Qoraqalpoqlar
Qoraqalpoqlar - Oʻrta Osiyodagi xalq;
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida
yashaydi (504 301 kishi, 2000-yillar
oʻrtalari).
Shuningdek, Oʻzbekistonning Fargona.
Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida,
qoʻshni Turkmaniston, Qozogistonda,
Rossiyada. Afgʻonistonda, Eronda bir
necha ming Q. yashaydi. Qoraqalpoq
tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy
musulmonlar. Milodiy 2-asr oxiri — 4-
asrlarda Orol boʻyi choʻllariga Sharqdan
hunlar, 6—8-asrlarda esa turkiylar kelib
mahalliy qabilalar bilan qisman aralashib
ketgan. Mana shu etnik negizda Orol boʻyi
ilk oʻrta asr xalqtari — bijanaqlar va
oʻgʻuzlarning shakllanish jarayoni
kechgan, ularning muhi-tida 8—10-
asrlarda Q.ning ham shakllanishi
boshlangan. 10-asr boshida
bijanaqlarning bir qismi Gʻarbga, Jan. rus
choʻllariga ketgan; Kiyev Rusi hududiga
kelib joylashgan qabilalar rus yil-
nomalarida "chyornne klobuki" ("qora
qalpoqtar") deb nom olgan. Volga-Ural
oraligʻida qolgan bijanaklarning sharqiy
qismi Irtish havzasidan kslgan
qipchoqtar bilan asta-sekin aralashib
ketgan, ularning tilini qabul qilgan.
Manbalarda qipchoq urugʻ-qabila
ittifoqida "Q" atamasiga mos keluvchi
"qora boʻrkli" etnonimi uchraydi.
Moʻgʻullar istilosi davrida Rashididdin
asarida "qavmi kulahi siyah" nomi bilan
qayd etilgan. Chingizxon bosqini
oqibatida Q. Gʻarbga — Volga boʻylariga,
Sariqamish, Oʻzboʻy va Amudaryoning
quyi oqimi boʻylariga koʻchishga majbur
boʻlganlar.
Q. yarim oʻtroq hayot kechirib, sugʻorma
dehqonchilikni chorvachilik (ayniqsa,
qoramol) va baliq ovlash bilan qoʻshib
olib borganlar. Q.ning aksariyat qismi 16
—18-asrlar oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta
va quyi oqimi boʻylari (Turkiston, Jankent,
Chirikrabot) hamda bir qismi Orol
mintaqasida (Qoʻngʻirot, Shohtemir
shahri) yashashgan. Biroq Yoyiq va Emba
daryolari boʻylarida ham Q. istiqomat
qilganliklari haqida maʼg lumotlar bor.
1743 yil qozoq xoni Abulxayrxon Q.ga
hujum qilgan, natijada sirdaryolik Q.ning
asosiy qismi 18-asrning 2-yarmida
Sirdaryodan uning gʻarbyy irmogi —
Janadaryoga koʻchgan. 18-asr oxirida
Xiva xonlari Q.ni tobe etishga faol
harakat qilishgan va oqibatda 1811 yil
ular boʻysundirilib, Q.ning asosiy qismi
Amudaryo havzasiga koʻchirilgan. Xiva
xonlariga qarshi Q. bir necha marta
(1827, 1855-56, 1858-59 yillar) bosh
koʻtargan. 1873 yil Chor Rossiyasi istilosi
natijasida oʻng qirgʻoq Amudaryodagi Q.
Rossiyaga qoʻshib olingan. Bu yerda
Amudaryo boʻlimi tuzilgan, Turkiston
generalgu-bernatorliginint Sirdaryo
viloyati tarkibiga kiritilgan. Soʻl qirgʻoqda
yashovchi Q. Xiva xonligi tasarrufida
qolgan. Oʻrta Osiyoda shoʻrolar
hokimiyati oʻrnatilgach, soʻl qirgʻoq va
oʻng qirgʻoq Q.i Qoraqalpogʻiston
avtonom oblastini tuzgan. 19-asr — 20-
asr boshida Q.da xoʻjalik, ijtimoiy va
oilaviy hayotda urugʻ-qabila tizimi va
patriarxal-urugʻchilik munosabatlari
qoldiqlari saqlanib qolgan. Rasmiy din —
islomdan boshqa koʻpgina qad. diniy
eʼtiqodlar mavjud boʻlgan (yana q.
[[
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Soʻnggi tahrir 1 oy avval Khorazmiy tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Qoraqalpoqlar&oldid=2181999
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |