O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX VA MADANIY MEROS FAKULTETI
BUXORO TARIXI KAFEDRASI
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN
KURS ISHI.
Mavzu:”Sohibqiron saltanati davrida Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati”.
5120300-“Tarix mamlakatlar va yo’nalishlar”
Bajardi:2-kurs Tarix mamlakatlar va mintaqalar. Ro’ziyev Rahmatillo
Ilmiy rahbari:
Topshirgan sanasi:
Himoya qilgan sanasi:
Baho:
Buxoro-2022
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………3
I-BOB. BUYUK IPAK YO’LINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI.
I.1. Buyuk Ipak yo’lining tarixiy shakllanishi va yo’nalishlari…….8
I.2. Buyuk Ipak yo’lining manbashunosligi………………...……...23
II-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUYUK IPAK YO’LINING AHAMIYATI.
II.1. Sohibqiron va uning vorislari davrida Buyuk ipak yo’li shuhratining ortishi……………………………………………………39
II.2. Amir Temur va Temuriylar davrida Buyuk Ipak yo’lidagi davlatlararo aloqalar…………………………………………………...44
XULOSA…………………………………………………………….52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………54
KIRISH
Kurs ishi mavzunsining dolzarbligi. Bugungi kunda jahon miqyosida savdo yo’llari miqyosida qiziqish o’sib bormoqda. Bu albatta. Bevosita zamon talablari bilan bog’liq. Zero, dunyoda iqtisodning globallashuvi jarayoni avj olib ketayotgan ayni paytda barcha katta va kichik mamlakatlar jahon bozorlariga shu qadar bog’lanib qolganki,bularsiz iqtisodiy rivojlanishni tasavvur etish qiyin.Bu bog’lanishni mamlakatlararo o’tgan yo’lsiz amalga oshirib bo’maydi.Bu jihatdan ko’pgina mamlakatlar Buyuk ipak yo’liga ozmi-ko’pmi aloqador hisoblanadi. Xususan, o’rta asrlarda hukmronlik qilgan Amir Temur saltanatida ham bu yo’lga e’tibor katta bo’lgan. Amir Temur va uning vorislari davrida ham bu yo’lga katta e’tibor berilganligining sababi mamlakat iqtisodiyotini, xususan, o’zga mamlakatlarning ijobiy xususiyatlarini, masalan , boshqa joylarning boy madaniyati (me’morchilik, ilm-fan,hunarmandchilik, qurolsozlik va boshqalar) ni qabul qilib o’z yurtini rivojiga hissa qo’shgan. Yana shuni alohid ta’kidlab o’tish joizki, dengiz bilan bevosita bog’lanmagan Temuriylar saltanatining Markaziy Osiyo (O’zbekiston) uchun Buyuk ipak yo’li nihoyatda ahamiyatli bo’lgan .
Shu ma’noda birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’biri bilan aytganda : “Mustaqillik yillarida bosib o’tgan yo’limiz va to’plagan tajribamizni holisona baholash, qo’lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma bosqich rivojlantirish bo’yicha biz tanlagan yo’l naqadar to’g’ri ekanini va shu yo’ldan bundan buyon ham og’ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko’rsatmoqda”.1
Shuning uchun Sohibqiron saltanati davridagi Buyuk ipak yo’lining ahamiyati ne chog’lik katta ekanligini yangi tadqiqot ishlari bilan bu mavzunu yoritib berish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Mavzuni o’rganish masalasida ayniqsa, A.Xo’jayevning “Buyuk ipak yo’li: munosabatlar va taqdirlar” asari2 alohida o’rin tutadi. Asarda qadimgi Xitoylar tarixi, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yevropalararo o’tgan karvon yo’li hamda Xitoyda o’troqlashib qolgan turkistonliklar haqida atroflicha fikr mulohazalar bildirilgan.
Yana shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston hududidan o’tgan Buyuk ipak yo’lining tarixiy manzilgohlari – ko’hna shaharlari haqida ozmi-ko’pmi adabiyot-
_________________________________________
1I. A.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” T,; 2010 y.5,7,8 bet.
2A.Xo’jayev “Buyuk ipak yo’li: Munosabatlar va taqdirlar”. T,; 2007-y.26-bet
lar xususan, taniqli arxeolog olim I.Ritveladzening “Buyuk ipak yo’li” asarini ham misol keltirishimiz mumkin.
Miloddan avvalgi I ming yillikning oxiri - milodiy I ming yillikning boshlariga kelib Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha cho‘zilgan ulkan geografik hudud madaniyati yuksak rivojlangan sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan davlatlar - Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang‘ davlati, Parfiya davlati, Rim saltanatining chegaralari bir-biriga tutuash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va sivilizatsiyalar markazlari insoniyat tarixida birinchi bo‘lib “Buyuk ipak yo‘li” deb nomlanuvchi bir yo‘l bilan bog‘landilar. Umumiy uzunligi 12 ming km bo‘lib, Xitoydan O‘rta Yer dengizining shimoliy qirg‘oqlariga qadar cho‘zilgan bu yo‘l orqali ko‘pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar o‘rnatdilar. Podsholarning o‘zaro elchilar yuborishlari, bir-biriga har xil sovg‘alar in’om etishlari an’anaga aylandi. Sharq bilan G‘arb madaniyatining bir-biriga ta’siri kuchaydi.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida bo’lib o’tgan “Bir makon, bir yo’l” xalqaro forumida ““Bir makon, bir yo’l” – manfaatlarimiz mushtarak” mavzuida so’zlagan nutqida “Biz qayta tiklayotgan Buyuk ipak yo’lida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi bir necha ming yillik tarix va boy madaniyatga ega bo’lgan shaharlar joylashgan”, deb e’tirof etgan edi1.
O‘rta Osiyoning ichki va tashqi aloqalari tizimida O‘zbekistonning tutgan o‘rnini yoritib berish vatanimiz tarixshunosligida muhim ahamiyatga ega masaladir. Bu O‘zbekiston hududining Sharq va G‘arb dunyosi o‘zaro muloqotga kirishadigan muhim tranzit yo‘llar kesishgan chorrahada joylashganligi bilan izohlanadi. O‘lkamiz tarixida o‘z yechimini kutayotgan voqealar talaygina. Ayniqsa dunyo fani va madaniyatining ravnaqiga, hunarmandchilik va sanoat markazlarining tarkib topishiga, davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarining o‘rnatilishi, hatto zamonaviy temir va avtomobil yo‘llari tarmoqlarining qurilishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Buyuk ipak yo‘lining ko‘pgina qirralari hanuzgacha jumboqligicha qolmoqda. So‘nggi paytlarda bu masalaga dunyo olimlar, sayyohlari, umuman keng jamoatchilikning e’tibori ancha kuchaydi. Jumladan, YUNESKO homiyligida XX asrning so‘nggi 90-yillari Buyuk
ipak yo‘lining “o‘n yilligi” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan respublikamiz, O‘rta Osiyo respublikalri va xorijda Buyuk ipak yo‘lining shakllanish tarixi va u ________________________
1 Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild. – Toshkent, “O’zbekiston”, 2017. B. 410.
Darhaqiqat, O`zbekiston Sharq bilan G‘arbni birlashtiruvchi Buyuk ipak yo‘lining muhim bo‘g‘inida joylashgan. Shuning uchun ham Respublika O‘lkashunoslar Jamiyati a’zolari, shuningdek keng jamoatchilik Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarini atroflicha tadqiq etishga katta e’tibor bermoqda.Bu xayrli ishda ilmiy ekspeditsiyalar tarkibidagi arxeolog, tarixchi, geograf, geolog, biolog, zoolog, etnograf, shifikor, sayyoh, alpinist, kinorejissor kabi ko‘plab kasb egalari faol ishtirok etishmoqda.
1990- yilgi ilmiy ekspeditsiyalar davrida to‘plangan ma’lumotlar hamda maxsus adabiyotlarda keltirilgan dalillarga qaraganda karvon yo‘llaridagi yirik shaharlarda, karvonsaroylardagi savdo-sotiq jarayonida ko‘plpb ipak, shoyi, chinni buyumlar, ko‘zgu, zebu-ziynatlar, rangli ma’danlar (oltin, mis, kumush va hakozo) va ulardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho toshlar, gilam, so‘zana, zotli ot, tuya, qandolat, tuz, shifoboxsh o‘simliklar, sharob kabi xilma – xil mahsulotlar ayirboshlangan.
Buyuk ipak yo‘lining Amir Temur va uning vorislari davridagi ahamiyati hamda o’sha davrda bu yo’l orqali olib borilgan savdo –madaniy, elchilik va chet mamlakatlar bilan olib borilgan diplomatik aloqalarni tarixini o’rganish mavzuning dolzarbligini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |