Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Qorako‘l darvozasi. 
Buyuk ipak yo‘li savdo tarmog‘idagi 
asosiy darvozalardan biri bo‘lgan Qorako‘l darvozasi Abdullaxon 
tomonidan 1558-1575-yillar oralig‘ida qurdirilgan. Darvozaning ichki 
tomonida bozor bo‘lib, to Volidai Azizxon, Havzi Navgacha davom 
etgan. Qorako‘l darvozasi ikki katta “guldasta”, svod, arkali qilib 
qurilgan. Kvadrat shaklidagi 25×25 santimetrli g‘isht bilan terilib, 
ustki qismi kungurali gultoj bilan zeb berilgan hamda qal’a 
devorlariga tenglashtirib bunyod etilgan. Darvoza 1975-yilda usta 
Ahror Asrorov tomonidan qayta ta’mirlangan. Buxoro xalqi shu 
darvoza orqali haj ziyorati uchun yo‘lga chiqqan. Shuning uchun uni 
“Haj darvozasi” deb ham atashgan. Eron, Xuroson, Turkiya 
davlatlaridan keladigan savdogarlar shu darvoza orqali shaharga 
kirishgan. Ayni paytda darvoza qal’a devorlaridan ajralgan holda bo‘y 
cho‘zib turibdi. 
Shayx jalol darvozasi. 
Buxoroning janub tomonida joylashgan, 
shonli tarixga ega bo‘lgan darvozalardan biri Shayx Jalol darvozasidir. 
Uning tarixi Abdulazizxon davri (XVI asr)ga borib taqaladi. O‘sha 
davrda SHayx Jaloliddinga murid bo‘lgan Abdulazizxon hazrat shayx 
sharafiga ilgari Darvozai bobi morkushon nomi bilan mashhur bo‘lgan 
darvozani uning nomi bilan ataydi. Abdulazizxon 1549-1550-yillar 
oralig‘ida darvozani ta’mirlab, koshin burish rangli g‘ishtlar bilan jilo 
berib, unga yaqinroq joyda xonaqoh, hovuz, minora hamda hujralar 
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ 
машаълига илова, 1993. –Б.45.


145 
qurdiradi. Darvozaning balandligi 11-12 metr bo‘lib, kengligi 14×20, 
tashqi hamda ichki tomonida peshtoqlari bor. Abdulazizxon 
darvozaninig ustki qismini gultoj bilan bezatib, xonaqoh ustiga ko‘k 
gumbazlar qurishni buyuradi. 1898-yilda esa ushbu gumbazga e’tibor 
berilmay quyilganligi bois koshinlari ko‘chib tushgan. Mazkur davr 
ustalari gumbazni qayta tiklay olmaganlar. Natijada xonaqoh, minora, 
hovuz, darvoza ham lokaydlik sababli vayronaga aylangan va buzib 
tashlangan. Darvozai Shayx Jalol hamda shu nom bilan yuritiluvchi 
mahalla haqida 1691-1692-yilga oid hujjatlarda ma’lumotlar uchraydi. 
Darvozadan tashqarida juda katta bog‘lar bo‘lib, shu qatori Xo‘ja 
Ismatulloh Buxoriy bog‘lari hamda maqbaralari ham shu hududda 
joylashgan. 2008-2009-yillar oralig‘ida asliyatga ko‘ra tayyorlangan 
loyihaga asosan usta-me’morlar Muzaffar Mirzaev hamda Sharif 
Rahimovlar tomonidan Darvozai Shayx Jalol qaytadan qurildi. Yon 
atrofidagi qadimiy qal’a devori ham tiklandi.
Namozgoh darvozasi.
 
Namozgoh darvozasi qurilgan yili 
ma’lum bo‘lmay, Abdulazizxon tomonidan 1540-1550-yillarda qayta 
ta’mirlanadi. U juda chiroyli mayolika va koshinlar, terakotalar 
ishlatilib, arka svodtimpan kiteba qilib, “guldasta”larning usti oltita 
gultojlar bilan bezatilib qurilgan. Yuqori qismi 12 ta gultojdan iborat 
bo‘lib, eski qal’aga tenglashtirib bunyod etiladi. Odamlar shahar 
ichidagi masjidlarga sig‘maganlari uchun Ibrohim darvozasidan 
Namozgoh masjidiga yig‘ilishgan. Namozgoh gavjum bo‘lgan. Turk 
xoqoni Arslonxon farmoni bilan Namozgoh atrofi to‘liq tartibga 
solindi va bog‘lar barpo etilib, pishiq g‘ishtdan minorali devorlar 
quriladi. Darvoza balandligi 11 metru 6 sm, kengligi 13,8 metrga teng 
qilib bunyod etilgan. 
Salloxona darvozasi.
 
Salloxona yoki Mir-Mas’ud darvozasining 
tashqi tomonida amir askarlari joylashgan bo‘lib, bu erda 1920-
yillarga qadar harbiy mashq o‘tkazilgan. Sobiq sho‘ro davrida ancha 
vaqtlar parad va anjumanlar shu maydonda o‘tkazilar edi. Salloxona 
darvozasi Abdulazizxon tomonidan 1540-1549-yillarda qadimiy devor 
bilan birga qurilgan. O‘sha davrda ziyoratchilar uchun maqbara, 
masjid, hovuz, quduq va hujralar bunyod etilgan. Afsuski, ular bizning 
davrimizgacha etib kelmagan. Salloxona darvozasi haqidagi 
ma’lumotlar 
vaqf 
hujjatlarida 
(1683-1684-yillar) 
uchraydi. 
Darvozaning balandligi 11 metru 10 sm, kengligi 21 metr, asosi bir 
yarim metrni tashkil etgan. Usti 21 ta gultojdan tuzilgan, “guldasta”lar 


146 
ikki qavatli bo‘lib, qorovullar turadigan xonasi bo‘lgan. Shaharga 
kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida ikki qavatli Abdullabek hovlisi 
bo‘lgan. Uning yonida esa Arabon masjidi qurilgan bo‘lib, bu 
masjidda mahalla ahli namoz o‘qigan. Salloxona darvozasi orqali 
odamlar Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon va Toqi Zargarondan 
o‘tib, shaharning markaziy savdo rastalariga borishgan. Buxoroning 
boshqa darvozalari qatori Salloxona darvozasi ham 2009-yil oktyabr 
oyidan boshlab qaytadan tiklandi va asl holatiga keltirildi. 
Bunyodkorlik va qurilish ishlarini usta-me’morlar Muzaffar Mirzaev 
hamda SHarif Rahimovlar olib bordi. 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish