1.4.2-MAVZU: FIZIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH
(2-qism)
Reja:
Xan akademiyasi platformasidan foydalanish metodikasi
Krossvordlar (jcross) yaratish boʻyicha tavsiyalar
Tayanch so’zlar: Xan akademiyasi, platforma, krossvordlar, matematika, informatika, fizika, biologiya, astronomiya.
Annotatsiya
Ushbu mavzuda Xan akademiyasi platformasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan. Shu bilan birga Krossvordlar (jcross) yaratish boʻyicha tavsiyalar keltirilgan.
XAN AKADEMIYASI PLATFORMASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Khan Academy AQSHdagi nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u 2006-yilda MTI (Massachusets texnologiya instituti) hamda Garvard universitetlari bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy maqsadi Yer sharining barcha aholisi uchun yuqori sifat va bepul taʼlim olish imkonini berishdan iborat.
Platformada matematika, informatika, kimyo, fizika, iqtisodiyot, biologiya va astronomiya kabi fanlar boʻyicha 9 mingdan ortiq videodarslar bor. Bundan tashqari platformada 100 mingdan ortiq interaktiv misol va masalalar mavjud. Khan Academy darslari dunyoning 190 dan ortiq davlatida ishlatiladi, hozirda 29 ta tilga tarjima qilingan bu platformadan 74 milliondan ortiq odam foydalanib keladi.
Platformada a’zolari quyidagi fikrlarni ilgari suradi. Biz “Bilim Onlayn” nodavlat notijorat tashkiloti boʻlib, Khan Academy platformasini oʻzbek tiliga mahalliylashtirish bilan shugʻullanamiz. Biz Oʻzbekiston yoshlari ham yuqori sifatli bepul taʼlimga ega boʻlishlari kerak deb oʻylaymiz va bunga erishish uchun birlashganmiz. Loyiha xayriyalar yordamida amalga oshirilmoqda va uning rivojiga har bir inson oʻz hissasini qoʻshishi mumkin. Bundan tashqari, istalgan odam jamoamizga qoʻshilishi va qoʻllab-quvvatlashi mumkin, bu nafaqat moddiy yordam koʻrinishida, ular koʻngilli tarjimon yoki muharrir boʻlishlari; oʻqituvchi sifatida videodars yaratishlari; dizayn, ijtimoiy media marketingi sohasi bilan yordamlashishlari; doʻstlariga va oilasiga loyiha haqida aytib berishlari mumkin — biz har qanday yordamni qadrlaymiz.
KROSSVORDLAR (JCROSS) YARATISH BOʻYICHA TAVSIYALAR
1. Hot Potatoes dasturini ishga tushiring, yekranda «Potatoes» dasturidan «JCross» menyusini tanlang– bu dastur blokining ishchi oynasi ochiladi.
2. Soʻzlarni krossvordga joylashtiring (krossvord yaratish). Soʻzlarni joylashtirishning ikkita usuli mavjud-qoʻlda va avtomatik ravishda.
Soʻzlarni qoʻlda joylashtirishda katakdagi soʻzlarning oʻrnini foydalanuvchi belgilaydi: krossvord maydonida soʻzlar harfma-harf kiritiladi.
Soʻzlarni avtomatik joylashtirishda barcha soʻzlar "avtomatik ravishda krossvord yaratish" «Create a crossword grid automatically» oynasida maydonidagi roʻyxatga kiritiladi, soʻngra dastur ularning joylashtirish variantlarini tanlaydi
Avtomatik ravishda crossword yaratish uchun siz quyidagi funksiyalarni bajarishingiz kerak:
* «Manage Grid» (Сетка) menyusi bandidagi «Automatic Grid-Maker» (Автоматическое создание сетки) kichik bandini yoki asboblar panelidagi tegishli tugmani tanlang;
* tegishli sohaga ya’ni «Maximum grid size» maydoniga soʻzlar sonini kiriting;
* soʻz kiritish maydoniga krossvordning barcha soʻzlarini kiriting – har bir soʻz yangi satrdan kiritiladi;
«Make the grid» (Создать сетку) tugmasini bosing
Kiritilgan soʻzlar krossvord maydoniga joylashtiriladi:
* ekranning pastki chap burchagidagi oʻq tugmalaridan foydalanib, yaratilgan krossvordni maydon ichida koʻchirishingiz mumkin.
4. Soʻzlar uchun ta’riflarni kiriting. Krossvord uchun klassik ta’riflar, sinonimlar, antonimlar, giponimlar, giperonimlar, shuningdek, krossvord soʻzlari kontekstda keltirilgan jumla va iboralar boʻlishi mumkin.
«Add clues» (Ввести определения) tugmasini bosganingizda ta’riflarni tahrirlash oynasi paydo boʻladi. Yekranning yuqori qismida krossvord jumbogʻida gorizontal (Across), pastki qismida – vertikal (Down) joylashtirilgan soʻzlar mavjud. Ta’rifni kiritish uchun roʻyxatda kerakli soʻz tanlanadi, ta’rif roʻyxat ostidagi maydonga kiritiladi va " OK " tugmasi bosiladi.
Ta’riflarni kiritish ketma-ketligi muhim yemas.
Ta’riflar kiritilgandan soʻng katakchaga har qanday oʻzgartirish kiritish mumkin-soʻzlarni koʻchirishda dastur tegishli ta’riflarni saqlab qoladi.
Mashqni bajarish
Krossvordagi vazifalar ketma-ketligi ixtiyoriy soʻz raqamini tanlaganingizda uning ta’rifi paydo boʻladi (ekranda barcha ta’riflar roʻyxati mavjud boʻlishidan qat’iy nazar)
Do'stlaringiz bilan baham: |