Buxoro tarixi


P.Yakovlev tomonidan tuzilgan Buxoro shahri xaritasi. 1842 yil



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

P.Yakovlev tomonidan tuzilgan Buxoro shahri xaritasi. 1842 yil. 
P.I.Lerx arxivida saqlangan Buxoro shahri xaritasi. 1857 yil. 


194 
 
Parfyonov-Fenin tuzgan Buxoro shahri xaritasi. 1910 yil. 
Mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan bu 
muassasaga barcha siyosiy iqtisodiy, harbiy masalalar yuzasidan amir 
hukumati bilan munosabatda bo‘lish, amir va uning vazirlari ustidan 
nazorat o‘rnatish, Zarafshon daryosining suv taqsimoti bilan 
shug‘ullanish, Buxoro-Afg‘oniston chegaralarini kuzatib turish, 
Buxorodagi rus qarorgohlarida gazetalar va teatr p’esalari ustidan 
nazorat o‘rnatish huquqlari berildi. Siyosiy agent chor Rossiyasining 
rasmiy doimiy vakili bo‘lib, Peterburg va Toshkentning Buxoro 
hukumati bilan qiladigan barcha aloqalari shu agent orqali o‘tar edi. 
Siyosiy agent, shuningdek, Buxoro amirligini o‘zining ichki bozoriga 
aylantirishga intilgan rus sarmoyadorlari manfaatlarini ko‘zlab, 
bojxona tizimi, sanoat, temiryo‘l, pochta-telegraf ishlarini to‘la o‘z 
nazoratiga oldi. XX asr boshlariga kelib amirlik hududida paxta, 
qorako‘lteri sotiladigan bozorlar joyini belgilash kabi amirlikning 
mutlaqo ichki ishi hisoblangan masalalarga ham aralasha boshladi. 
1917-yil Rossiyadagi Fevral’ inqilobidan so‘ng agentlik nomi 
o‘zgartirilib Rossiya vakolatxonasiga aylantirildi.
Amir Abdulaxadxon hukmronligining so‘nggi yillarida siyosiy 
vaziyat birmuncha keskinlashdi, buni 1910-yil yanvar voqealari 


195 
misolida ko‘rishimiz mumkin: Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9-
yanvar’ kuni O‘g‘lon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada o‘zlarining 
motam marosimlari-«shaxsey vaxsey» o‘tkazayotganliklarida sunniy 
mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan kuladilar. Bundan 
g‘azablangan shialar bir mullavachchani o‘ldiradilar va uchtasini 
qamattiradilar. Sunniylarning vakillari amirning arkiga kelib qushbegi 
Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va qamalganlarni ozod qilishni 
talab qiladilar. Qushbegi yig‘ilganlarni haydab yuboradi. Shundan 
so‘ng aholi registon maydoniga to‘planib, yana o‘z talablarini qo‘yadi. 
O‘zi shialardan bo‘lgan qushbegi yig‘ilganlarga qarshi sarbozlarni 
yuboradi va ikki o‘rtada jang boshlanadi. Bozorda ham sunniylar bilan 
shialar o‘rtasida janjal ko‘tariladi. Sunniylar qo‘lga tushgan narsalar 
bilan qurollangan edi. Xiyobon madrasasi atrofida shialarning hujumi 
to‘g‘risida xabar keladi, yig‘ilgan olomon o‘sha tomon yo‘l oladi. 
Sarbozlar olomonning yo‘lini to‘sadi. Sodir bo‘lgan jangda 
sunniylardan 240 kishi o‘ldirilgan. Shundan so‘ng sunniylar butun 
shaharga tarqalib, duch kelgan shialarni qira boshlaganlar. Bu 
xunrezlik 10-11-yanvar kunlari davom etadi. 
Qushbegi Rossiyaning siyosiy agentligiga yordam so‘rab 
murojaat qiladi. 11-yanvarda Samarqand va Kattaqo‘rg‘ondan 
polkovnik Panov rahbarligida o‘qchi rota, kazaklar sotnyasi 4 
pulemyot bilan keladi. Fojia haqidagi xabar Rossiya poytaxtigacha 
etib boradi, P.A.Stolipinning buyrug‘i bilan xunrezlikni oldini olish 
uchun I Turkiston armiyasi korpusi shtabining boshlig‘i general mayor 
Liliental’ etib keladi. Karmanada yashayotgan amir Abdulahad 
Buxoroga o‘zi kelishga jur’at qilolmay, o‘g‘li (taxt vorisi) Said 
Olimxonni jo‘natadi. Sunniy xalq qushbegi Ostonaqulni, Said Olim va 
Mirob Olim to‘qsobalarni hamda xalqqa jabr zulm o‘tkazgan bir qator 
shia amaldorlarini vazifasidan chetlashtirish, bundan so‘ng ularni 
davlat ishlariga aralashtirmaslikni talab qiladi. Bu talablar qondiriladi. 
SHaharda osoyishtalik hukm sura boshlaydi, 15-yanvarda sunniy va 
shia mazhablari vakillarining yarashish uchrashuvi tashkil etiladi, 
Shundan so‘ng rus qo‘shinlari shahardan olib chiqiladi. 
Bu xunrezlikda shahar hunarmandlari, ishchilar, mayda 
savdogarlar, mullavachchalar, ruhoniylar va boshqalar qatnashadi. 
Xunrezlik haqidagi xabar amirlik tumanlaridagi aholini ham 
junbushga soladi. Yanvar fojialarida umumiy hisoblarga qaraganda 
mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Bu xunrezlik amirlik va 


196 
mustamlakachi Rossiya ma’murlarini vahimaga solib qo‘ygan. Ushbu 
voqealar XX asr boshlarida amirlikdagi siyosiy vaziyat qanchalar 
keskinlashganini ko‘rsatadi. 
Amir Abdulahad vafotidan keyin taxtga o‘tirgan uning o‘g‘li 
Said Olimxon (1910-1920) Peterburgdagi Nikolaev korpusida ta’lim 
olgan edi. Hokimiyat tepasiga kelgunga qadar u Qarshi va Karmana 
bekliklarida bek lavozida faoliyat ko‘rsatadi. Uning davrida Buxoro 
amirligining Rossiya imperiyasiga qaramligi yanada kuchaydi. Said 
Olimxon o‘z hukmronlik davrida iqtisodiy masalalarga alohida e’tibor 
qaratib, bir qator yutuqlarga erishadi. Jumladan, amirlik hududida 
hissadorlik jamiyatlari, banklar, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari 
tashkil etiladi. Olingan daromadlar temir yo‘l, aloqa va maishiy 
xizmat ko‘rsatish sohalariga ajratilgan.
Amirlikdagi demokratik harakatlar mahsuli matbuotchilik 
sohasining kirib kelishida namoyon bo‘ladi. Mirzo Sirojiddin 
homiyligida 1912-1913-yillarda chop etilgan va Buxoro jadidlari 
organi hisoblangan “Buxoroi sharif” gazetasi demokratik g‘oyalarni 
targ‘ib etuvchi qurol bo‘lib xizmat qildi. 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish