5. Vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan gap qaysi qatorda?



Download 30,6 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi30,6 Kb.
#538013
Bog'liq
20ta test maqol hadislar


1. Tushum kelishigidagi so‘z qanday gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin?A) bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida B) ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida C) to‘ldiruvchi va hol vazifasida D) to‘ldiruvchi vazifasida
2. Vositasiz to‘ldiruvchiga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan?A) Tushum va qaratqich kelishigidan boshqa kelishikdagi so‘zlar bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar. B) Ayrim ko‘makchilar bilan kelgan so‘zlar orqali ifodalangan to‘ldiruvchilar. C) Tushum kelishigidagi so‘zlar orqali belgili yoki belgisiz ifodalangan to‘ldiruvchilar. D) A, B
3. Vositali to‘ldiruvchi qatnashgan gapni aniqlang.A) Jamoa xo‘jaligi tiklanib oldi. B) Bolalik uyda g‘iybat yo‘q. C) Poyezd soat 7 da keladi. D) Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
4. Olmosh bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Usta u deb ko‘rdi, bu deb ko‘rdi, bo‘lmadi. B) O‘zbekning otpuskasi yo uy qurish bilan o‘tadi, yo to‘y qilish bilan. C) Qubba o‘yini qiyin emas. D) - Uning gapi yolg‘on! - dedi bola.
5. Vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan gap qaysi qatorda?
A) Undan allaqanday tiniq bir go‘zallik barq urib turardi. B) To‘satdan onamning jahli chiqib ketdi. C) Shu ondayoq ot kishnagani, tuyoqlarning asfaltga taraqlab urilgani eshitildi. D) Faridaning onasi billur savatchada shokolad, kumush taqsimchada asal, mayiz keltirib qo‘ydi.
6. Kishilik olmoshining to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan?
A) Siz bir oz dam oling. B) Parizod bo‘lgan voqeani unga aytib berdi. C) Shubhasiz, bu – sizning yutug‘ingiz. D) Ular bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmoqdalar.
7. Vositasiz to‘ldiruvchi qaysi javobda berilgan?
A) C, D B) Vaqt va suv toshqini hech qachon kutib turmaydi. C) Mehnat odamni yuksaklikka ko‘taradi. D) Ikkilanish kuchni yo‘qotish demakdir.
8. Ko‘makchi so‘zlar bilan qo‘llangan vositali to‘ldiruvchini aniqlang.
A) Vaqt hamma jarohatlarni davolaydi. B) Baxtsizlik faqat kurash bilan yengiladi. C) Muhayyo bu sodda, beg‘ubor bolaga havas bilan qaradi. D) Yoshlik kishiga faqat bir marta beriladi.
9. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchini toping.
A) Tekkanga tegib, tegmaganga tosh otadi. B) Biz keksalarning donoligidan juda kam foydalanamiz. C) Yoshlikda nimani eksang, ulg‘ayganda o‘shani o‘rasan. D) A, C
10. Ibora bilan ifodalangan to‘ldiruvchini aniqlang
A) Dam-badam hushini yo‘qotib, alahlay boshladi. B) C, D C) Bu yil mo‘l hosil olsak, qo‘limiz baland bo‘lishini unutmang, azizim! D) O‘tgan har daqiqa Salim akaning jahlini avjga mindirayotganini sezdi.
11. Izohlovchini toping.
A) O‘zaro izzat-hurmatsiz hech qanday do‘stlik bo‘lmaydi. B) Agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham jonga tegadi.
C) Professor G‘affor Nasriddinov matematikani iqtisod bilan bog‘lab, talabalarga ma’ruza o‘qiydi. D) Aql barkamollashib, yosh ulg‘aygandagi do‘stlikkina mustahkam bo‘ladi.
12. Izohlovchi bildiradigan ma’nolar qaysi javobda berilgan?
A) amal, unvonni B) A, C C) mashg‘ulot, kasb, mutaxassislikni D) hajm-vaznni
13. Qaysi qatorda to‘ldiruvchili birikmalar berilgan?
A) qishloqdagi binolar, kitobdan ko‘chirmoq B) tunda kelmoq, qunt bilan ishlash C) choynakdan kattaroq, Hasanning taqdiri D) otdan baland, kitobni o‘qib chiqmoq
14 Qaysi qatorda aniqlovchiga to‘g‘ri ta’rif berilgan.
A) Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan bo‘lak. B) Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak. C) Kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan bo‘lak. D) Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo‘laklarga grammatik tobe bo‘lmagan bo‘lak.
15. Qaysi qatorda sifatlovchi-aniqlovchi ibora bilan ifodalangan?
A) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. B) Og‘zi bo‘shning ichida gap yotmas. C) Bolali uyda g‘iybat yo‘q. D) O‘rinbosarning bunday xushomadlar oldida og‘zining tanobi qochadigan odati bor edi.
16. Salbiy ma’noni bo‘rttirishda qaysi gap bo‘lagi qo‘llangan? Biz quyoshmiz bizga tob berolmay, fashizm – jinchiroq, albat so‘narsan. A) sifatlovchi-aniqlovchi B) kesim C) izohlovchi D) qaratqich-aniqlovchi
17. Qaysi gapda qaratqich-aniqlovchi belgisiz qo‘llangan?
A) Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi. B) Yurting osmoni pokiza, bolam. C) O‘zbekiston – vatanim manim. D) A, B.
18. Izohlovchilar to‘g‘ri belgilangan qatorni toping.
A) Ona-Vatan, «Yoshlik» jurnali, mexanik-haydovchi; B) «Nafosat» do‘koni, shifokor Muslimov, vrach-pediatr;
C) xipchin-soch, kosmonavt- uchuvchi, telefon-avtomat; D) oshpaz Farida, erka qiz;
19. Izohlovchini toping.
A) Baxt har kishining o‘z didi va mezoni bilan baholanadi. B) Sahnaga dasta-dasta gul ko‘targan qizchalar - gulchalar chiqdilar. C) Navro‘zi olam bugun o‘z sepini xuddi shu uyga yoyganday. D) Uzun-uzun arg‘amchi yerda yotsa, maylimi?
20 Quyidagi uch xususiyatdan qay biri qaratqich-aniqlovchiga xos emas? 1.Qaratqich va qaralmish shaxs jihatdan bir-biri bilan moslashgan bo‘lishi shart. 2. Qaratqich va qaralmish son jihatdan bir-biri bilan moslashgan bo‘lishi shart 3. Qaratqich va qaralmish orasida har doim -ning qo‘shimchasi qo‘llanishi shart. A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2
21. Aniqlovchini toping.
A) Mehmon izzati bilan ulug‘. B) Eshik to‘satdan qattiq taqilladi. C) Qo‘shiqni zavq bilan tingladik. D) Oltinday sariq olxo‘rilar tagiga to‘kilib yotibdi.
22 Ot bilan ifodalangan sifatlovchi-aniqlovchi qaysi gapda?
A) Bir azobning bir rohati bor. B) Supada qator o‘tiribmiz. C) Shu paytda uy eshigi ochildi. D) Zumrad bahorni kim sevmaydi?
23. Aniqlovchi vazifasida kelgan olmosh qaysi gapda qo‘llangan?
A) Shularni odam yaratgan. B) Nimadan gap ochishni bilmay turdi. C) Kimning uyi yaqin? D) Sizni nima qiziqtiradi?
24. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi belgili qo‘llangan?
A) Ahli ishq ham boqiy albat, O‘z zamonin zayliga. B) Gul rangin maqtaydi bulbul doimo. C) Yurting osmoni pokiza, bolam. D) A,B,C
25. To‘ldiruvchining grammatik belgisi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) To‘ldiruvchi odatda boshqa so‘zlarga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. B) To‘ldiruvchi tushum kelishigidagi so‘z bilan belgili yoki belgisiz qo‘llanishi mumkin. C) To‘ldiruvchi o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari shaklida bo‘lishi mumkin. D) To‘ldiruvchi o‘zi bog‘langan so‘zga nisbatan tobe yoki hokim sanalishi mumkin.
26. Belgisiz to‘ldiruvchi doim qanday gap bo‘lagi oldida joylashadi?A) hol oldida B) ot-kesim oldida C) fe’l-kesim oldida D) hol va kesim oldida
27. Ravish gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan qatorni aniqlang.A) Mayor sabrsizlanib, har yoqqa tikildi. B) Xayollarim shamoldan tezroq uchardi. C) Ko‘p kitoblar o‘qib chiqdim. D) Ko‘pdan quyon qochib qutulmas.
28. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchini toping.A) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. B) Chiniqqanga dard yuqmas. C) Kulgi yuzni go‘zal qiladi. D) Ko‘rmaganlar ko‘rishni orzu qildilar.
29. Ibora bilan ifodalangan to‘ldiruvchi bor gapni toping.A) Kulganni kulib yengasan. B) Yomonga yondashma, yaxshidan adashma. C) Urgan kishidan bola nafratlanadi. D) Men uning tepa sochi tikka bo‘lishini kutmagan edim.
30. Vositasiz to‘ldiruvchini toping.A) Inson go‘zalikka intiladi. B) yomon bilan yo‘ldosh bo‘lma. C) To‘g‘ri so‘z tosh yoradi, egri so‘z bosh yoradi. D) Bu roman Pirimqul Qodirov tomonidan yozilgan.
31. Vositali to‘ldiruvchining so‘roqlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?A) kimga? nimaga? kimda? nimada? kimni? B) qayerni? qayerga? qayerda? qayerdan? C) kim bilan? nima bilan? kimning? nimaning? D) kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kim tomonidan?
32. Gaplardan qaysi birida vositasiz to‘ldiruvchi bor?A) Rais xo‘jalikning yarim yerini aylandi. B) Yo‘lchi Toshkentgacha yo‘lni piyoda o‘tdi. C) Sayyoh dunyoning yarmini kezib chiqdi. D) Mehmon dasturxondagi taomlardan chimdib o‘tirdi.
33 Ushbu gapda qo‘llangan jo‘nalish kelishigidagi otning sintaktik vazifasini aniqlang. Mungli ko‘zlari mehrga to‘la edi.A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi
34. Belgili va belgisiz kelishik shakllari bilan ifodalanish qaysi gap bo‘laklariga xos?A) qaratqichli aniqlovchilar va vositali to‘ldiruvchilarga B) qaratqichli aniqlovchilar va vositasiz to‘ldiruvchilarga C) vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarga D) sifatlovchi aniqlovchilar va vositasiz to‘ldiruvchilarga
35. Xalqaro "Nilufar", Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotining sovrindori kim?
A. A.Oripov B. E.Vohidov C. Zulfiya D. S.Zunnunova
36. Zulfiyaning dastlabki she`rlari? A. "Qizlar qo'shig"i"(1938) B. "Hijron kunlarida"(1944)
C. "Hayot varaqlari"(1932) D. ”Tong qo'shig'i"(1953)
37 Zulfiyaning poemalari? A. ”Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam","Mushoira" B."Quyoshli qalam", "Mushoira", "Xotira siniqlari" C."Tong qo'shig'i","Zaynab va Omon”,”Semurg'" D."Yuragimga yaqin kishilar", "Kuylarim sizga”, ”Dalada bir kun"
38. Zulfiya qaysi jurnalda bosh muharrir bo'lib ishlagan?
A. "Sanam" B. "Saodat" C. "Guliston" D. "Fan va turmush"
39. Payt holini toping. A) Bashorat qovun pishig‘ida o‘n yettiga kiradi. B) Soy tubida toshlar jimirlab ko‘rinadi. C) Oqayotgan tiniq suv quyosh nurida go‘yo oynadek yarqiramoqda.D) Tog‘ning ro‘parasida ko‘z ilg‘amas tekisliklar yastanib yotadi.
40. Ko‘p bilgan oz so‘zlar. Ushbu gapdagi holning ifodalanishi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) son B) sifat C) olmosh D) ravish
41. Maqsad ravishdoshi bilan ifodalangan hol qaysi qatorda berilgan?A) U o‘qish uchun shaharga keldi. B) Tog‘ shabadasi g‘ir-g‘ir esmoqda. C) Ikkovi do‘stlarcha xayrlashdi. D) Siz bilan suhbatlashgani keldik.
42. Sabab holini toping.A) Biz dars tayyorlagani keldik. B) Yaproqlar sekin shitirladi. C) U sevinganidan qichqirib yubordi. D) Sodiqov mehmonlarni kutib olgani shoshildi.
43. Vatanimizning yer osti boyliklari bitmas-tuganmasdir. Unda oltin ham, temir ham, mis ham, gaz ham hamma narsa bor. Nigora barcha fanlardan doimo a’lo baho oladi. Unda ilmga qiziqish nihoyatda zo‘r. Ushbu misollardagi unda so‘zi qanday gap bo‘lagi vazifasida qo‘llangan?
A) har ikkala misolda ham to‘ldiruvchi B) har ikkala misolda ham hol C) birinchi misolda to‘ldiruvchi, ikkinchi misolda hol D) birinchi misolda hol, ikkinchi misolda to‘ldiruvchi
44. Vaziyat holi qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan? A) shukuni nima yumush buyurishsa, oyog‘im olti, qo‘lim etti bo‘lib yugurdim. B) Bir mahal tashqarida gurji kuchugimning akillagani eshitildi. C) Nasiba bu gapni jo‘rttaga baqirib aytdi. D) A, C.
45. Hol vazifasida kelgan son qaysi qatorda qo‘llangan?A) Butun bir ro‘zg‘orni ko‘targan tuyaga bitta elak og‘irlik qilgan ekan. B) Domlalar ham bitta-bitta tarqala boshladi. C) B,D D) Sizdan o‘tinib so‘rayman: bu gapingizni ikkinchi aytmang.
46. Hol vazifasida kelgan sifat qaysi qatorda berilgan?A) Inson o‘zining hayotga muhabbati bilan kuchli. B) Haqiqiy odam insoniyat uchun ishlaydi. C) Yashil yaproqlarga berkinib bir zum o‘ying, hislaringni o‘g‘irlab olsam. D) U bugun darsni yaxshi tayyorlamadi.
47. Gapda hol vazifasida kelgan taqlid so‘zni toping.A) Abdurasul bilan Xolmurodning kirib kelishlari quvnoq g‘ovur-g‘ovurning bosilishiga sabab bo‘ldi. B) ... ola qarg‘alar yaxlagan qanotlarini shaq-shaq urishadi. C) yuragi bir onda gurs-gurs urdi. D) B, C.
48. Fe’lning qaysi shakllari gapda hol vazifasida keladi?A) sifatdosh shakli; B) harakat nomi shakli; C) faqat ravishdosh shakli; D) A, B va C
49.Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qo‘llangan gapni toping.
A. Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman. B. o‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi C. Mening borishimdan sizga nima foyda? D. So‘rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal
50.O‘rin-payt kelishigi kelishigi shaklidagi so‘zning to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan?A. Yozda qilingan mehnat o‘z natijasini berdi B. Birlashma idorasi uch qavatli binoda edi C. Katta chinni kosada suv olib chiqdi D. Nemis do‘stlarimizni Buxoroda uchratdik
E. Ohangni chuqur sukutda tingladilar
51.Chiqish kelishigi shaklidaga so‘zning to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan?
A. Anvar bolalikdan otlarni sevardi B. G`ulomjon uyidan erta chiqib ketgan ekan
C. Sultonovning gapini chin yurakdan qarshiladi D. Men Farg`onaning bir chekka qishlog`idanman E. U ham muhabbat zavqidan bahramand bo‘ldi
52.Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchini toping.A.Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin B. Chiniqqanga dard yuqmasC. Kulgu yuzni go‘zal qiladi D. Dardsiz odamdan ijodkor chiqmaydiE. Ko‘rmaganlar ko‘rishni orzu qildilar
53.Ikkinchi darajali bo’lak berilmagan qatorni toping?A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi C) ega D) hol
54.Kesimga bog’lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o’rinini, paytini, holatani. sababini… bildiruvchi bo’lak qanday bo’lak sanaladi?A) hol B)ega C) to’ldiruvchi D) aniqlovchi
55.Vatan to’g’risida kо’p yozdi. Jumlada holning qaysi ma’no turi qo’llangan?
A) payt B) o’rin C) daraja-miqdor. D)sabab
56. Karima derazadan boshini chiqarib, ularga qarab qo‘ydi. Ushbu gapdagi vaziyat holini aniqlang. A) ularga B) qarab C) derazadan D) boshini chiqarib
57. Mahmud majlisda qatnashmagan bo‘lsa-da, topshiriqni bajardi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud? A) sabab holi B) maqsad holi C) vaziyat holi D) to‘siqsizlik holi.
58. .Nilufar a’lochi talaba .Ushbu gapda aniqlovchi qaysi bo‘lakka tobelangan ? A)Ega B)Kesim C)Aniqlovchi D)To‘ldiruvchi
59. Uning Haydar hojiga qanday munosabati bor? Ushbu gapda so‘roq olmoshi qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?A) ega B) to‘ldiruvchi C) hol D) aniqlovchi
60. Qaysi gapda sifatlovchi-aniqlovchi ot-kesimga bog‘langan?A) Odobli va oqil odamlarga nisbatan eng arzimas hazilni ham qila ko‘rmang. B) Hamma qobiliyatlarning sarvari sog‘lom fikrdir. C) Faoliyat bilimlarga olib boradigan yagona yo‘ldir. D) B,C
61. Ibora bilan ifodalangan aniqlovchi qaysi javobda qo‘llangan?A) Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovridan tushdi. B) Boshimiz oqqan tomonga ketaveramiz. C) Xo‘jabekovning g‘ururi lat edi: raislik amaliga tumshuq suqmagan shu mo‘ylov qoluvdi! D) Bunday aniqlovchi hamma javoblarda qo‘llangan.
62. Qaratuvchi-qaralmish birikmasidagi qaralmishga qanday hollarda nimaning? so‘rog‘i berilishi mumkin?A) Qaralmish egalik qo‘shimchasisiz qo‘llansa B) qaralmish 1-shaxs egalik qo‘shimchasini olsa C) qaralmish 2-shaxs egalik qo‘shimchasini olsa D) qaralmish 3-shaxs egalik qo‘shimchasini olsa
63. Qaysi gapda qaratqich-aniqlovchi belgili qo‘llanishi kerak?A) Bolalarimiz kattasi o‘n oltiga qadam qo‘ydi. B) Maktab binosi oldida to‘xtadik. C) Eski uyimiz yonida uch xonali yangi uy qurib oldik. D) Jarang-jurung qadah ovozlari yangradi.
64. Qaysi qatordagi gapda qaratqich aniqlovchi qo‘llangan? A) Ko‘chalardagi yangroq qo‘shiq va do‘mbira sadolari bizni erta tongda uyg‘otib yubordi. B) Mana bu alьbomni o‘quvchilar tayYorlagan. C) Vokzal bayroqlar, rasmlar, gullar bilan bezatilgan. D) Bir xonada, Ergashni keksaroq oriqqina, xushchaqchaq kutib oldi.
65. Aniqlovchini toping.A) Mehmon izzati bilan ulug‘. B) Eshik to‘satdan qattiq taqilladi. C) Qo‘shiqni zavq bilan tingladik. D) Oltinday sariq olxo‘rilar tagiga to‘kilib yotibdi.
66. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi-aniqlovchi qaysi gapda?A) Bir azobning bir rohati bor. B) Supada qator o‘tiribmiz. C) Shu paytda uy eshigi ochildi. D) Zumrad bahorni kim sevmaydi?
67. Aniqlovchi vazifasida kelgan olmosh qaysi gapda qo‘llangan?A) Shularni odam yaratgan. B) Nimadan gap ochishni bilmay turdi. C) Kimning uyi yaqin? D) Sizni nima qiziqtiradi?
68 Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi belgili qo‘llangan?A) Ahli ishq ham boqiy albat, O‘z zamonin zayliga. B) Gul rangin maqtaydi bulbul doimo. C) Yurting osmoni pokiza, bolam. D) A,B,C
69. Aniqlovchi qo‘llangan gapni ko‘rsating. A) Bu qarashlarga, bu jimlikka chiday olmaganday, otilib chiqib ketdi. B) Cho‘pon mollarni o‘tloq tomon haydab ketdi. C) Burgut tezlik bilan pastga qarab o‘qdek otildi. D) Atrof yam-yashil.
70. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi-aniqlovchili gapni toping. A) Oq, qizil, pushti rang gullar quyosh nurida rang-barang tovlanadi. B) Bahorning yoqimli shabadasi kishiga orom beradi. C) Endi tuproq yo‘ldan yurishimizga to‘g‘ri keldi. D) Poyonsiz dalalar oq libos kiydi.
71. Olmosh bilan ifodalangan qaratqich-aniqlovchini belgilang. A) Xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoq o‘tadi. B) Yaxshi kulgi ruhni sog‘lomlashtiradi. C) Odamning guli – hamisha quvnoq odam. D) Bizning butun qadr-qimmatimiz tafakkurda jamlangan.
72. Sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchi qaysi qatorda berilgan?A) Biror marta ham kulmagan kuningiz – siz uchun yo‘qotilgan kun. B) Odamlarning haqiqiy fe’l-atvori kulganlaridagina chinakam namoyon bo‘ladi. C) Hazilning tagida hamisha jiddiy niyat yashiringan bo‘ladi. D) Jonli so‘z mo‘‘jizalar yaratadi.
73 Qaysi gapda aniqlovchi ibora bilan ifodalangan?A) Qizni tashvishga solgan qiyinchiliklar nima bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida yigit uzoq bosh qotirdi. B) Ertalab aytgan gapini kechqurun o‘zi tan olmaydi. C) Hamma bir ovozdan taklifni ma’qulladi. D) Nima ish qilganimni bir chekkadan gapirib beray.
74. –ning qo‘shimchasisiz (belgisiz) bo‘lgan qaratqich aniqlovchi qaysi gapda berilgan?
A) Hatto ko‘pchilik ovoz ham adolat o‘lchovi bo‘lolmaydi. B) Odamlar adolatni sevishlari uchun ularga adolatsizlik oqibatlarini ko‘rsatib turmoq zarur. C) Agar halol ish tutaman desang, ko‘pchilik manfaatini ko‘zla va faqat unga e’tiqod qil. D) A,B,C
75. “Aziz tuyg’ular” turkumiga kiritilgan she`rlarini toping.A. “Men o’tgan umrga” B. “Nevara” C. “Bog’lar qiyg’os gulda” D. B va C
76. Zulfiya o’zining qaysi she`rida bag’rikeng ona xalqini ulug’laydi?A. “Men o’tgan umrga” B. “Nevara” C. “Bog’lar qiyg’os gulda” D. B va C
77. Zulfiyaning she’rlarini ko’rsating. 1. “She’rlar” 2. “Qizlar qo’shig’I” 3. “Nevara” 4. “Uni Farhod der edilar” 5. “Bog’lar qiyg’os gulda” 6. “Hijron kunlarida” 7. “Dalada bir kun” 8. “Men o’tgan umrga” 9. “Tong qo’shig’I” 10. “Yuragimga yaqim kishilar” 11. “Kuylarim sizga” 12. “O’ylar” A. 3, 5, 8 B. 1, 6, 7 C. 8, 11, 12 D. 2, 9, 10
78 Zulfiya “Bog’lar qiyg’os gulda” she’rida tog’day tayanch - “orqa tog’” deganda nimani nazarda tutadi? A. o’zbek xalqini B. farzandni C. ota-onani D. Oqibatni
79. Chiqish kelishigidagi so‘z gapda qaysi sintaktik vazifalarda kela oladi?
A) faqat hol vazifasida B) faqat to‘ldiruvchi vazifasida C) hol va to‘ldiruvchi vazifasida D) hol, to‘ldiruvchi, kesim vazifasida
80. Karima derazadan boshini chiqarib, ularga qarab qo‘ydi. Ushbu gapdagi vaziyat holini aniqlang. A) ularga B) qarab C) derazadan D) boshini chiqarib
81. Mahmud majlisda qatnashmagan bo‘lsa-da, topshiriqni bajardi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud? A) sabab holi B) maqsad holi C) vaziyat holi D) to‘siqsizlik holi.
82. Uning kelayotganini sezmasdan eshikni yopdi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud va u qanday so‘z bilan ifodalangan?A) harakat nomi bilan sabab holi ifodalangan B) ravishdosh bilan sabab holi ifodalangan C) sifatdosh bilan sabab holi ifodalangan D) Ushbu gapda hol qo‘llanmagan
83 1) Paxtani zavq bilan terdim. 2) Paxtani mashina bilan terdim. Gaplarda bilan ko‘makchisi qanday gap bo‘lagi tarkibida ishtirok etgan?A) har ikkala gap tarkibida ham hol tarkibida B) birinchi gapda hol, ikkinchi gapda to‘ldiruvchi tarkibida C) har ikkala gapda ham kesim tarkibida D) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol tarkibida
84. 1. Suvni nimaga quymoqchisan? 2. Sen nimaga kechikding? Ushbu gaplarda nimaga so‘zi qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?A) har ikkala gapda ham aniqlovchi B) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi C) har ikkala gapda ham hol D) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda aniqlovchi.
85. Ovqatni do‘stim bilan edim. Ovqatni ishtaha bilan edim. Ushbu gaplarda bilan ko‘makchisi qanday gap bo‘lagi tarkibida ishtirok etgan?A) har ikkala gapda ham kesim tarkibida B) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi tarkibida C) har ikkala gapda ham hol tarkibida D) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol tarkibida.
86. Vatan uchun to‘kkali, yo‘qmi bir qoshiq qoning? Ushbu gapdagi ravishdoshning sintaktik vazifasini toping. A) maqsad holi B) payt holi C) qo‘shma gapning kesimi D) sabab holi
87. Buvimning hikoyasini zavq bilan tinglardik. Ushbu gapda zavq bilan qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) sabab holi D) vaziyat holi (ravish holi)
88 Chakmonining ikki yonini xurjunga o‘xshatib yelkasiga tashladi-da, shoshmasdan orqaga qaytdi. Gapdagi shoshmasdan so`zi holning qaysi turiga mansub? A) o‘rin holi B) payt holi C) sabab holi D) vaziyat (ravish) holi.
89. Aniqlovchi necha turga bo‘linadi ? A)2 turga B)3 turgaC) 4 turgaD) 5 turga
90. Qaysi sifatlovchili birikmada sifatlovchi sifatlanmishning ma’nosini muayyanlshtirgan?
A)Oq paxta B)Qip-qizil gul S)Chiroyli qiz D)Kechagi ovqat
91.Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. Ushbu gapdagi aniqlovchilarni aniqlang. A)Hulkarning, och jigarrang B)yonoqlarida S)jigarrang D)qizillik
92. Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. Ushbu gapda aniqlovchining qaysi turi qatnashgan ? A)Sifatlovhi aniqlovchi B)Qaratqich aniqlovchi S)Izohovchi aniqlovchi D)Ushbu gapda aniqlovchi ishtirok etmagan
93. Qaratqich aniqlovchi ishtirok etgan gapni toping.
A)Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. B)Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi.
S)Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma . D)O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq
94 Sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan gapni toping.
A)Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. B)Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi.
S)Shu payt ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. D)O‘z onamni elas-elas xotirlayman.
95. Ikkinchi darajali bo’lak berilmagan qatorni toping? A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi C) ega D) hol
96. Kesimga bog’lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o’rinini, paytini, holatani. sababini… bildiruvchi bo’lak qanday bo’lak sanaladi?A)hol B)ega C) to’ldiruvchi D) aniqlovchi
97. Olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi-aniqlovchini toping.
A. Har kimning niyati o‘zining yo‘ldoshi B. Bu o‘lkada har narsa bordir C. Avval o‘z aybingni bil keyin birovdan kulD. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu  E. Kimning ishi to‘g‘ri bo‘lsa u doim bexavotir bo‘ladi.
98..Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qaysi gapda?
A. Bir azobning bir rohati bor B. Supada qator o‘tiribmiz C. Shu paytda uy eshigi ochildi
D. Zumrad bahorni kim sevmaydi E. Qorong‘ida chuqur ho‘rsindim.
99. Sifatlovchi (aniqlovchi) vazifasida kelgan ravishni belgilang.A) Odamni o‘rganmay turib, uning to‘g‘risida yomon gapirish mumkin emas. B) Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o‘g‘lim. C) Ko‘pni ko‘rgan qari dunyoda, Baxt axtarib ko‘plar o‘tdilar. D) Oz so‘z – soz so‘z.
100. O‘zbekistonning jo‘shqin, sho‘x bahori o‘z nafasi bilan cho‘lga gul va ko‘kat sepini yoydi. Ushbu gapda necha so‘z aniqlovchi vazifasida kelgan?A) 4 B) 5 C) 2 D) 6
101. O‘zbekistonning jo‘shqin, sho‘x bahori cho‘lga gul va ko‘kat sepini yoydi. Ushbu gapda necha so‘z aniqlovchi vazifasida kelgan?A) 4 B) 5 C) 2 D) 3
102. Yaxshining yaxshiligi har yerda tegar. Gapdagi aniqlovchi qanday so‘z turkumi bilan ifodalangan?A) ot B) sifat C) otlashgan sifat D) sifatdosh
103. Quyidagilarning qaysi biri qaratqichli birikma hisoblanadi?
A) oltin soat B) yigit husni C) uzum edi D) peshin chog‘i
104 Osmon tiniq, qalin qor bilan qoplangan dalalar ustida yulduzlarning oltin g‘o‘zalari yorqin chaqnaydi. Mazkur gapdagi sifatlovchi-aniqlovchilar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) tiniq, qalin, dalalar B) qalin, qoplangan, yorqin C) qalin, oltin, yorqin D) qalin, qoplangan, oltin.
105. Qaysi gapda hol bilan kesimning odatdagi tartibi o‘zgargan?
A) O‘tov ichida sak qabilalarining oqsoqollari kengash qurib o‘tirardilar. B) Ular muammoni yechish uchun uzoq bosh qotirishdi. C) Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab. D) Yaxshilar diydorini qo‘msaydi ko‘ngil.
106. Badiiy havaskorlik to‘garagi qatnashchilari mashg‘ulotlarga muntazam qatnashmoqdalar. yuqoridagi gap qaysi qatorda gap bo‘laklari bo‘yicha to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) Badiiy havaskorlik to‘garagi qatnashchilari – ega, mashg‘ulotlarga – to‘ldiruvchi, muntazam – hol, qatnashmoqdalar - kesim. B) Badiiy havaskorlik to‘garagi - aniqlovchi, qatnashchilari - ega, mashg‘ulotlarga - to‘ldiruvchi, muntazam qatnashmoqdalar - kesim. C) Badiiy havaskorlik - sifatlovchi-aniqlovchi, to‘garagi – qaratqich-aniqlovchi, qatnashchilari – ega, mashg‘ulotlarga – hol, muntazam – aniqlovchi, qatnashmoqdalar – kesim. D) Badiiy havaskorlik to‘garagi qatnashchilari – ega, mashg‘ulotlarga - to‘ldiruvchi, muntazam qatnashmoqdalar - kesim.
107. Qalbimdan oqmoqda bir daryo qo‘shiq gapidagi to‘g‘ri tartibni aniqlang.
A) Oqmoqda qalbimdan bir daryo qo‘shiq. B) Bir daryo qo‘shiq qalbimdan oqmoqda. C) Bir daryo qalbimdan qo‘shiq oqmoqda. D) Gap tartibi to‘g‘ri.
108. Qaratqich bilan qaralmish qaysi gapda inversiyaga uchragan?
A) Suvi yo‘q anhorning qadri yo‘q. B) Umring sening o‘qilmagan kitobdir. C) Kumush qishdan zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati D) Odob – kishining zeb-u ziynati
109. Hol va kesimning inversiyasi qaysi gapda kuzatiladi?
A) Bilmaganin o‘rganib, odamzod topdi kamol. B) Bir doktor kelganmish Toshkentdan, shuni chaqirishmoqchi. C) Qanchalik hikmat, haqiqat bor ularda! D) Esingdami, Katta Farg‘ona kanalini qurish qanday boshlangani?
110. Gap bo‘laklari odatdagicha joylashgan gapni belgilang.
A) Tanish bu yo‘llar menga B) Tanish menga bu yo‘llar C) Tanish bu yo‘llar menga D) Bu yo‘llar menga tanish
111. “Inversiya” atamasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) Gapda eganing uyushib kelishi B) gapda kesimning fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ifodalanishi C) gapda so‘zlar tartibining o‘zgarishi D) gapda so‘zlarning otlashishi
112. Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar sekin. Mazkur jumla gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan qatorni belgilang.
A) ega, aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, hol, kesim B) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, kesim, hol C) ega, aniqlovchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, kesim D) aniqlovchi, aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, hol, kesim
113. 1. Dunyo dunyo bo‘lib yaraldi qachon? 2. Keltirgan gullaringizning qaysi biri chiroyli? 3. Nima-nima oldingiz?
4. Musobaqada g‘olib chiqqan kim? Berilgan gaplarda so‘roq olmoshlari qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) 1. hol; 2. aniql.; 3. to‘ldiruvchi; 4. ega. B) 1. hol; 2. ega; 3. kesim; 4. aniqlovchi.
C) 1. to‘ldiruvchi; 2. ega; 3. ega; 4. kesim. D) 1. hol; 2. ega; 3. to‘ldiruvchi; 4. kesim.
114. Yurgan - daryo, o‘tirgan - bo‘yra. Maqol qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan?
A) aniqlovchi, kesim, aniqlovchi, kesim B) ega, kesim, ega, kesim C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, ega D) kesim, aniqlovchi, kesim, aniqlovchi
115. Quyidagi gapdagi inversiya qaysi bo‘laklarga oid? Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim.
A) Ega va kesimga oid B) Aniqlovchi va aniqlanmishga oid C) Aniqlovchi va holga oid D) Hol va kesimga oid
116. “Dorini yotishimda ichib olarman” gapidagi harakat nomi qaysi bo‘lak vazifasida qo‘llangan?
A) to`ldiruvchi B) kesim C) o`rin holi D) payt holi
117. Qaysi qatorda ko‘rsatilgan shakl gap bo‘laklarini belgilash uchun asos bo‘la olmaydi?
A) gapda qaratqich kelishigidan so‘z aniqlovchi B) gapda kesimni o‘ziga tobelashtirib, moslashtirib kelgan bosh kelishikdagi so‘z ega. C) Gapda tushum kelishigidagi so‘z to‘ldiruvchi D) gapda jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hol
118. Harakatning bo‘lish o‘rnini bildiradigan hol qaysi gapda qo‘llangan?
A) Bu voqea tun o‘rtasida sodir bo‘ldi. B) To‘raxonov bog‘ o‘rtasiga kirib ketdi. C) Uzoq shahar ustida momaqaldiroq gumburladi. D) Samolyot tog‘ boshiga ko‘tarildi.
119. Saida yolg‘ondan hayron bo‘lib qoldi. Gapdagi yolg‘ondan so‘zi qaysi gap bo‘lagi vazifasida?
A) to‘ldiruvchi B) ravish holi C) hol D) vositali to`ldiruvchi
120. Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq. Ushbu maqol qaysi qatorda grammatik jihatdan to‘g‘ri tahlil qilingan.
A) ketishiga, kelishiga – ega; boqma, boq – kesim; laylakning – aniqlovchi. B) laylakning – aniqlovchi, ketishiga boqma, kelishiga boq kesim C) laylakning ketishiga, kelishiga – ega; boqma, boq – kesim D) laylakning – aniqlovchi; ketishiga, kelishiga – to‘ldiruvchi; boqma, boq – kesim
Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish