Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Nodir devonbegi xonaqosi 
Vazir nomi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir inshoot Nodir 
Devonbegi madrasasidir. Aslida karvonsaroy vazifasida qurilgan 
inshootning boshqa madrasalardan farqli jihati miyonsaroyning 
mavjud emasligida. Bundan tashqari, asli boshqa maqsadda barpo 
etilgan madrasada dars xonalar, masjid, xos ayvonlar mavjud emas. 
Aslida yuqorida sanalganlarning hammasi o‘quv binolari uchun 
xarakterli sanalgan.
1
История Бухары. Под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.- Б. 119.


173 
Nodir devonbegi madrasasi 
Bino 1622-1623-yillar oralig‘ida barpo etilgan. E’tiborli tomoni 
shundaki, Nodir Devonbegi madrasasi peshtoqidagi quyoshga tomon 
uchayotgan qush tasviri berilganligi 1437-yilda Ulug‘bek uchun 
tayyorlangan jadvalda keltirilgan burjlarning berilganligi bilan 
izohlanadi
1
. Ayrim manbalarda bunday tarzda ifodalanish ikki xil 
talqin qilinadi va ikkalasi ham islom dini kirib kelishidan oldingi 
mazmunni, ya’ni munajjimlikni ifodalaydi
2
. Madrasa hovuzning 
sharqiy tomonida joylashgan bo‘lib, xonaqo bilan birgalikda qo‘sh 
uslubni eslatadi. Madrasaga aylantirilgan karvonsaroyning tarhidan 
shuni bilish mumkinki, unda madrasa uchun xos bo‘lgan o‘quv zali 
uchramaydi
3
. Shuningdek, uning ichki qismida qo‘shimcha 
peshtoqlari mavjud emas. Qiziqarli jihati shundaki, madrasa va 
xonaqo deyarli bir davrda qurilgan va har ikkalasida ham mozaikadan 
foydalanilgan. Biroq ulardagi mozaikalar bir-biridan farq qiladi. 
1
Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней Азии. - Москва: 
Искусство, 1982. – Б. 148.
2
Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси. - Тошкент: Шарқ, 1997. - Б. 106.
3
Всемирная история архитектуры. Под ред. Н. В. Баранова. В 12 томах. Т.8. - Москва: 
Издательство литературы по строительству, 1969. – Б. 325.


174 
Masalan, xonaqo peshtoqidagi kitoba mayolikali mozaika uslubida 
bajarilgan bo‘lsa, madrasa binosida geometrik mozaikani
1
uchratamiz.
Shuningdek, Devonbegi nomi bilan ataladigan hovuz
2
5 metr 
chuqurlikka ega bo‘lib, sakkiz qirrali ko‘rinishga ega. Uning uch 
tomoni me’moriy yodgorliklar bilan o‘ralgan bo‘lib, faqatgina janubiy 
– Shohrud kanali va savdo ko‘chasiga ro‘para ko‘chasi ochiq 
qoldirilgan xolos. Mazkur hovuz shu hududda saqlanayotgan hovuzlar 
ichida kattalaridan biri hamda me’moriy ansamblning ajralmas qismi 
sanaladi. Zeroki, shahar markazidagi ushbu ansamblning nomi ham 
bevosita u bilan bog‘liq. Hovuzlar asosan yaqin oradagi aholini 
ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasini bajargan. Ularning atrofi 
doim meshkoblar bilan to‘la bo‘lgan. Bu XX asr boshlarida chet ellik 
fotograflar tomonidan olingan suratlarda ham o‘z aksini topgan.
Ashtarxoniylar davriga kelib monumental qurilishlar kamaysa-
da, shaharning markaziy qismlarida vujudga kelayotgan ansambllar 
o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turavergan. Jumladan, Labi Xovuz 
ansambli fikrimiz isboti. Abdulazizxon madrasasi bunyod etilishi 
bilan Buxoroda qo‘sh madrasalar soni yana bittaga ortgan. Bundan 
tashqari, 1617-yilda Registon maydonida Poyandabiy masjidi barpo 
etiladi
3
. 1637-yilda esa Mag‘oki Ko‘rpa masjidi qad rostlagan. 
Hukmdor qarorgohi sanalmish Ark qo‘rg‘onida joniylar hukmronligi 
davrida ko‘plab inshootlar qad ko‘targan. Bu haqda Nosirxon 
To‘raning “Tahqiqoti Arki Buxoro” kitobida etarlicha ma’lumotlar 
uchraydi
4
. Masalan, Abdulazizxon davrida barpo etilgan 
Marosimxona binosi, Subhonqulixon davrida qad ko‘targan Jome’ 
masjidi binolari shular jumlasidandir. 
XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi 
shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir 1619-1635-
yillarda Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida, vayron 
etilgan xonaqoh
5
o‘rnida SHerdor madrasasini, 1646-1659-yillarda 
Tillakori masjid-madrasasini barpo ettiradi. Samarqand Registon 
ansambli o‘zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor 
1
Ўзбекистон тарихий обидаларидаги битиклар. Бухоро/ Муаллифлар жамоаси. -
Тошкент: Uzbekistan Today, 2016. -Б. 538
2
Б.В. Вейрман. Искусство Средней Азии. -Москва-Ленинград: Искусство, 1940.-С. 104.
3
История Бухары, /АН РУз, под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.-С. 121
4
Андреев М.С, Чехович О.Д, “Арк Бухары”. -Душанбе: Дониш, 1972.-С. 14
5
Регистон
.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси -Тошкент: Ўзбекистон Миллий 
Энциклопедияси /www.ziyouz.com кутубхонаси
.


175 
peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchiligining 
noyob tarixiy yodgorligi sanaladi.
XVII 
asrning 
60-yillaridan 
Buxoro 
siyosiy 
kurashlar 
maydoniga aylanib boraverishi natijasida uning madaniy va iqtisodiy 
ahamiyati biroz pasaygandek bo‘ldi
1
. O‘sha davrda Eronga tashrif 
buyurgan polyak elchisi kuzatuvlariga qaraganda, Abdulazizxon “turli 
fan sohalarida, ayniqsa, matematika sohasida olim odam” bo‘lgan. U 
forslarga tez-tez o‘z kuchini his qilish imkoniyatini berardi
2
. Shu 
o‘rinda yana bir ma’lumot, qolgan ashtarxoniy hukmdorlar singari 
Abdulazizxon ham ijod kishisi sanalgan. Jumladan, u “Aziziy” 
taxallusi bilan she’rlar bitgan
3
. Shuningdek, u nasx va nasta’liq xatida 
yozishni, maktub va insho mashqini zamonasining eng sara 
allomalaridan o‘rgangan edi. Keyinchalik oliy hukmdor darajasiga 
etishganda, Hindiston, Eron va Rumga xoh turkiy, xoh forsiyda 
bo‘lsin, noma bitilarkan, ularni o‘zi tahrir qilib, yoqmasa boshqatdan 
o‘zi yozarkan
4

Abdulazizxon hukmronligi davrida me’morchilik sohasiga 
alohida e’tibor qaratilib, Buxoroda o‘z nomi bilan va Volidai 
Abdulazizxon, Samarqandda Tillakori madrsalarini barpo ettiradi. 
Ular orasida tashqi peshtoqi muqarnasi betakror sanaladigani bu 
Buxoro shahridagi Abdulazizxon madrasasi sanaladi. O‘rta osiyo 
mem’orchiligining XVII asrdagi g‘oyat ulkan me’morchilik namunasi 
haqida Pugachenkova hamda Rempelning “Ocherki iskusstva Sredney 
Azii” kitobida etarlicha ma’lumot berilgan. Shuningdek, hukmdor o‘z 
davrida qo‘lyozmalar kutubxonasini tashkil etadi. Abdulazizxon 
tomonidan barpo etilgan Mirakon, Bozori Go‘sfand, Xiyobon 
madrasalarining ayrimlari bizning davrimizgacha etib kelgan.
1
История Бухары, /АН РУз, под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.-С. 113
2
Витсен Н. Северная и Восточная Тартария, включающая области, расположенные в 
северной и восточной частях Европы и Азии./ Николаас Витсен; пер. с гол. яз. В. Г. 
Трисман; ред. и науч. рук. Н. П. Копанева, Б. Наарден. -Амстердам: Pegasus, 2010. -С. 
186
3
Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000,-Б.271.
4
Мухаммад Юсуф Мунши. Муким-ханская история / Перевод с таджикского, 
предисловие, примечания и указатели А.А.Семенова. -Ташкент: Изд-во АНУзССР, 
1956. -С. 109


176 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish