Buxoro tarixi


Oliy hukmdorlar va Jo‘ybor xo‘jalari



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

 
8.2. Oliy hukmdorlar va Jo‘ybor xo‘jalari
Shayboniylar sulolasi vakillari Buxoro xonligini boshqargan 
XVI asrning o‘rtalariga kelib vaziyat taranglashgan va taxt uchun 
kurashlar maydoniga bir nechta Shayboniy shahzodalar tushishgan. 
1
Прием в России и отпуск среднеазиатских послов в XVII и XVIII столетиях. Составил 
Н.Веселовский. 
-Спб.,1884. -С.17
2
Васильев А. Знамя и меч от падишаха. -Москва: Институт востоковедения РАН, 2014. 
-С.93
3
Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000,-Б.277.
4
Бўрибой Аҳмедов. Ўзбекистон халқлари тарихи манбалари. -Тошкент: Ўқитувчи, 2001. 
-Б. 232
5
Зияев А. Х. «Силсилат ас-салотин» как исторический источник. /Автореферат. –
Ташкент: 1990. -Б. 16


166 
Ubaydullaxonning 
vafotidan 
keyin 
kechgan 
davrda 
hattoki 
mamlakatda qisqa muddatga bo‘lsin ikkita xon bo‘lgan. Biroq bunday 
vaziyat uzoq davom etmaydi. Samarqandda hukmdorlik qilgan 
Baroqxon Buxoroni zabt etganda taniqli jo‘ybor shayxlaridan biri 
Xo‘ja Islom uning hokimiyatini tan olmaydi
1
va o‘z shogirdi 
Iskandarxonning o‘g‘li Abdullani taxtga o‘tqazishga qaror qiladi.
Jo‘ybor xo‘jalari o‘zlarini islom dinini targ‘ib qilish uchun 
Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo 
avlodi deb hisoblaganlar. Ulardan Abu Bakr Sa’dga va uning 
avlodlariga somoniylar davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan 
mansab beriladi
2
. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida ham ularning 
kelib qolish tarixi bayon etilgan. Ularning faoliyati, kelib 
chiqishi,jamiyatda tutgan o‘rni to‘g‘risida Hofiz Tanish Buxoriyning 
“Abdullanoma” (XVI asr), Husayn as Saraxsiyning “Manoqibi 
Sa’diya” (XVI asr), Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” 
(XVI asr), Muhammad Tolibning “Matlab ut-tolibin” (XVII asr), 
Do‘stmuhammad Buxoriyning “Jo‘ybor al-asror” (XVII asr), 
kitoblarida ma’lumot berilgan. 
XVI-XVII asrlarda mamlakat siyosiy hayotida, markaziy 
hokimiyatni kuchaytirish yo‘lidagi kurashlarda va hattoki ichki va 
tashqi siyosatda diniy ulamolar, ruhoniylarning bevosita ta’siri 
bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Zero, ularning vakolatlari Shayboniylar 
davrida qudratli tusga kirib, Jo‘ybor xo‘jalari va Abdullaxon II orasida 
olib borilgan yozishmalar ham ilmiy o‘rganishda asosiy manbalardan 
biri bo‘lib hisoblanadi. Jo‘ybor xojalarining ta’siri Ashtarxoniylar 
sulolasi hukmronligi yillarida ham sezilarli mavqega ega bo‘lgan. 
Jo‘ybor xo‘jalari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi yo‘lida ham 
xizmat qilishgan. Masjid va madrasalar qurilishi ular tomonidan 
amalga oshirilgan ishlar sirasiga kiradi. Ko‘rilayotgan davr nuqtai 
nazaridan olib qaralganda, ular nafaqat davlatning diniy va dunyoviy 
ishlarida qatnashishgan, balki ichki va tashqi savdoda ham faol 
bo‘lganlar. Bunga misol tariqasida 1625-yilda Jo‘ybor xo‘jalaridan 
Abdurahimxo‘janing Hindistonga elchi qilib jo‘natilishini ko‘rsatish 
mumkin 
3

1
Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ 1997,-Б. 56.
2
Жўйбор хожалари
.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси -Тошкент: Ўзбекистон 
Миллий Энциклопедияси /www.ziyouz.com кутубхонаси
.
.
3
Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ, 1997,-Б. 57.


167 
Imomqulixon faoliyatida Jo‘ybor xo‘jalariga munosabat alohida 
o‘rin tutardi. U bu xonadon ijtimoiy salohiyatini hisobga olgan holda 
xonadon vakillari bilan yaxshi aloqa o‘rnatadi. O‘z singlisini Jo‘ybor 
xo‘jalari vakili Xo‘ja Tojiddinga (1574-1646) nikohlab berib, xon 
saltanati mavqeini mustahkamlashga harakat qildi. O‘z navbatida 
Xo‘ja Tojiddin iltimoslarini ham erda qoldirmasdi. Ba’zan ohu ovi 
bilan mashg‘ul bo‘lgan Imomqulixonning bir bor ovi baroridan 
kelmadi. Bundan darg‘azab bo‘lib o‘z lashkarlariga ov qilinayotgan 
hudud atroflarida yashayotgan aholining mol-mulkini talashga 
buyurdi. Lekin Xo‘ja Tojiddin aralashuvi bilan aholi mol-mulki 
g‘oratdan saqlab qolindi. Ayrim davlat lavozimlariga odam 
tayinlashda Imomqulixon Xo‘ja Tojiddin maslahatlarini olib turgan. 
Nadrmuxammadxon (1642-1645) xukmronligining so‘nggi 
yillarida Buxoroning e’tiborli zotlaridan Xo‘ja Tojiddin Jo‘yboriy 
bilan xon o‘rtasidagi munosabatlar sovuklashdi. Xo‘ja Tojiddin xatto 
uzining 
tungich 
farzandi 
Muxammad 
Yusuf 
Xo‘jaga 
Nadrmuxammadxon bilan aloka kilishni ta’qiqlaydi va u bilan Balxga 
bormaslikni maslahat beradi. Zero, Nadrmuxammadxonga karshi fitna 
uyushtirilayotganidan Xo‘ja Tojiddin vokif edi. 1645-yilga kelib 
amirlarning nizolari avjga chiqdi. Nizolar tepasida amir Boqi turardi. 
Nadrmuhammadxon amirlar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf kilish uchun 
ular ustiga o‘g‘li Abdulazizxonni yubordi. Rahimbek, Sevinch-biy, 
Muhammadyor-biy kabi amirlar Abdulazizxonga uni otasi o‘rniga xon 
kilib ko‘tarmoqchi ekanliklarini, agar bunga rozi bulmasa, har 
ikkalasini ham Buxorodan badarg‘a qilmokchi ekanliklarini aytishdi. 
Abdulazizxon ularning shartlarini qabul qilib o‘zini Buxoro xoni deb 
e’lon qildi. Uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi. Xo‘ja Tojiddin 
Jo‘yboriy Abdulazizxonning taxtga chiqish marosimida ishtirok etdi. 
Ya’ni Arkka borib davlat xazinasini ochdi va hukmdorga shohona 
liboslar kiydirish marosimini boshqardi. YAngi sohibi toj, ya’ni 
Abdulazizxon otasiga maktub yullab, bo‘lib o‘tgan hodisa uning 
xohish-irodasiga zid ravishda sodir bo‘lganligini ta’kidladi va undan 
kechirim so‘radi. Toj-taxtdan ajragan Nadrmuhammadxon Marv 
tomonga yuzlandi va boburiy Shohjahondan (1627-1658) yordam 
so‘rashga majbur bo‘ldi. Marvga etganda u «Meni Hazrat Eshon 
(Xo‘ja Tojiddin) Buxorodan badarg‘a kildilar», degan ekan. 
Abdulazizxonning(1645-1680) Buxoro taxtini egallashiga 
Xo‘ja Tojiddin Jo‘yboriyning aralashuvi Abdulazizxon zimmasiga 


168 
o‘zi mansub bo‘lgan Jo‘yboriylar xonadoni vakillariga nisbatan 
muayyan mas’uliyat yuklardi. SHu mas’uliyatdan kelib chiqqan holda, 
u jamiyat e’tiborida bo‘lgan Jo‘yboriylarga yaxshi munosabatda bo‘ldi 
va oldingi hukmdorlar tarafidan o‘rnatilgan Jo‘yboriylar bilan 
chambarchas aloqa olib borish an’anasini davom ettirdi. 
Abdulazizxon Buxoro xoni deb e’lon qilingan o‘sha suronli 
kunlarda Samarqanddan Buxoroga otlangan yangi xonni, ya’ni 
Abdulazizxonni kutib olish va uni muborakbod etish uchun Xo‘ja 
Tojiddin Jo‘yboriy uning istiqboliga chiqib, Zanjirsaroy mavzeida xon 
bilan uchrashadi. Bo‘lib o‘tgan muloqotda har ikkala tomon ham bir-
biriga iltifotlar ko‘rsatishdi.
Hayitlarda 
Abdulazizxon 
tomonidan 
Xo‘ja 
Tojiddin 
Jo‘yboriyga alohida hurmat ko‘rsatilib, uni xonning yoniga 
o‘tqazishardi. Xon saroyidagi oliy majlislar ham Xo‘ja Tojiddin 
ishtirokisiz o‘tmasdi. Xo‘ja Tojiddinning tashrifi Abdulazizxon uchun 
alohida mamnuniyat baxsh etgan.
Jo‘ybor xo‘jalarining boshqa bir vakili – Muhammad Yusuf 
Xo‘ja (1593-1651) bilan Imomqulixon munosabatlari juda yaxshi edi. 
Unga Imomqulixon tomonidan ko‘plab in’omlar qilingan. Lekin 
xo‘jazodalarning boshqa bir vakili Abdurahimxo‘ja
(1575-1628) bilan 
Imomqulixon o‘rtasida o‘zaro kelishuv amalga oshmadi. Ular 
o‘rtasida yuz bergan ixtilof oqibatida Abdurahimxo‘ja hajga ketishga 
majbur bo‘ladi, Mol-mulki esa Imomqulixon buyrug‘i bilan musodara 
qilinadi. Uning tashabbusi bilan Sumitanda boshlangan madrasa 
qurilishi oxiriga etkazilmay qoldi va g‘ishtlari turli maqsadlarda tashib 
ketildi. 
Sulola namoyandasi Ubaydullaxon davriga kelib, mamlakatda 
avj olib ketgan o‘zaro kurashlar va ichki nizolar Jo‘ybor xo‘jalariga 
ham ta’sir qilmay qolmadi. Hukmdorning o‘tkazgan islohotlari 
natijasida yuqori tabaqa vakillarini siqib chiqarish, hattoki ularning 
soliq to‘lash daxlsizligi singari huquqlarining poymol etilganligi 
hodisasi fikrimiz dalili. Vaholanki, Jo‘ybor xo‘jalarigi nisbatan 
amalga 
oshirilgan 
bunday 
qaltis 
siyosat 
vaziyatni 
yanada 
murakkablashtirgan. Mamlakatda sodir bo‘layotgan og‘ir inqirozlar, 
siyosiy nizolar va o‘zaro urushlar natijasida ular o‘zlarining avvalgi 
mavqe’larini yo‘qota boshlaganlar.
Buxorodan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Chor-Bakr majmuasi 
qad ko‘targan bo‘lib, bu erda bir qator ulug‘lar va avliyolar dafn 


169 
qilingan. Majmua masjid, madrasa, xaziralar, minora, saqoxona va 
yirik qabristondan iborat. Ziyoratgohga o‘z vaqtida katta vaqf erlari 
ajratilgan bo‘lib, ularga xo‘jalarning merosxo‘rlari egalik qilishgan va 
bu erlar ular xo‘jaligining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. 
Mustaqillik yillari Buxoroning boshqa tarixiy obidalari qatorida ushbu 
majmua ham qayta ta’mirlandi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Jo‘ybor xo‘jalarining ko‘p 
asrlik tarixini, ularning ilm-fan ravnaqiga qo‘shgan hissalaridan tortib 
mol-mulklarini ezgulik ishlariga sarflaganliklarini Narshaxiy, Iso ibn 
Muso, Muhammad Avfiy, Ahmad ibn Mahmud kabi o‘nlab allomalar 
ijodida ko‘rishimiz mumkin. SHuningdek, rus olimlaridan 
V.L.Vyatkin, P.P.Ivanov, O.Suxareva, g‘arb olimlaridan Robert 
Mekch, F.Shvars, o‘zbek olimlaridan B.Ahmedov, H.To‘raev, 
K.Kattaev, S.Husenov va I.Rajabovalar birmuncha tadqiqot ishlarini 
amalga oshirganlar
1


Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish