiqmaganlar. U kishilarning xoxish-irodasidan tashqarida, tovar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi bilan ob’yektiv tashqarida, tovar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi bilan ob’yektiv tarzda paydo bo’ladi. Uni iqtisodiy zarurat yuzaga keltirgan, chunki mahsulotlarni faqat bozor orqali ayirboshlash mumkin. Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun chiqadi. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo’jaliklari, yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridor esa jamiki iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo’ladi. Agar aholi bozordan iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olsa, firmalar va yakka tartibda ishlovchilar asbob-uxkuna, mashinalar, yoqilg’i, elektr energiya, xomashyo va ishchi kuchini sotib oladilar. Bozorda tovarlarni pul vozsitasida ayirboshlash, ya’ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo’ladi. Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi: Birinchidan, bozor ayirboshlash jarayoni bo’lganligi sababli, u ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog’lovchi vazifasini o’taydi. Ikkinchidan, iste’mol buyumlari va xizmatlarni alohida yetkazib berish orqali xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Uchinchidan, ishlab chiqarish vositalarini korxonalarga yetkazib berish orqali iqtisodiyotning moddiy asosini takroran yaratish va rivojlantirishni ta’minlaydi. To’rtinchidan, narxlarning o’zgarishi orqali talab va taklifni birbiriga moslashtirish, pulni tovarlar bilan ta’minlab, pul muomalasini barqarorlashtirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, jamiyat a’zolarining talab-extiyojlarini ishlab chiqarishga yetkazib, uni shu yo’lda o’stirishga xizmat qiladi. Oltinchidan, tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlarning naqadar o’rinli ekanini, ularni naqadar jamiyat tan olishini aniqlash, harajatlarni pasaytirishga undaydi. Agar mehnat tovarga behuda sarflangan bo’lsa, bozor uni tan olmaydi. Bozor qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Yettinchidan, xalqlar va davlatlar o’rtasidagi bir-biriga bog’liqlik va teng xuquqli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustaxkamlash vazifasini bajaradi. Bozor mehnat taqsimotini chuqurlashtirib, ishlab chiqarishning davlatlararo miqyosda aniq ixtisoslashuvini, xalqaro miqyosdagi talab-extiyojni mo’ljalga olib yuritilishini taqozo etadi. Qayd qilingan vazifalarning barchasi bir-biri bilan bog’liq va birgalikda amalga oshadi. Buning uchun bozor turlari bir-birini taqozo etishi shart. Bozor tizimining o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Markaziy ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot o’zining xayotiy emasligini, axolining o’sib boruvchi extiyojlarini ta’minlay olmasligini yaqqol ko’rsatdi. Xayot u tizimni yuqori samara beruvchi, inson manfaatlariga mos tushuvchi va unga xizmat qiluvchi yangi iqtisodiy tizim, ya’ni bozor tizimi bilan almashtirish lozimligini kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’ydi. Bozor tizimining asosiy ustunliklari uning bajaradigan qator vazifalaridan kelib chiqsa-da, ayrim ijobiy jihatlarini quyidagi qiyosiy taqqoslash ko’rinishidagi jadvalda keltiramiz. Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo`lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo`jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo`llaniladigan, ilmiy amaliy tushunchadir. Bu tushuncha yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o`xshab ko`rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o`ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko`p qirrali bo`lib, mazmuni o`zgaruvchan ekanligidan turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining davrlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatadi. Dastlab ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, xunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajlratilib, <>, deb e’lon qilindi. Shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin bozor u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko`rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo`lib, o`z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofada farq bo`lmagan, bir birlariga bir vaqtning o`zida o`sha joyda ayirboshlash sodir bo`lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish turli xil jarayonda bo`lingan va T-P-T ko`rinishida bo`la boshlagan. Tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatidan bir vaqtda bo`lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o`z tovarini bir paytda sotib pul qilib, boshqa paytda , boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug`ullanidagan maxsus qatlamlar paydo bo’ldi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar- pul xarakatini tezlashtirish imkoninin berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog`laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi va iste’molchining bir-birlari bilan uchrashishi shart bo`lmay qoldi. Ularning savdogarlik vositachilar orqali aloqa qilishlari yo`lga qo`yildi. Endi bozor tusunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar- pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi –sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim tovar –ishchi kuchining paydo bo`lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o`tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri bo’lmay, yoki bilvosita, bozor orqali sodir bo`ladigan bo`ldi. Shunday qilib, xozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan ist’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’in jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va haridorlarning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyilini asosida ayirboshlash yurituvchilarning harajatlari qoplanib, foyda olishi va to’lovga qodir bo’lgan haridorlarning talabini qondirish va roqobatchilikning mavjud bo’lishidan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o’tish davri suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga yengil-yelpi qarab, uning almisoqdan qolgan eski, bir tomonlama, hozir ma’nosini yo’qotgan ta’rifini ko’rsatish xollari uchramoqda. Turli kishilar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ra’rif berilib, u qizg`in munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va haridorlar tartibsiz to’planib, juft-juft, to’p-to’p, guruxgurux bo’lib oldi-sotdi qiladigan joy deb xisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro’z ulashadigan fayzu barakatli, sirli daturxon deb ataydilar. Boshqa bir gurux mualliflar esa bozorni ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni, ayniqsa, sodda dehqonlarni aldash evaziga yashaydigan va boyidigan, aldamasa tura olmaydigan muttahamlar, tarozidan uradigan qalloblar, birga olib, o’nga sotadigan noinsof olib sotarlar, firibgar vositachilar to’planadigan, kishilarni aldashning turli xiylanayranglari ishlatiladigan bir nopokiza makon sifatida ta’riflaydilar. Bu ta’riflar ma’lum darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifodalasada, shu bilan birga unga tor doirada bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi bo’lib, uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o’rnini ochib bera olmaydi. Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan iqtisodiy jarayondir. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va haridorlar o’rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yigi’ndisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to’rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari) dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu ro’z xam ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda mavjud bo’lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo’li gul mehnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, shchi kuchi tovar pulga sotiladi va sotib olinadi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo’lgan xizmatlar bajariladi. Xar bir jismoniy shaxs yoki korxona o’zi ishlab chiqargan tovar yoki xizmat turini sotadi va o’ziga kerakli bo’lgan yuzlab tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor subyektlari ya’ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini ko’rmasliklari, tanimasliklari xam mumkin. Ular turli xujjatlar , shartnomalar, namunalarga binoan vositachi tashkilotlar orqali savdo qilishlari mumkin. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan paxta, pilla, oltin, mashina, traktor, stanok, samolyot, asbob –uskuna, o’g’it, urug’ va boshqa yuzlab tovar va xizmatlarning o’z yaratilgan joyidan shartnomalarga binoan tog’ridan-to’g’ri iste’molchilarga jo’natilgan fikrimizning dalili bo’lib, bozor aloxida savdo-sotiq qiladigan joy deb tushunish to’g’ri emasligini ko’rsatadi. Undan tashqari tovar va xizmatlarni pul orqali oldi-sotdi qilish jarayonida ayrim shaxslar yoki korxonalar sarflangan mehnat va moddiy xarajatlarga nisbatan yuqori darajada ortiqcha foyda oladi, tez boyiydi, ularning ayrimlari esa foyda olish u yoqda tursin, qilgan sarf harajatlarini ham qoplay olmay, katta zarar ko’radilar, sinib xonavayron bo’ladilar. 1997-yilda Respublikamiz qishloq xo’jaligida 662 ta, boshqa sohalarda 302 ta korxona zarar ko’rib, shundan 300 ta qishloq xo’jaligi korxonalari bu zararni o’zining mol-mulki xisobidan qoplashi mumkinligi, qolgan 332 tasi esa o’z zararini qoplay olmay xonavayron bo’lishga maxkum ekanligi, sanoat va bankrot deb e’lon qilinganligi 302 ta zarar ko’rgan korxanalardan 145 tasi bankrot deb e’lon qilinganligi, 1999-yilda esa 898 ta qishloq xo’jaligi korxanalari shirkatlarga aylantirilib, ularning 12,3 foizi, ya’ni 119 ta shirkat xo’jaligi yilni zarar bilan yakunlaganligi , 2000-yilda esa 139 ta korxona o’z faoliyatidan 1385,0 mln.so’m zarar ko’rganligi, bozorning yoppasiga baxt-saodat keltiruvchi afsonaviy joy emasligini yana bir bor isbotlaydi. Endi nima uchun bu bozorda kimlardir mehnat qilmasdan yoki sarflagan xarajatlariga nisbatan boshqalardan ortiqcha daromad oladi, boshqacha esa sarf-xarajatlarini qoplay olmay, mehnatiga yarasha daromad qila olmaydilar, xonavayron bo’ladilar?- degan savol hammani qiziqtiradi. Shuni aytish lozimki, bozorda hech qanaqa iloxiy yoki afsonaviy kuch yo’q, aytilganlarning hammasi bozor munosabatlarining o’zidan kelib chiqadi.


Download 167,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish