Buxoro tarixi


Abdullaxon tashqi siyosatida Xo‘ja Islom Jo‘yboriyning



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

 
7.2. Abdullaxon tashqi siyosatida Xo‘ja Islom Jo‘yboriyning 
o‘rni 
 
Shayboniylar sulolasining yirik vakili Abdullaxon (1557-1598) 
Buxoroni egallash va butun Movarounnahrni uning atrofiga 
birlashtirishda buxorolik mashhur Jo‘ybor xo‘jalarining yirik 
vakillaridan biri Xo‘ja Islomning (1493-1563) diniy-ma’naviy 
obro‘yidan foydalandi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar bir jihatdan 
temuriylardan keyin Movarounnahrda yuz bergan qisqa markazlashuv 
jarayonining rivojiga va nisbiy barqarorlikning qaror topishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatdi. 
1557-yili Burhon sulton qatlidan so‘ng Abdullaxon Xo‘ja Islom 
qo‘llab-quvvatlashi bilan ikkinchi bor Buxoroni egalladi.
Chorjo‘yning Abdullaxon tasarrufiga kirishiga ham Xo‘ja Islom 
yordam berdi. 1557-yil yozida Abdullaxon uzil-kesil Buxoroni 
egallagach, tasarruf qo‘lini boshqa viloyatlarga cho‘zib, birin-ketin 
ularni zabt eta boshladi. Abdullaxonga qadar Buxoroda hukmronlik 
qilgan Burhon sulton hali hayotlik vaqtida o‘z qaynotasi Sayyid 
Haydar Xo‘jani Chorjo‘y voliysi etib tayinlagan edi. O‘z navbatida 
Chorjo‘y voliysi Sayyid Haydar Xo‘ja kuyovi Burhon sultonga tobe 
ekanligini tan olardi. Burhon sulton qatl etilib, Buxoro Abdullaxon 
qo‘liga o‘tgach, Chorjo‘y voliysi Sayyid Haydar Xo‘ja qaysarlik 
tig‘ini ko‘tarib, Buxoro xoni Shayboniyzoda Abdullaxonga 
bo‘ysunmay qo‘ydi va o‘zini daxlsiz his eta boshladi. Viloyatlarni o‘z 
tasarruf halqasiga kiritmoqni maqsad qilgan Abdullaxonga esa Sayyid 
Haydar Xo‘janing bu o‘zboshimchaligi ma’qul bo‘lmay, u tezda jang 
tadorigini ko‘ra boshladi va nukuz qabilasidan bo‘lgan Xushibiy 
darozga katta sovg‘alar berib, uni o‘z qo‘shinlari bilan Chorjo‘yni zabt 
etishga jo‘natdi. Abdullaxon tomonidan safarbar etilgan qo‘shin 
chorjo‘yliklar tomonidan mag‘lubiyatga uchratilib, Xushibiyning o‘zi 
asirga olindi. Bu orada Burhon sulton qatlidan so‘ng Balxga qochib 
ketib jon saqlagan Burhon sultonning sadoqatli sarkardalari bo‘lmish 
Rajabbiy, Imomquli, Muhammadrizo Chorjo‘yga otlanib, Sayyid 
Haydar Xo‘jaga yordamga shoshildilar. Ular Amudaryodan o‘tib, 


136 
Qorako‘lga tobe sanalgan Yoychi mavzeida to‘xtashdi. Buxoroliklar 
uchun ancha noqulayliklar tug‘dirgan bu yangi muxolif qo‘shinlarini 
parokanda qilish uchun Buxoro xoni Abdullaxon amir Jonalibiy va 
Jonpulodbiy boshchiligida navbatdagi qo‘shinni yubordi. Lekin 
bularga ham zafar yor bo‘lmay, orqaga qaytishga majbur bo‘lishdi. 
Marhum Burhon sultonning nomlari zikr etilgan sarkardalari esa 
Chorjo‘yga, voliy Sayyid Haydar Xo‘ja huzuriga yo‘l olishdi. 
Abdullaxon qo‘shinlariga qarshi kurashda ko‘rsatgan himmatlari 
uchun voliy ularga behad ehtirom ko‘rsatdi. 
Ko‘p o‘tmay Chorjo‘y voliysi Sayyid Haydar Xo‘ja olamdan 
o‘tdi va o‘rniga, «Ravzat ar-rizvon» muallifi Badriddin Kashmiriyning 
ta’kidlashicha, uning xotini (nomi ko‘rsatilmagan) Chorjo‘y taxtiga 
o‘tirdi. Bu ayol ham marhum eri singari sarkashlik yo‘liga kirib, 
Abdullaxon hokimiyatini tan olmadi. Hosil al-kalom, Abdullaxon 
Chorjo‘yni yaxlit qo‘lga kiritishni ko‘zlab navbatdagi hujumni 
boshladi hamda shahar qal’asini qamal etdi. Abdullaxon qo‘shinida 
mashhur Xo‘ja Islomning farzandi Xo‘ja Sa’d (1531-1589) ham bor 
edi. Har holda bu xo‘jazoda Abdullaxon qo‘shinida sipoh vazifasida 
emas (sipohiylik bu xonadon vakillari uchun istisno edi) balki 
ma’naviy rahnamo, duogo‘y sifatida ishtirok etganligi shubhadan xoli. 
Shahar 
qal’asini 
mustahkam 
istehkomga 
aylantirgan 
chorjo‘yliklar Xo‘ja Sa’dning Abdullaxon qo‘shini tarkibida 
ekanligidan voqif bo‘lib, uni qal’aga taklif qildilar va ikki o‘rtada sulh 
tuzishga vositachilik qilishga, shu tariqa qon to‘kilishini oldini olishga 
ko‘maklashishga da’vat etdilar. Sulhga erishilgan taqdirda, Chorjo‘y 
qal’asini Abdullaxonga jangsiz topshirishni va’da qildilar. Bu bir hiyla 
ekanligi voqealar rivojidan ma’lum bo‘ladi. Buxoro hukmdori 
Abdullaxon bu taklifni eishtib uni qabul qildi. Xo‘ja Sa’dni muzokara 
olib borish uchun Chorjo‘y qal’asiga yubordi. Xo‘jazoda qal’aga 
kirgach, uning darvozasi taqa-tuq berkitilib, shahar hokimasi, ya’ni 
marhum Sayyid Haydar Xo‘janing bevasi Xo‘ja Sa’d bilan sulh 
to‘g‘risida muzokara olib borish u yoqda tursin, hatto suhbat qurishni 
ham xayoliga keltirmay, unga ko‘z-quloq bo‘lib turish uchun bir 
necha mulozimlarni tayinladi va ularga Xo‘ja Sa’dni qal’adan 
tashqariga chiqarmaslikni buyurdi. Xullas, Xo‘ja Sa’d garovga 
olingan edi. 
Bu noxush xabar Buxoroga etib kelgach, xo‘jazodaning otasi 
Xo‘ja Islom farzandi taqdiri uchun juda tashvishga tushdi. Xo‘ja 


137 
Sa’dga ko‘z-quloq bo‘lib turish uchun tayinlangan mulozimlar orasida 
marhum Sayyid Haydar Xo‘janing Mavlono Boboquli devon ismli bir 
xizmatkori bo‘lib, unda Hazrat Xo‘ja Sa’dga nisbatan ixlos va 
xayrixohlik tuyg‘usi paydo bo‘ldi va Xo‘ja Sa’dning Chorjo‘y 
qal’asidan chiqib ketishiga yordamlashdi. U Xo‘ja Sa’dni chopqir otga 
o‘tkizib, qal’a devor va burjlari mustahkamligini birga tekshirib 
ko‘rish bahonasida qal’a darvozasi oldiga olib keldi. So‘ngra ikkovlari 
birin-ketin darvozadan chiqishdi va Jayxun daryosidan o‘tib, Burdaliq 
yo‘li orqali sog‘-salomat Buxoroga etib kelishdi. Mavlono Boboquli 
devon bu xizmati uchun Xo‘ja Islomning moddiy va ma’naviy 
marhamatlariga sazovor bo‘ldi.
Shu voqea sabab, Abdullaxon Chorjo‘y qal’asi qamalini 
to‘xtatdi. SHu kunlarda Chorjo‘yda g‘aroyib voqealar sodir bo‘ldi. 
Shaharda o‘n to‘rt yoshli xushsurat bir yigitcha paydo bo‘lib qoldi. Bu 
o‘smir ilgari Marvda kosiblar orasida yurardi. Eng qizig‘i, uni 
marhum Burhon sultonning inisi deb qabul qildilar, chunki Burhon 
sulton ham bolalik yillarida bir zargarga shogird bo‘lib, zargarlar 
orasida yurgan. O‘smirni Chorjo‘yda yurganligidan xabar topgan 
hokima, ya’ni marhum Sayyid Haydar Xo‘janing bevasi, uni toptirib 
saroyga keltirdi va taxtga o‘tkizdi. Bu bilan ham cheklanmay, unga 
turmushga chiqib ham oldi. Er-xotinning fisqu fujurlari haddan 
oshgach, marhum Sayyid Haydar Xo‘ja amirlari o‘zaro kelishib yangi 
hokimga qarshi isyon ko‘tardilar va tunda uni Chorjo‘y qal’asi 
devoridan pastga tashlab yubordilar. Zaifani esa shahardan badarg‘a 
qilib, Balxga jo‘natdilar. 
Shu voqeadan so‘ng, Mavr hokimi Poyanda Muhammad 
sultonning mulozimi Oroh Xo‘ja Marvdan Chorjo‘yga kelib, Poyanda 
Muhammad sultonning noibi sifatida shaharni boshqara boshladi, 
ya’ni Chorjo‘y Poyanda Muhammad sulton hukmiga bo‘ysuna 
boshladi. 
«Ma’noqibi sa’diya»da ko‘rsatilishicha, Abdullaxon Marv 
hokimi Poyanda Muhammad sultonga bir necha bor kishi yuborib 
Chorjo‘yni talab etgan bo‘lsa ham, ish uning xohishicha yakun 
topmadi. Bu ishga Xo‘ja Islomning aralashuvi zarur bo‘ldi. Xo‘ja 
Islom Abdullaxonga qarata: «Biz kishi uzatamiz va Chorjo‘yni undan 
olamiz» dedi. Va’daga muvofiq, Xo‘ja Islom o‘z muridi Mavlono 
Husayniy orqali Marvga, Poyanda Muhammad sultonga maktub 
yo‘llab, undan Chorjo‘yni Abdullaxonga topshirishni talab etdi. 


138 
Poyanda Muhammad sulton Xo‘ja Islomning sodiq muxlislaridan 
bo‘lganligi bois uning maktubida qayd etilgan talabni qabul etishga 
majbur bo‘ldi va nochor Chorjo‘y qal’asi kalitini Mavlono Husayniy 
orqali Buxoroga uzatdi. 
Bu voqealarning qisqacha tafsiloti Poyanda Muhammad 
sultonning ukasi Abulmuhammadxonning Xo‘ja Islomga yozgan 
maktubida ham qayd etilgan. 
Xullas, 1558-yil Chorjo‘y Xo‘ja Islom sa’y-harakatalari bilan 
jangsiz va qonsiz Abdullaxon qo‘l ostiga o‘tib, Buxoroga tobe bo‘lib 
qoldi. Oroh xo‘ja esa Buxoro xoni Abdullaxonning Chorjo‘ydagi 
noibi sifatida o‘z o‘rnida qoldirildi. 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish