Qavola (Qarshi) darvozasi.
Ba’zi manbalarda Rangrez
darvozasi deb ham yuritiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, Shayxi Rangrez
matolarga gul bosish hunari bilan shug‘ullangan va karomatgo‘y
avliyo ham bo‘lgan. Uning karomatlarini ko‘rgan Shayx ul-Olam
Sayfiddin Boxarziy (XIII asr) shogirdini haqqa etgan deb hisoblab,
unga o‘z vaqfidagi qishloqlardan birini hadya etgan. Keyinchalik
Abdulloxon shaharni kengaytish chog‘ida ushbu qishloq ham qal’a
devori ichida qolgan. Unda qurilgan darvoza esa Qavola deb yuritila
boshlangan. Ammo darvoza asosan Qarshi, Kesh aholisining kirish
joyi hisoblangani bois mahalliy aholi uni Qarshi darvoza deya atay
boshlagan.
Mazori Sharif darvozasi.
Abdullaxon Buxoro shahrini
kengaytirgan vaqtida Bahouddin ziyoratiga boradigan yo‘l ustida
Mazori Sharif darvozasini qayta qurdiradi. Darvoza keng va salobatli,
18 ta gultojdan iborat bo‘lib, svod timpan (ravoq) kiteba arkasiz qilib
qurilgan, uchta mo‘ri (teshik)dan iborat bo‘lib, usti tekis g‘isht bilan
soyali qilib bunyod etilgan. Balandligi 11 metr bo‘lib, shaharning
qal’a devoriga teng bo‘lgan. Mozori SHarif darvozasi yonida
soqchilar uchun alohida joy, darvozabonlar uchun maxsus xonalar
barpo etilgan. Darvoza qattiq qayrag‘ochdan qalin va mustahkam qilib
yasalgan. Darvozaning mustahkamligini yanada oshirish maqsadida
yogoch materiallar qizdirilgan yog‘ga botirib olingan. Ular temir
mixlar bilan yo‘g‘on to‘sinlar yordamida yaxlit tabaqali qilib
yasalgan. Zulfin va xalqalari mis temiridan haftjush usulida
tayyorlangan. Darvoza ostonasi tut daraxtidan, tepa to‘sinlari
gujumdan yasalgan. Shu sababli bu darvozalar har qanday sharoitda
o‘z sifatini yo‘qotmay, asrlar osha xizmat qilgan. Vafot etgan
hukmdorlar jasadi Mazori Sharif darvozasidan chiqarilib, Fayzobod
147
xonaqosida janoza o‘qilgan. U erdan piyoda Bahouddin Naqshband
mazoriga eltib, dafn qilingan.
Darvoza yonidan Buxoroning mashhur Shohrud arig‘i oqib
o‘tgan. Bu darvoza orqali seshanba, chorshanba, ayniqsa hayit kunlari
shahar aholisi Hazrat Bahouddin ziyoratiga borgan.
XVI asr Buxoro me’morchiligida asosiy rivojlanish
yo‘nalishlari bo‘yicha har biri taxminan uch o‘n yillikni qamraydigan
uchta qurilish davrini ajratish mumkin.
Birinchi
davr
-
1500-1530-yillar,
ya’ni Buxoroning
Temuriylardan keyingi rivojlantirish davrini o‘z ichiga olib, u asosan
Ubaydullaxonning bunyodkorlik faoliyati bilan bog‘liq. Unda bir
tomondan, Temuriylar davri me’morchiligi ana’nalari hali kuchli
bo‘lgan, ikkinchi tomondan, Buxoro me’morchilik maktabining o‘ziga
xos mahalliy xususiyatlari shakllangan davr edi. Bu davr binolarining
hali ham boy va sermehnat naqsh-qoshinli sopol, yig‘ma mozaika
bezatib turadi. Masalan, XVI asr boshlarida qayta qurilgan Masjidi
Kalon kirish kismining naqshi, shuningdek, Masjidi Baland va Xo‘ja
Zayniddin masjid-xonaqosining ziynati shular jumlasidandir. Bu
obidalarda Temuriylar davriga xos “kundal” zarhal naqshlardan ham
foydalanilgan
1
.
1530-1560-yillarni o‘z ichiga oluvchi ikkinchi qurilish davri
qisman Ubaydullaxonning hukmronlik davriga to‘g‘ri kelsa-da, lekin
asosan uning o‘g‘li Abdulazizxon nomi bilan bog‘liq.
Bu davrda tomni yopish konstruksiyasi va binolarning
kompozitsiyaviy usullari takomillashdi. Ikki me’moriy ansambl
yaratildi va turli fuqarolik inshootlari bunyod etilib, Buxoro
me’morchiligi maktabining shakllanishi davom etdi. Mazkur davrda
Buxoro uchun yangi bo‘lgan zil-zilabardosh konstruksiyalar yuz yillar
avval o‘tgan davrda-XV asrning uchinchi choragidan boshlab
Temuriylar davri me’morchiligida ixtiro qilingan va ildam
foydalanilgan bir-birini kesib o‘tuvchi arklar va qalqonsimon qism
tobora ko‘proq qo‘llana boradi. Bu usul Buxoroda ilk bor, ehtimolki,
birinchi marta XV asrda Turki Jandiy maqbarasida ko‘llangan
2
.
XVI asrning ikkinchi choragidan boshlab oldingi davrning eng
istiqbolli va novatorlik-muhandislik ishlanmalaridan bo‘lmish mazkur
1
Бухоро шарқ дурдонаси./ Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.98.
2
Ўша жойда.
148
konstruksiyalar Buxoro me’morchiligi rivojlanishini izchil davom
ettirib, nihoyat XVI asr oxirlaridagina poyoniga etdi.
Ikkinchi qurilish davrida Buxorodagi Mir Arab (1536)
madrasasining burchak zallari to‘rtta o‘zaro kesishuvchi ravoqlar
tizimi yordamida qoplandi. Biroq, bunda ular hanuz Temuriylar davri
me’morchiligiga xos gumbazni ushlab turadigan monumental qism va
ikki qavat gumbazga ega edi. Ancha keyingi davr qurilishlarida
ulardan voz kechildi va yakka qavat gumbazning cho‘qqisiga,
ko‘pincha, ravoqda oynaband tuynuk qo‘yilgan. Bunda ko‘rkam
kesishma ravoqlar muhandislik g‘oyasi naqshdan xoli bo‘lib,
yukoridan samarali yoritilgan.
Ana sha davrda qurilgan Toqi Sarrofon savdo gumbazi va
Bahouddin
Naqshband
qabri
oldidagi
xonaqohni
kovlash
konstruksiyasi gumbaz qobig‘idan bo‘rtib chiqqan va uzoqdan
samarali kuzatiladigan to‘rtta kesishuvchi ravoqdan iborat bo‘lgan.
Ikkinchi davrda asosan “qo‘sh” usulida, ya’ni old tomoni bir-
biriga qaragan bir o‘qda ro‘baro‘ joylashgan Buxoroning yirik
ansambllari vujudga keladi. Bunga Buxoroning Poyi Kalon bosh
ansambli fikrimiz dalilidir. Bu erda 1534 yilda ko‘hna yo‘ldan ajralib
chiqadigan maydonda Masjidi Kalon ro‘parasida “qo‘sh” usulida Mir
Arab madrasasi barpo etildi. XIX-XX asrlar chegarasida janubdan shu
maydonga Amir Olimxon madrasasi tutashdi. Uch tomoni obidalar
bilan egallangan Poyi Kalon maydoni hozirgacha o‘sha ko‘rinishida
saqlanib qolgan.
1535-yilda shahriston janubida hozirda buzilib ketgan G‘oziyon
ansambli barpo etilgan. U “qo‘sh” kompozitsiyasi bo‘yicha bir-biriga
ro‘ba- ro‘y joylashgan Katta va Kichik G‘oziyon madrasalari va ular
o‘rtasida G‘oziyon hovuzidan iborat bo‘lgan. Ana shu ansambldan
faqat Katta Madrasa saqlanib qolganki, hozir Mirza Sharif G‘oziyon
madrasasi deb yuritiladi
1
.
Uchinchi qurilish davri 1560-1590-yillarni o‘z ichiga olib, u
Abdullaxonning kuchli birlashtiruvchilik hokimiyatiga bog‘liq
ravishda davlatning barqarorlashuvi tufayli XVI asr qurilishi va
me’morchiligida yuksalishning eng yukori cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi.
Buxoro me’morchilik maktabi faol shakllandi, diniy binolar-masjid,
madrasa, xonaqoh, shuningdek, fuqarolik inshootlari: timlar, toqlar,
1
Бухоро шарқ дурдонаси./Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.100.
149
karvonsaroy, hammom, hovuz, sardoba, ko‘prik va hokazolarning
tiplari mukammallashdi.
XVI asr boshlarida mo‘l bo‘lgan naqsh, ikkinchi va uchinchi
kurilish davrlarida kamroq qo‘llanildi. Bunday naqshinkor qoplamalar
endilikda qimmatbaho kiritmalar tarzida asosan binolarning old
tomonida, hovli ayvonlarida, ravoqning bezakli tokchalarida
to‘plangan. Buxoroda Markaziy Osiyoda ilk bora bino old tomonida
ravoq peshayvoni tashqariga qaratib quriladigan bo‘ldi. Masalan,
dastlab Ulug‘bek madrasasi old tomoni ravoqli peshayvon sifatida
qurildi. Bu usul birinchi marta shahar tashqarisidagi Bahouddin
(1545) va Chor Bakr (1560), keyin shahar madrasalari – Ko‘kaldosh,
Xiyobon, Bozori Go‘sfand va Muhammadyor Otaliq honaqosida
qo‘llanilgan
1
.
Buxorodagi emas, balki, ehtimol, butun Markaziy Osiyoda
saqlangan eng ko‘hna mahalla masjidlaridan biri XVI asrga oid
Masjidi Balanddir. Odatdagi sinchli mahalla masjidlardan farqli
o‘laroq u, istisno tariqasida, baland tosh supada pishiq g‘ishtdan
qurilgan, bu hol uning uzoq vaqt yaxshi saqlanishiga imkon bergan.
XVI asr boshlariga oid Xoja Zayniddin masjid-xonaqosi
me’morchilik va bezatilish uslubi jihatidan yuqorida ko‘rib o‘tilgan
Masjidi Balandga juda o‘xshash. Lekin undan farqi shundaki, bu bino
xonaqoh va mahalla masjidi vazifalarini bajarib, ko‘pxonali va
gumbazli bo‘lgan. Bino joylanishiga ko‘ra majmuada ichki hovli
hujralari ko‘p bo‘lib, hovli o‘rtasida katta hovuz joylashgan. Gumbazli
zalning ichki qismi naqshlarga juda boy. Uning paneli XVI asr
naqshlarining noyob namunasidir.
Gavkushon ansamblida tilga olingan Buxorodagi ikkinchi Xoja
Kalon jome masjidi 1579-1580-yillarda ko‘rib bitkazilgan. To‘g‘ri
urchakli bu binoning o‘rtasida hovli bo‘lib, atrofi ustun-gumbazli
galereyalar bilan egallangan. Asosiy kiraverishni bezagan peshtoq
ro‘parasidagi hovlining g‘arb tomonida masjidning peshayvonli va
gumbazli qishki zali “maqsura” joylashgan.
Buxoro me’morchilik maktabi XVI asrda yana ham rivojlandi.
Buxoroda naqshga boy va hajmiy kompozitsiyasi bo‘yicha ta’sirchan
madrasalardan biri 1536-yilda qurilgan Mir Arab, darsxona joylashgan
madrasa kiraverishdagi shimoliy burchak zalida dafn etilgan.
1
Бухоро шарқ дурдонаси./Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.101.
150
Madrasa tarxi bir gaz 104 santimetrga tent modulidan
foydalangan holda tuzilganki, bu hol unga aniqlik va muvofiqlik kasb
etdi. Temuriylar davriga xos manzarali shakllari saqlangan holda bu
erda novatorlik konstruktiv usullar kiritiladi. Chunonchi, burchak
zallari tepasidagi ikkita yirik havorang manzarali gumbazlar to‘rtta
kesishuvchi ravoqlar o‘rnashgan, lekin baland gumbazni tutib turuvchi
qism oynaband tuynukka aylanadi
1
.
Ko‘kaldosh madrasasi (1568-1569 yy.) Abdullaxon II ning
vaziri Qulbobo Ko‘kaldosh tomonidan qurilgan bo‘lib, Buxorodagi
eng yirik (86x69 metr, 130 taga yaqin hujrasi bor) madrasadir.
Mablag‘ni va turar joyni tejash uchun u bo‘ylama o‘q bo‘ylab
ikkitagina gumbazli ayvon qilib qurilgan. Bu erda Markaziy Osiyo
madrasalari ichida ilk bor odatda yalang, yon tomoni tashqariga
ikkinchi kavatning ravoqli peshayvoni bilan ochilgan. Kesishuvchi
ravoqlar devorlarga parallel emas, balki diagonal bo‘ylab joylashgan
kirish guruhidagi (darsxona) burchak zallaridan birining tom to‘sini
o‘ziga xosdir
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |