Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Hazrati Imom darvozasi.
VIII asrgacha Darvozai Nav (Yangi 
darvoza) deb yuritilgan. So‘ngra buxorolik mashhur ulamo Abu Hafs 
Kabir Buxoriy (767-832) sharafiga Darvozai Imom deb atala 
boshlangan. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Abu Hafs Kabirning 
qabrlari ham shu darvoza yonidagi tepalikda joylashgan. Hazrati 
Imom darvozasi Haqroh deb ham atalgan. Darvozaning balandligi 
11,6 metr, kengligi 13 metr, asosi 1,5 metrni tashkil etgan. Usti 31 ta 
gultojdan iborat bo‘lgan. Guldastalar uch qavatli bo‘lib, u erda 
qorovullar turadigan xona bo‘lgan. Shaharga kiraverishda yo‘lning 
o‘ng tomonida savdo do‘konlari bo‘lib, ularda ot-aravalar uchun 
kerakli anjomlar sotilgan. Yo‘lning chap tomonida esa ombor hamda 
shisha ishlab chiqaradigan korxona hamda yo‘lovchilarni suv bilan 
ta’minlaydigan quduq bo‘lgan. Hazrati Imom yo‘li Samarqand, 
Toshkentga boradigan yo‘lga qo‘shilib ketgan. Bu qadimiy yo‘l 
Arkdan Sitorai Moxi-Xossagacha qayroq tosh bilan terilgan. 2009 -yil 
sentyabr oyidan ushbu darvoza qayta tiklana boshlandi. Qurilish 
ishlarini usta-me’morlar Muzaffar, Ma’mur va Ma’ruf Mirzaevlar 
olib borishdi.
O‘g‘lon 
darvozasi.
 
Buxoroi 
sharifning 
mahobatli 
darvozalaridan yana biri Chorbaqoli yaqinidagi O‘g‘lon darvozasi 
bo‘lgan. Bu darvoza oldida Romitan, Gazli tomonga boradigan katta 
yo‘l joylashgan bo‘lib, shimol tomonda O‘g‘lon mahallasi, janubda 
esa Nog‘orachilar mahallasi joylashgan bo‘lgan. Ularning ko‘plari 
Arkdagi podshohlar saroyida nog‘ora, karnay-surnay chalib, xizmat 
qilishgan. 


143 
Darvozai O‘g‘longa yaqin masjid-madrasa qo‘shilgan holatda 
qurilgan bo‘lib, Avliyo O‘g‘lon Ato qabrlari ham shu erda bo‘lgan. Bu 
erda Xatmi Piridastgir, ya’ni Abdulqodir Giloniy xotirasiga bag‘ishlab 
diniy marosim o‘tkazilgan. O‘g‘lon Ato ulug‘ avliyolardan biri 
bo‘lgan. Bu haqdagi ma’lumotlar 1887-1888-yillarga tegishli vaqf 
hujjatlarida saqlanib kolgan.
1
1948-1950-yillarda O‘g‘lon darvozasi, yonidagi mozor, masjid, 
madrasa buzib tashlanadi. Hozirgi paytda undan nomu nishon 
qolmagan. Darvoza balandligi 11metr, kengligi 13 metr, asosi 1,40 
metrdan iborat bo‘lgan. Ustki qismi 19 ta gultojdan tuzilgan, 
“guldasta”lari uch kator, beshta tuynuk bilan bezatilgan hamda baland 
ravoq arka va qanosdan iborat bo‘lib, kitebasiz
 
qilib qurilgan. Bu usul 
faqat shu darvozaga xos bo‘lib, boshqalarida takrorlanmaydi. 
Darvozadan kiraverishda savdo do‘konlari va baqqollik bozori 
bo‘lgan. 
Talipoch darvozasi.
 
Mazkur inshoot 1557-1598-yillarda – 
Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Buxoroning g‘arbiy qismida 
yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu 
darvozani qurdirgan. Bu darvoza orqali Amirobod, Chorbakr, Jondor, 
Xorazmga borilar edi. Darvoza ikki “guldasta”, arka, ravoq, kanos 
kitebali qilib, usti kungurali gultoj bilan bezatilib, qadimiy qal’a 
devorlariga moslashtirib qurilgan. Zinda fil Ahmad Jomiy qabrlari 
ziyoratgohi ham shu darvoza yaqinida joylashgan. Darvoza 1960-yilda 
usta Aminjon Salomov hamda Mubin Mo‘minov, 2005-yilda esa Soli 
Karimov tomonidan qayta ta’mirlandi. Hozirgi vaqtda Talipoch 
darvozasi yonida Buxoro Markaziy bozori qad rostlagan. 
Shergiron darvozasi.
 
Abdullaxon qurdirgan darvozalardan biri 
SHergiron darvozasidir. Darvoza qurilgan joyda qadimda sherlarni 
saqlaydigai qo‘riqxona bo‘lgan va ular urushda foydalanish uchun 
o‘rgatilgan. Shu bilan birga, podshohlar sherlardan xazina qo‘riqchisi 
sifatida ham foydalanganlar. Podshohlar saroyida sherlar haykali 
o‘rnatilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning 
kitobida yozilishicha, Amiri shahid Ahmad Ismoil as-Somoniy 
hukmdorning bir odati bor bo‘lib, uning saroyida bir sher bo‘lgan. Har 
kecha amir yotadigan eshik yonida sher zanjir bilan bog‘lab qo‘yilar 
1
О.Сухарева. Квартальная община позднефеодального города Бухары (в связи с 
историей кварталов). – Москва: Наука, ГРВЛ. 1976.


144 
edi. Kim u uyga kirmoqchi bo‘lsa, sher uni halok qilar edi. Bir kuni 
amir g‘amgin bo‘lganida uning yaqin kishilari u bilan band (mashg‘ul) 
bo‘lib, sher (qo‘riqchi)ni olib kelish eslaridan chiqqan. Natijada amir 
uxlab yotganida uning qullaridan bir to‘dasi kirib, amirning boshini 
tanasidan judo qilishadi. Bu voqea 914-yil 12 yanvarda sodir bo‘lgan. 
Uni Buxoroga olib kelib, Navkand qabristoniga dafn qilishgan 
(hozirgi Somoniylar qabristoni maqbarasi)
1
. O‘sha davrdan boshlab 
Jondorga boradigan yo‘lda qurilgan darvozani Shergiron darvozasi 
deb ataganlar. XVI asrdan boshlab Shergiron darvozasidan to Mir 
Do‘stim xonaqoh-masjidiga qadar yo‘l ustida yopiq bozor bo‘lib, unda 
sabzavot, meva, sut-qaymoq kabi mahsulotlar kecha-kunduz sotilgan. 
Bu an’ana hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Lekin qadimiy 
SHergiron darvozasi hamda qal’a devori saqlanib qolmagan. 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish