To husni yor az ruhi xubon namudaast,
Moro xayoli dilbaru shohid rabudaast.
Mazmuni: Yor husni xublar yuzida ko‘ringach, mendan dilbaru
talabgor xayolini o‘g‘irlab ketdi.
Onho ki zi jomi ishq sarmast shudand,
Nodida ruhash tamom az dast shudand.
Dar rohi talab qadam nihodand zi car,
CHun xok ba rohi ahli dil past shudash.
Mazmuni: Ishq jomidan sarmast bo‘lganlar Uning yuzini
ko‘rmay turib, butunlay qo‘l-oyoqdan tushib qoldilar. Boshlari bilan
talab yo‘liga qadam qo‘ydilar, tuproqdek ahli dil yo‘lida erga
to‘shaldilar.
Buxoro adabiyot muhitida etakchi mavqega ega bo‘lgan
shoirlardan biri Abdurahmon Mushfiqiydir (1525-1588). U Shayboniy
Abdullaxon saroyida xizmat qilib “Malik ush-shuaro” unvonini olgan.
“Devoni mutoibot” (Mutoibalar devoni), “Devoni g‘azaliyot”
(G‘azallar devoni), “Devoni qasoid” (Qasidalar devoni), “Sadu yak
buvad” (Bir yuz bir tugun) kabi asarlari hajviya, g‘azal va
qasidalardan iborat. Mushfiqiy go‘zallik va muhabbatni tarannum
etuvchi “Eram bog‘i”, “Soqiynoma”, “Jahonnoma” kabi she’riy
asarlar yaratdi.
Adabiy
tazkiranavislik
janrida
ijod
qilgan
Hasanxoja
Nisoriyning
“Muzakkiri
ahbob”
asari
Buxordagi
adabiy
jarayonlarning sermahsul namunasi bo‘lib, asar 1566-1567-yillarda
141
yozib tugatilgan. Unda muallif davrigacha yashagan, shuningdek,
muallifga zamondosh bo‘lgan ikki yuzdan ortiq shoir va tasavvuf ahli
to‘g‘risida biografik ma’lumot beriladi, she’rlaridan namunalar
keltiriladi.
Adabiy jarayonlar bilan yondosh rivojlangan Buxoro
miniatyura san’ati Hirot miniatyura maktabi an’analarini o‘zida
mujassam etib, Shayboniylar davrida badiiy mukammallik darajasiga
ko‘tarildi va o‘ziga xos yo‘nalish kasb etdi. Umumlashtirish,
shaklning ixchamligi, kiyim va bezaklarning aniq va yirik ishlanishi,
me’moriy tasvir va zaminning soddalashtirilishi Buxoro miniatyura
maktabiga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Miniatyuralarda qabul
sahnalari, tabiat va maishiy manzaralar, saroy hayotidan olingan
lavhalar, shuningdek, ko‘chmanchi hayot ko‘rinishlari va shahar
hayotidan olingan janrli lavhalar hamda hunarmandlar faoliyati aks
ettirilgan. Mahmud Muzahhib, Shayxzoda, Abdulla Musavvir Buxoro
miniatyura maktabining Shayboniylar davrida ijod qilgan yirik
namoyandalari
hisoblanadi.
Bu
maktab
vakillari
tomonidan
Sa’diyning “Bo‘ston”, Jomiyning “Tuhfat ul-ahror”, Dehlaviyning
“Tarixi Xizrxon” asarlariga miniatyura va bezaklar ishlangan.
Shaybonitylar
davri
Buxoro
me’morchiligining badiiy
kompozitsion ko‘rinishlari darvozalar, masjid, madrasa va boshqa
inshootlar qurilishida o‘z ifodasini topgan. Shayboniylardan
Abdullazizxon va Abdullaxon davrida Buxoro atrofi yangi devor bilan
o‘rab olindi va darvozalar qurildi. Abdulazizxon barpo ettirgan qal’a
devorlarini Abdullaxon g‘arbga tomon kengaytirdi va 11 darvoza
barpo etildi
1
. Ular quyidagicha nomlangan: Samarkand darvozasi,
Hazrati Imom darvozasi, O‘g‘lon darvozasi, Talipoch darvozasi,
Shergiron darvozasi, Qorako‘l darvozasi, Shayx Jalol darvozasi,
Namozgoh darvozasi, Salloxona darvozasi, Qavola (Qarshi)
darvozasi, Mozori Sharif darvozasi
Samarqand darvozasi.
Shayboniy hukmdor Abdulazizxon
tomonidan qurdirilgan bo‘lib, 1557-1560-yillarda Abdullaxon
tomonidan qayta ta’mirlangan. Samarkand yo‘li orqali G‘ijduvon,
Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardan, uzoq xorijdan kelgan
mehmonlar, savdogarlar shu darvozadan shaharga kirishgan. Darvoza
1
Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические
очерки).-Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР. 1958. 20-36.
142
yaqinida aravasozlik, yog‘och materiallari, eshik, deraza bozori
bo‘lgan. Keyinchalik amir Abdulahadxon (1885-1910), amir Olimxon
(1910-1920) davrida tiklangan yozgi saroy - Sitorai Mohi-Xossaga
eltuvchi yo‘l shu darvoza orqali o‘tgani bois, bu maskan savdogarlar
uchun juda ahamiyatli hisoblangan. Darvozaning balandligi 11,4 metr,
qadimiy devor balandligiga teng bo‘lib, arka va timpanli, kitobasiz
tekis qilib, bir nechta darichalar qo‘yib tiklangan, terakot hamda
koshindan belbog‘li qilib jilo berilgan. “Guldasta”lari hamda ustki
qismi chiroyli qirrali gultoj bilan bezatilib, qadimiy devorga bir xilda
birlashtirilgan. O‘tgan asrning 60-yillarida shaharni kengaytirish
bahonasida inshoot buzib yuborildi. 2009 yil yanvar oyidan boshlab
muhandis-me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida asl qiyofaga
mos qilib qayta tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |